O‘zbekiston respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va o‘simliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘G‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/63
tarix14.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#177868
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   63
65-сон 29.01.2018. pdf

reeksport fitosanitar sertifikati
— respublikaga import qilingandan so‘ng boshqa davlatga
eksport qilinadigan, shuningdek, respublika hududida saqlanadigan, qismlarga bo‘linadigan,
birlashtiriladigan va qayta qadoqlanadigan karantin ostidagi mahsulotlarning o‘simliklar karantini
obyektlari bilan zararlanmaganligini tasdiqlovchi xalqaro namunadagi hujjat;
ichki fitosanitariya sertifikati
— O‘zbekiston Respublikasi hududida yuklash, saqlash, tashish
va realizatsiya qilinadigan karantin ostidagi mahsulotda o‘simliklar karantini obyektlari mavjud
emasligini tasdiqlovchi hujjat.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-yanvardagi 32-sonli 
qaroriga
asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y.,
09/21/32/0058-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
3. Fitosanitariya va reeksport fitosanitariya sertifikatlari (keyingi o‘rinlarda — fitosanitariya
sertifikatlari) Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va
Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy
boshqarmalar) tomonidan beriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
4. Fitosanitar sertifikatida belgilangan talablarga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya
etilishi O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda —
Agentlik) va hududiy boshqarmalar tomonidan nazorat qilinadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
5. Fitosanitar sertifikati O‘zbekiston Respublikasi hududidan o‘simliklar karantini nazoratidagi
mahsulotlarni eksport qilishda ushbu yuklarni karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar,
o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlar bilan zararlanmaganligini tasdiqlash maqsadida beriladi.
6. Fitosanitar sertifikati talab etiladigan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarning
ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
7. Agentlik yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan fitosanitar sertifikatini olish uchun zarur
bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
8. Fitosanitar sertifikatini berish mazkur Nizomning 
1-ilovasiga 
muvofiq sxema bo‘yicha
amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin