O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishvazirligi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə46/51
tarix07.01.2024
ölçüsü0,59 Mb.
#205038
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Nukus filiali

Инсерт жадвали

























Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talabalarga “Akademik yozuv” fanidan mustaqil ta’limni tashkil etishda mazkur fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi va joriy nazorat sifatida baholanadi:
1)mavzular bо‘yicha konspekt (referat, taqdimot) tayyorlash. Nazariy materialni puxta о‘zlashtirishga yordam beruvchi bunday usul о‘quv materialiga diqqatni kо‘proq jalb etishga yordam beradi. Talaba konspekti turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ishlarini osonlashtiradi, vaqtni tejaydi;
2)О‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Talabalar ma’ruza va amaliy mashg’ulotlari davomida olgan bilimlarini о‘zlashtirishlari, turli nazorat ishlariga tayyorgarlik kо‘rishlari uchun tavsiya etilgan elektron manbalar, innovatsion dars loyihasi namunalari, о‘z-о‘zini nazorat uchun test topshiriqlari v.b.;
3)fan bо‘yicha qо‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash. Mustaqil о‘rganish uchun berilgan mavzular bо‘yicha talabalar tavsiya etilgan asosiy adabiyotlardan tashqari qо‘shimcha о‘quv, ilmiy adabiyotlardan foydalanish rag’batlantiriladi;
4)INTERNET tarmog’idan foydalanish. Fan mavzularini о‘zlashtirish, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlarini yozishda mavzu bо‘yicha INTERNET manbalarini topish, ular bilan ishlash nazorat turlarining barchasida qо‘shimcha reyting ballari bilan rag’batlantiriladi;
5) mavzuga oid masalalar. Keys-stadilar va о‘quv loyihalarini ishlab chiqish va ishtirok etish;
6) amaliyot turlariga asosan material yig’ish, amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topish, hisobotlar tayyorlash;
7) ilmiy seminar va anjumanlarga tezis va maqolalar tayyorlash va ishtirok etish;
8) masofaviy (distansion) ta’lim asosida mashg’ulotlarni tashkil etish bо‘yicha metodik kо‘rsatmalar tayyorlash va h.k.
Uyga berilgan vazifalarni bajarish, yangi bilimlarni mustaqil о‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yо‘llarini aniqlash. Internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar tо‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy tо‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola (tezis) va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi о‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni о‘zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi о‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
Mustaqil ishni tashkil etish bо‘yicha uslubiy kо‘rsatma va tavsiyalar, keys-stadi, vaziyatli masalalar tо‘plami ishlab chiqiladi. Bunda talabalarga asosiy ma’ruza mavzulari bо‘yicha amaliy topshiriq, keys-stadilar echish uslubi va mustaqil ishlash uchun vazifalar beriladi.



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin