Achchiq so’zi qadimgi turkiy tildagi a:chife’liga q qo’shimchasini qo’shish yo’li bilan yasalgan. O’sha davrdayoq a: unlisining cho’ziqlik belgisi yo’qolgan. O’zbek tilida ch undoshi qavatlangan, a unlisi a” unlisiga almashgan, ы unlisining qattiqlik belgisi yo’qolgan: a:chы+q=a:chыq> achыq>achchiq
O’lurman o’kunchun, aqar ko’z yulun, Tatig’lar tatig’siz qilar bu o’lum.
O’lumdan basa, ko’r, eki yo’l ko’daz,
Ekidaqayu erkibarg’u yo’lum.
(www.ziyouz.com kutubxonasi )
Ikki-”bir bilan uch orasidagi butun sanoq son”dir. Bu so’z asli qadimgi turkiy tildagi ket, yon ma’nosini anglatgan ikotidan –i qo’shimchasi bilan yasalgan:ik+i=iki. Qadimgi turkiy tildayoq bu so’zning ikki xil shakli mavjud bo’lgan: iki va ikki. Ikki so’zi k undoshining qavatlanishi natijasida yuzaga kelgan. Dastlab ketidagi ma’nosini anglatuvchi sifat bo’lgan (ikki son), keyinchalik o’zi miqdor ma’nosini anglatib, sanoq songa aylangan: bir sonidan keyin keluvchi miqdor->birga birni qo’shish bilan hosil bo’ladigan miqdor.
Qarindan chiqarding, qarinqa kirur, Shakardin igidtim,yilanqa berur.
Esizim tiriglik, esizim tiriglik,
O’kunchun sig’it birla go’rka kirar
***
Qorindan chiqarur, yana kirguzur, Shirin parvarishlab ilonga berur, Esiz bu tiriklik, esiz bu ha,yot, O’kinch-nola birla u go’rga kirur.
(www.ziyouz.com kutubxonasi )
Ilon-“uzun dumaloq tanali, terisi yordamida sudralib harakatlanadigan, ko’zlarida qovog’I yo’q jonivor”. Bu ot qadimgi turkiy tildagi “qimirla-,jil-” ma’nosini anglatgan yыl –felidan –a(n) qo’shimchasi bilan yasalgan.12
12M.Qoshg’ariy. Devoni lug’otit turk. Indeks.Toshkent:1960-67-y. III tom;36-bet.
O’zbek tilidagi so’z boshidagi y undoshi talaffuz qilinmay qo’ygan, a unlisi a^ unlisiga almashgan, ы unlisining qattiqlik belgisi yo’qolgan: yыl+an= yыlan>ыlan>ila^n
Atang pandini san qatig’ tut, qatig’, Qutadg’a, kunung bo’lg’a kundin tatig’.
Dostları ilə paylaş: |