Rasm 7.2. Jarayon xolatining yanada to`liq diagrammasi
Tizimda paydo bo`layotgan xar qanday yangi jarayon tayyorlik xolatiga tushadi. Operatsion tizim rejalashtirishning biror bir algoritmidan foydalanib, tayyor jarayonlardan birini tanlab, uni bajarilish xolatiga o`tkazadi.
Bajarilish xolatida jarayon dasturiy kodini bevosita bajarilishi ro`y beradi. Jarayonning bu xolatidan uchta sabab bo`yicha chiqish mumkin:
OT bu jarayonning faoliyatini to`xtatadi;
U o`z faoliyatini ma’lum xodisa ro`y bermaguncha davom ettira olmaydi va OT uni “kutish” xolatiga o`tkazadi;
Xisoblash tizimida uzilish ro`y berishi bilan (masalan, bajarilishga ajratilgan vaqt tugashi bilan taymerdan uzilish) uni tayyorlik xolatiga o`tkaziladi.
Kutish vaqtlari tayyorgarlik xolatiga jarayon, kutilayatgan xodisa ro`y berishi bilan o`tadi va u yana bajarilish uchun tanlanishi mumkin. Keyinchalik rejalashtirish algoritmi xaqida so`z borsa, bizning modelda yana bir operatsiya qo`yiladi: bu jarayon prioritetini o`zgarishidir.
Jarayonni yaratish va tugallash operatsiyalari bir marttalik operatsiyalardir, chunki ortiq qo`llanilmaydi ba’zi tizimli jarayonlar, xisoblash tizimi ishi vaqtida xech qachon tugallanmaydi.
Jarayon xolatini o`zgarishi bilan bog`liq bo`lgan, ho u ishga tushirish yoki blokirovka bo`lsin, qoida bo`yicha Ko`p martalik xisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |