O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/101
tarix28.11.2023
ölçüsü5,04 Kb.
#167340
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   101
institutsional iqtisodiyot 1 1 1

«Prinsipal-agent» muammosi
- «agent»ning «prinsipal»
topshirig`i va ko`rsatmasini bajarishdagi nayrangi. Nayrang
qilish axborot asimmetriyasi va «agent» faoliyati ustidan
nazorat qilishning yuqori darajasi tufayli mumkin bo`ladi.
Shunday qilib, tashkilotlarning faoliyat ko`rsatishi ajoyib axborotga ega
bo`lish oqibati sifatida «agent»ning opportunistik xatti-harakat qilishi imkoniyatini
tug`dirishi muqarrar. Shuning uchun «prinsipal-agent» muammosi ma’naviy xatar
vaziyatida tez-tez uchraydigan holat hisoblanadi: «prinsipal» «tabiiy» xatarlardan
sug`urtalovchi rolida, «agent» esa (sog`liq ahvoli, kutilayotgan daromadlar va h.k.
haqidagi) muhim axborotni yashiruvchi sug`urtalanuvchi rolida ishtirok etadi. Eng
muhim masala bu yerda «agent» tomonidan ishonchli axborotning tarqatilishiga
ko`maklashuvchi yoki, aksincha, unga to`sqinlik qiluvchi
rag`batlar
tizimini barpo
etishdan iborat. Bozorda ishonchli axborotning tarqatilishi raqobat bilan
rag`batlantiriladi. Aksincha, «prinsipal» va «agent» munosabatlarining odatiy
variantida axborot asimmetriyasi va opprtunizm istiqbollari «agent»ni «prinsipal»
bilan nayrang qilishga undaydi.
7.2. «Prinsipal-agent» muammolarini hal etish variantlari
«Agent»ning opportunistik xatti-harakatini cheklashga yo`naltirilgan
rag`batlar tizimini qidirish bilan optimal shartnoma nazariyasi, yoki, «prinsipal-
agent» nazariyasi shug`ullanadi. Ko`pincha ushbu muammoni hal etishning
quyidagi variantlari ko`rsatiladi.
1.
«Agentlar»
raqobati
.
«Prinsipal-agent» muammosini hal etishning
birinchi varianti agentlar o`rtasidagi raqobatni kuchaytirishni talab qiladi. Bunda
odatiy shartnomadan farqli o`laroq «agent» tomonidan nafaqat «prinsipal»
belgilagan (masalan, ishlab chiqarish) darajasiga erishilishi, balki qolgan
«agentlar»ga
nisbatan
eng yuqori darajaga erishilishi (qo`shimcha ravishda)
rag`batlantiriladi. «Agentlar» raqobati g`oyasi bir-birining harakatlari ustidan
o`zaro nazorat qilish uchun «agentlar»ning o`zlaridan foydalanish imkonini beradi.
Chunki, agar eng katta mukofot «prinsipal» tomonidan qo`yilgan vazifalarni hal
etishda eng yaxshi nisbiy ko`rsatkichlarga erishgan «agent»ga tegsa, «agentlar»
boshqalarning muvaffaqiyatlariga hasad bilan qaray boshlaydilar – atrofdagilarning
muvaffaqiyati o`z muvaffaqiyatiga erishish imkoniyatlarining pasayishini
anglatadi. Ikkinchi tomondan, boshqa «agentlar»ga nisbatan oshirilgan «g`olib»
mukofoti unumdorlikni oshirishga nisbatan kuchli rag`bat hisoblanadi, chunki past
ehtimolli yirik yutuq istiqboli yuqori ehtimolli yirik yutuqqa qaraganda kam
jozibali (yutuqdan matematik kutish taxminan bir xil). «Quyi daraja
menejerlarining shunday foydali o`rinni egallashga intilishini rag`batlantirishni
hisobga olgan holda, yuqori daraja menejerlariga ular mehnatining yuqori
mahsulotidan ortiq bo`lgan mukofotni to`lash samarali bo`lishi mumkin». Biroq
raqobatilashish elementidan foydalanish o`z chegarasiga ega:


95
- faqat «g`olibning» mukofoti eng xatarli strategiyani tanlashni
rag`batlantiradi: «agentlarni» «teskari tanlash» yuz beradi, uning natijasida eng
xatarli strategiyalarni qo`llovchi «agentlar» qoladi;
- «agent»ning «tabiiy» kutilmagan holatlar bilan bog`liq xatarga moyilligi
darajasi chegaralangan;
- «agentlar» o`rtasidagi raqobat ular o`rtasidagi munosabatlardagi ishonch
elementlarini butunlay yo`qqa chiqaradi: «agentlar»ning birgalikdagi sa’y-
harakatlarini talab qiluvchi vazifalar deyarli amalga oshirilmaydigan bo`lib qoladi.
2.
«Agent»ning qo`shma faoliyat natijalarida ishtirok etishi.
Muammoni hal
etishning ikkinchi varianti «agent» tomonidan qat’iy belgilanmagan, balki firma
faoliyatining natijalariga bog`liq bo`lgan mukofotni to`lashni nazarda tutuvchi
yollash haqidagi shartnomaning tuzilishidan iborat. Bunga, masalan, yollanma
xodimlarning firmaning foydasida ishtirok etishining turli shakllari, shu jumladan
aksiyadorlik korxonasining sarmoyasida ishtirok etish kiradi. AQShda ko`p
yillardan buyon ESOP dasturi amal qilmoqda, unga ko`ra 10 foizdan ortiq sanoat
korxonalarining xodimlari o`z korxonasi aksiyalarini xarid qilishda imtiyozlarga
ega bo`lishadi. «Agentlar»ning firma faoliyatining natijalarida ishtirok etishining
barcha xildagi sxemalari ichida mukfotning natijalarga

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin