112
ikki turdagi faoliyat o`rtasida teng taqsimlanadi:
(VMRg G’ VMRυ)x q (VMRg G’
VMRυ)u, bu yerda
x – birinchi oltin izlovchi,
u – ikkinchi oltin izlovchi. Ya’ni
majbur qilishda qiyosiy ustunlikka ega bo`lgan shaxslar katta o`lchamdagi oltinli
uchastkalarga, oltin qazib chiqarishda qiyosiy ustunlikka ega bo`lgan shaxslar esa
kichik o`lchamdagi oltinli uchastkalarga egalik qilishadi. XIX asrning ikkinchi
yarmida Kaliforniyada deyarli har bir shaxs o`z quroliga ega bo`lib, undan o`zini
himoyalash uchun foydalanardi, shuningdek u yerda aholining deyarli umumiy
qurollanishi asosida aholi salohiyatining namunaviy teng huquqliligiga erishilardi;
olti otarli «Kolt» «buyuk tenglashtiruvchi» deb bekorga nom olmagan. Agar har
kim qurolni qo`lga kirita olmasa (majburlash tengligiga erishilmasa), «qayerda
kuch bo`lsa, o`sha yerda haqiqat» tamoyili amal qila boshlaydi, demak, har bir
shaxs boshqa shaxslarga nisbatan o`zining majburlash salohiyatini oshirishdan
manfaatdordir.
Mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish uchun kuch ishlatishdan
foydalanish imkoniyatiga faqat shartnoma tomonlari uning bajarilishini nazorat
qilish huquqini uchinchi tomon – davlatga topshirgan taqdirdagina, yo`l
qo`ymaslik mumkin. Shartnomaning boshqa xildagi uchinchi tomoni, masalan,
hakamdan farqli o`laroq, davlatga kuch ishlatishdan foydalanishni nazorat qilish
huquqi ham topshiriladi. Aynan shundan davlatning unga jismoniy kuch ishlatishni
amalga oshirish monopoliyasini topshirish orqali beriladigan ta’rifi kelib chiqadi.
Yuqoridagi erkin qabila misoliga qaytib, uchinchi o`yinchi – davlatning
paydo bo`lishi natijasida o`yin tarkibida yuz bergan sezilarli o`zgarishni
ta’kidlaymiz. Kuch ishlatishning bir tomonlama qo`llanishi jazolanadigan holatga
aylanadi va uning natijasida tajovuz qiluvchi zarar ko`radi, davlat unga ko`rilgan
zararning qoplanishini kafolatlagan tajovuz qurboni esa, hech narsa yo`qotmaydi.
Shunday qilib, biz quyidagi matritsaga ega bo`lamiz.
2-oila
Qo`riqchilarni saqlab
turadi
Faqat chorvachilik
1-oila
Qo`riqchilarni
saqlab turadi
4;4
4; 10
Faqat chorvachilik
10; -4
10; 10 [N, St
1
, St
2
, P]
Davlatning aralashuvi majbur qilish imkoniyatini to`xtatadi va resurslarning
bir qismini samarali foydalanish uchun bo`shatadi. Agar davlat kuch ishlatishni
qo`llash uchun to`liq monopoliyani joriy etsa, u holda Nesh bo`yicha va Pareto
bo`yicha yagona muvozanatli yakun (10; 10) bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: