O’zbekiston respublikasi buxoro davlat universiteti tarix va madaniy meros fakulteti 5-4 tarix 19 gurux talabasi



Yüklə 74,5 Kb.
səhifə6/6
tarix03.05.2023
ölçüsü74,5 Kb.
#106451
1   2   3   4   5   6
mavzu 3

Davlat boshqaruvi. Turk hoqonligida davlatning oliy hukmdori "hoqon" unvoniga ega bo‘lgan. Xitoy manbalari ma’lumotlariga ko‘ra, turkiylar xonni taxtga o‘tqazishda maxsus marosim o‘tkazishgan. YA’ni, amaldorlar bo‘lajak xonni kigizga o‘tqazib, quyosh yurishi buylab 9 marotaba aylantirganlar, ishtirokchilar esa uni qutlab va ulug‘lab turganlar. So‘ngra xonni otga o‘tqazib, bo‘yniga ipak mato bog‘laganlar va undan "Siz necha yil xon bo‘lmoqchisiz?" deb so‘raganlar. U necha yil xon bo‘lishini aytgan va shu muddat tugagach taxtdan ketgan.
Qadimgi turkiy afsonalarda berilishicha, turklarning tasavvuriga ko‘ra, davlatchilikning markazi, davlatni o‘z qo‘lida birlashtiruvchi shaxs hoqon hisoblangan. Boshqaruvda hoqonlarning hukmron sulolasi asosiy bo‘lib u uchta kuch - osmon (tangri), er-suvning kuch va irodasi hamda turk xalqining yaratuvchanlik faoliyati tufayli yuzaga keltiriladi.
Hoqondan keyingi shaxs, birinchi amaldor “YAbg‘u” (Bahodir) bo‘lib, u bosh sarkarda hisoblangan. Ammo, yabg‘u taxtga merosxo‘rlik qila olmas edi. Turk xoqonligi taxtiga vorislik tartibi turk davlatchiligi tuzilishi uchun xos bo‘lgan uluslarga bo‘linish tizimiga asoslanib belgilanar edi. Ushbu tizimga ko‘ra taxt aksariyat hollarda otadan o‘g‘ilga emas, akadan ukaga, amakidan jiyanga meros qolar edi. Taxt merosxo‘ri tegin (shahzoda) deb yuritilgan. SHahzodalar to taxtga o‘tirgunlariga qadar
Yüklə 74,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin