O‘zbekiston respublikasi bank tizimi tarixi



Yüklə 34,45 Kb.
səhifə2/4
tarix22.05.2023
ölçüsü34,45 Kb.
#119344
1   2   3   4
OZbekistonda bank tizimining yuzaga kelishi 083157

ikkinchi bosqichi milliy valyuta muomalaga kiritilgan va ikki pog‘onali bank tizimining huquqiy asoslari yaratilgan 1994-1996 yillarni o‘z ichiga oladi. 1994 yilda Milliy valyuta so‘mning muomalaga kiritilishi mamlakatimizda mustaqil pul va bank tizimi shakllanishining sof bosqichi hisoblanib, bu bosqichda banklar oldida turgan vazifalarga yanada aniqlik kiritildi. Bu davrda Markaziy bank asosiy e’tiborini makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga va shu asosda iqtisodiy o‘sish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratdi, mamlakatda sifat jihatidan butunlay yangi to‘lov tizimini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Ixtisoslashgan tijorat banklari faoliyatini rivojlantirishda Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini takomillashtirish va pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi 1994 yil 18 martdagi qarori muhim ahamiyatga ega bo‘lib, unda banklarning axborot infratuzilmasini yaratish va xalqaro bank amaliyotining ilg‘or usullarini respublika bank amaliyotiga qo‘llash orqali bank tizimini takomillashtira borish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar belgilab berildi. 1994 yildan boshlab yangi buxgalteriya hisobi tizimini ishlab chiqish va ularni banklarga tadbiq qilish jarayoni boshlandi.
1996 yilda Respublika Prezidentining «Bank auditi tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan bank tizimida buxgalteriya hisobining xalqaro andozalarini joriy qilish jarayoni yanada takomillashtirildi va jahonning nufuzli auditorlik kompaniyalaridan «Artur Andersen», «Deloyt end tush», «Key Pi Em Ji-(KRMG)», «Ernest end YAng», «Kupers end Laybrand» kabilar etakchi tijorat banklari faoliyatini audit qilishga taklif qilindi. Bank tizimini rivojlantirishning yana bir xususiyatli tomoni shundaki, bank tizimining huquqiy asoslarini mustahkamlash va zamon talablariga moslashtirish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi va «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarning yangi loyihasi ishlab chiqildi.
1995 yil 21 dekabrda bank faoliyatining huquqiy va me’yoriy tartibga solish qoidalarini belgilovchi «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida» va 1996 yil 25 aprelda «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarning qabul qilinishi bank tizimini jahon andozalariga yaqinlashtirish sohasida mustahkam qonuniy poydevor yaratdi.
Bank tizimini shakllantirishning 
Yüklə 34,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin