O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o‘rganish masalalari DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-101-105 103 8-fevral https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya Go„zal yorning ta‟rif-u tavsifi davom etar ekan, lirik qahramon – oshiq uning
bir qiyo boqishidan ko„zgudagi aksdek holga tushib, lom-mim deyolmay qolgani
aytiladi. Keyingi misrada esa ruhga jon bag„ishlab, uni tiriltiruvchi lablari ustidagi
xoli ham bu ishning sababchisi sifatida ko„rsatiladi. Msrada Amiriy tashbeh
san‟atidan mohirona foydalangan. Navoiy yorning oppoq, chiroyli yuzida labi, labi
ustidagi qora xoli go„zalligini ta‟riflab, fikrning jonli ifodasi uchun jannatdagi kavsar
bulog„i, uning qirg„og„ida esa Bilol turganini aytadi – favqulodda go„zal o„xshatish
qiladi. Bilolning habash ekanligi yor labi ustidagi shabrang xoliga, kavsar suvining
tiniqligi uning yuziga qiyoslangan.
Hasratingdan har qachonkim ko„zlarimdin chiqti yosh,
Yoshlig„idin el aro pinhon g„amimni etti fosh,
Charxdin yuz o„gurub, qo„ydi ayoging uzra bosh,
Sog„inur, oshiqligingga ro„baro„ kelmish quyosh,
Ko„zguda mashshota har soat misolingni ko„rub. [1.366]
Ishq dardidan hasrat chekib, har vaqt oshiq ko„zlaridan yosh to„kiladi. Ko„z
yoshlari oshiqning pinhona muhabbatini el-ulusga fosh qiladi. Shoirning qofiya
hamda ilmi bade‟ san‟tining mukammal bilimdoni ekani uning so„z tanlash
mahoratida ham yaqqol ko„rinib turibdi. Bandda tasbe, tazod, tashbeh san‟atlari fikrni
ta‟sirchan ifoda etishga yordam bergan.
Nargising sha‟nidadur, ey sho„x, afsun aylamak,
Ul sitamgarga ko„ngul naqdini topshurmak kerak,
Ko„rmadi bu gulshan ichra naxl qaddingdek falak,
Sarvdin qumri, ne tong, ram qilsa to„bodin malak,
Jilvayi had holatida e‟tidolingni ko„rub. [1.366]
Ma‟shuqaning ko„zlari haqida gap ketganda uning sho„xligi, afsun qiladigan
sehrgar ekanligi, nargis guliga monandligi yodga olinadi. Yor jabr qiluvchi –
sitamgar, shu sitamgarga oshiq o„z ko„nglini topshirgan. Inson ko„ngli Alloh yodi
bilan mashg„ul bo„lgandagina haqiqiy ishqqa loyiq bo„lad oladi. Mumtoz adabiyotda
yor qaddi sarvga mengzalishi ayon. Amiriy ma‟shuqasi qaddini yosh niholga
o„xshatib, badiiy tasvirni yanada boyitgan. Navoiy yorning qaddini jannatdagi tik
daraxtga qiyoslar ekan, bunday malakni ko„rsa qumri o„zi oshiq bo„lgan sarvdan yuz
o„girishini aytadi. Amiriy so„z qo„llashda salaflari bilan tenglasha olishini
g„azallarida, muxammaslarida aniq ko„rishimiz mumkin. Bandda yorning ko„zlari va
qomati haqida so„z borganda Amiriy nargis, sho„x, afsun
so„zlarini bir misraga tizadi – mutanosiblik yuzaga keladi.
Moni‟ o„ldi yoshima, vasling tarahhum ayladi,