kun birga bo‘lgan. Qirqinchi kun Iso shogirdlariga oxiratda yana yerga
qaytishini aytib, osmonga ko‘tarilib ketgan.
Isoning hayot faoliyati to‘g‘risidagi diniy rivoyatni qisqacha shunday
ta’riflash mumkin. Yevangeliyalarda
qayd etilgan Isoning hayoti
to‘g‘risidagi ma’lumotlarda noaniqliklar mavjud. Masalan, havoriy Matfey
o‘z yevangeliyasida Iso shajarasini Dovud, Solomon va Ibrohim bilan
bog‘lashga harakat qilgan. Havariy Luka Iso Dovudning 28-avlodi
ekanligini qayd etgan. Mazkur dalillarni isbotlash qiyin, chunki Dovud
tarixiy manbalarga ko‘ra, miloddan avvalgi X asrda yashagan (ming yil
davomida ularning o‘rtasida bor-yo‘g‘i 28 ta avlod o‘tganligi shubhalidir).
Yevangeliyalarda Isoning hayoti to‘g‘risida qayd etilgan ma’lumot-
lardagi noaniqliklar yoki xatolar uning tarixiy shaxs ekanligiga shubha
tug‘diradi. Shu bois uning shaxsiga munosabat masalasida afsonaviy va
tarixiy maktablar shakllangan. Afsona maktabining vakillari Isoning
tarixiy shaxs ekanligini inkor etadilar va Iso to‘g‘risidagi
qarashlarning
turli diniy rivoyatlardan tuzilganligini isbotlashga harakat qiladilar.
Mazkur maktabning kamchiligi shundaki, unda Iso to‘g‘risidagi
qarashlarning asosida hech qanday tarixiylik yo‘q degan g‘oyani
isbotlashga intiladilar.
Boshqa tarixiy maktab vakillari esa Isoning tarixiy shaxs ekanligini
isbotlashga harakat qiladilar. Bunda asosiy dalil sifatida yevangeliyalarda
nomlari qayd qilingan personajlar: Ioan cho‘qintiruvchi, havariy Pavel,
Rim noibi Pontiy Pilat kabilarning tarixiy shaxs ekanligi qayd etiladi.
Albatta, bu dalillar uning tarixiy shaxs ekanligini isbot qilish uchun yetarli
emas va bunga yanada asosli dalillar talab etiladi.
1946–1947 yillarda O‘lik dengiz qirg‘og‘ida joylashgan Qumron
g‘oridan arxeologlar tomonidan qadimgi o‘rama bitiklarning topilishi
ushbu masalaga oydinlik kiritgan. Qo‘lyozmalarning milodiy I asr
o‘rtalarida Falastinda faoliyat ko‘rsatgan iudaizmning
essinlar mazhabiga
tegishli ekanligi aniqlangan. Essinlar e’tiqodi, diniy marosimlari va
turmush tarzi bilan xristianlikka yaqin turgan.
Qumron qo‘lyozmalari asosan injilning lavhalari, jamoaning nizomi
va duolardan iborat bo‘lgan. Qo‘lyozmalarda «yer yuzida adolat
o‘rnatadigan ustoz», yangi diniy mazhabga asos solgan, iudaizm aqida-
larini tanqid qilib, xristianlik ta’limotiga o‘xshash g‘oyalarni targ‘ib qilgan
tarixiy shaxs yashaganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud.
Dinshunoslik xristianlikning vujudga kelishi muammosini o‘rganar
ekan, Isoning hayoti va faoliyati haqida bahs yurituvchi
bu ikki maktabdan
birining qarashlari to‘g‘ri ekanligini isbotlashga harakat qilmaydi. Ayni
97
paytda, masalaga ilmiy yondashuv milodiy I asrda Falastinda iudaizmning
mazhablaridan biriga asos solgan va uning iudaizmdan farq qiladigan diniy
ta’limotning shakllanishiga sabab bo‘lgan shaxs yashaganligini inkor
etmaydi.
Shunday qilib, iudaizmning mazhablaridan biri sifatida vujudga
kelgan xristianlik uzoq davom etgan izlanishlar jarayonida mustaqil diniy
ta’limotga aylangan. Iso Masih iudaizmda mavjud kamchiliklarni tanqid
qilar ekan, yangi dinga asos solishni maqsad qilib qo‘ymagan. U
iudaizmdagi jaholat, butparastlikni kuchaytiruvchi jihatlarni o‘zgartirishga,
haddan ortiq marosimchilikka chek qo‘yishga va shu yo‘l bilan uni
takomillashtirishga harakat qilgan. Yahudiy kohinlari Isoning takliflarini
rad etganlar va Isoni kuch ishlatib o‘z g‘oyalaridan
voz kechishga majbur
qilmoqchi bo‘lganlar. Lekin bunday harakatlar zoye ketgan va kurashuvchi
taraflar o‘rtasidagi ixtiloflar tobora kengayib borgan. Iso iudaizmdan
tobora yiroqlashgan va uning g‘oyalari yangi diniy ta’limotga asos qilib
olingan.
Manbalarda qayd qilinishiga ko‘ra, Iso dastlab diniy qarashlarni
Falastinning Kapernaum shahri atrofida joylashgan qirliklarda targ‘ib
qilishdan boshlagan («Nagornaya propoved»)
6
. Isoning havariylarga
qarata so‘zlagan nutqlarida iudaizmga zid g‘oyalar aniq namoyon bo‘ladi.
Ularda Iso o‘zining qarashlarini «Eski Ahd»da yozilgan g‘oyalar bilan
munozara usulida bayon qilgan. Aytilganki, «zino qilma», men aytamanki,
kimda-kim «ojizalar»ga
shahvoniy niyatda qarasa, u bilan qalbida zinoga
yo‘l qo‘yadi. Aytilganki, «jonga-jon, qonga-qon», men aytamanki, «kimki
sizning chap yuzingizga bir shapaloq ursa, siz unga o‘ng yuzingizni
tuting», «zulmga zulm bilan javob bermang», «dushmanlaringizga mehr-
muhabbat bilan munosabatda bo‘ling» va hokazo
7
.
Shunday qilib, Iso ta’limoti vujudga kelgan vaqtdan boshlab, iudaizm
qadriyatlari qabul qilinmagan. Xudoning mohiyati
muhabbat ekanligi va
odamlarga yomonlik qilmasligi, uning oldida odamlarning tengligi,
insonga mehr-muhabbat ko‘rsatish va ulug‘lash, axloqiy qadriyatlarning
ahamiyati kabi g‘oyalar yangi dinning turli xalqlar orasida keng
yoyilishiga sabab bo‘lgan.
6
:
Dostları ilə paylaş: