Oʻzbekistоn respublikаsi хаlq tа’limi vаzirligi



Yüklə 425,42 Kb.
səhifə2/34
tarix10.05.2022
ölçüsü425,42 Kb.
#57451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
www.idum.uz Matematika imtihon savollari 2022 (1)

Taqrizchi:


X.A.Yusupov – Respublika taʼlim markazi matematika fani metodisti.

Z.B.Sabirova - Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi 300-IDUM ning matematika fani oʻqituvchisi.


Mazkur metodik tavsiyada yakuniy Davlat attestatsiyasini oʻtkazish boʻyicha koʻrsatmalar berilgan. Har bir imtihon topshiriqlari umumiy oʻrta ta’lim maktabining 5-11-sinf matematika oʻquv fani Davlat ta’lim standarti va oʻquv dаsturlari аsоsidа tuzilgаn.

2021-2022-oʻquv yilida 9-, 11-sinfni tugаtgаn oʻquvchilаrning matematika fаnidаn egаllаshi lоzim boʻlgаn bilim, koʻnikmа, mаlаkаlarini аniqlаsh mаqsаdidа yakuniy attestatsiya yozma ish shaklida oʻtkаzilаdi.

Yakuniy attestatsiyaning har bir yozma ish biletida 5 ta topshiriq berilgan. Oʻquvchilar navbat bilan biletlarni tanlab olishadi. Mazkur topshiriqlar 5-11-sinfda oʻquvchilar egallagan bilim, koʻnikma va malakalarini tekshirish uchun xizmat qiladi.

Yakuniy attestatsiyaga 120 daqiqa ajratiladi.

Matematika fani chuqurlashtirib oʻtiladigan sinflarda metodik birlashma qarori bilan 5-11-sinf oʻquv dasturiga mos keladigan bittadan (algebra va geometriya) qoʻshimcha topshiriq kiritishlari mumkin. Bunda topshiriq yechimlarini izohlab yozishlariga qoʻshimcha (60 minut) vaqt beriladi.

Yozma ishga ajratilgan vaqt e’lon qilinib, doskada imtihonni boshlanish va tugash vaqti yozib qoʻyiladi.

Oʻquvchilarning yozma ishlari 5 ballik baholash tizimi asosida baholanadi.


Yüklə 425,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin