O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o‘rganish masalalari DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-101-105 104 8-fevral https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya Shomi hijrondin quyoshdek raf‟i anjum ayladi,
Gah itobi noz aylab, gah tabassum ayladi,
Nargising afsun, gulbarging takallum ayladi,
Aqli kul topti firib, ul makri oliyni korub.[1.366]
Amiriy tazod san‟ati vositasida fikrni jonlantira olgan. Hijron shomi
qorong„ulikka qarab harakat qilar ekan, yorning quyoshdek yuzi oshiqning qorong„u
kechasini yoritadi. Ma‟shuqaning kayfiyati o„zgaruvchan: goh ta‟na qiladi, goh
tabassum bilan yoriga iltifot ko„rsatadi.
Necha izhor aylar ul bebok jabru kiyn mango,
Qolmadi bedodidin toqat bila tamkin mango,
Bermadi hargiz surur ayomi ham taskin mango,
Elga ishratdur yangi oy ko„rsalar, lekin mango,
Yuzlanur oshuftalig„ mushkin hilolingni ko„rub. [1.367]
Go„zal mahbuba oshiqning shuncha ishqi izhorini eshitib ham jabrini
tindirmaydi. Oshiqda bu sitamlar sababidan toqat ham, sabr ham qolmaydi. Ma‟shuqa
bazm uyushtirib, bunga oshiqni taklif qilsa ham, lirik qahramonning dardli ko„ngliga
bu bazmu jamshid surur bermaydi. Mazkur muxammasda Amiriy ba‟zi bandlardagina
radifdan foydalangan. Mango radifi orqali oshiqning yor jabru sitamlariga iltifoti ham
ifodalangan.
May quyoshi topti to miyno sipehridin zavol,
Rindlarg„a qolmadi maysiz madori qiylu qol ,
Baski cho„q maxmurlikdur boisi huznu malol,
Netting, ey soqiyki, o„zdin bordim andoqki zulol,
Olib ichmasdin burun jomi zulolingni ko„rub. [1.367]
Mazkur bandda may, rind, soqiy, jom timsollarining qo„llanishi unda ilohiy
ishq mavzusi bayon qilinganiga ishoradir. Adabiyotshunos M.Asadov [4.352] o„z
tadqiqotlarida ushbu obraz va timsollarning mazmun-mohiyatiga atroflicha to„xtalib
o„tgan. Mumtoz adabiyotda may ilohiy ishq ifodasi hamdir. May Haq jamolining bir
timsoli. Ishq mayining jomga kuyilishi, uning tiniqligi va tozaligi Haqqa bo„lgan chin
oshiqlikning belgisi. Rind obrazini keltirish orqali ishq va ishqqa tashnalik, visoldan
umidvorlik kayfiyati poetik ifoda etilgan.
Ey ko„ngul, ishq ichra xush tut o„zni yuz ishrat ila,
Bevafolig„ gar ko„rarsan, qilma olamdin gila,
Zulmlar chekding Amiri husndin, vaslin tila,
Sudra ul yon, ey Navoiy, o„zni muhlik za‟f ila,
Shoyad etgay rahm ul qotil, bu holingni ko„rub. [1.367]