O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov


Sillogizmning figura va moduslari



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

Sillogizmning figura va moduslari 
Asos hukmlarda o‘rta terminning holatiga ko‘ra farqlanadigan 
sillogizm shakllari «sillogizmning figuralari» deb ataladi. Sillogizmning 
to‘rt figurasi mavjud: 

 
II 
 
III 
 
IV 
S – P
S – P 
S – P
S – P 
S
S
S
S
Р
Р
Р
Р
М 
М 
М 
М 
М 
М 
М 
М 
Birinchi figura, o‘rta termin katta asosda subyekt, kichik asosda 
predikat o‘rnida bo‘ladi. Masalan:
Hamma sudyalar (M) daxlsiz (R). 
Komilov (S) sudya (M).
Komilov daxlsiz. 
Bu figura huquqiy amaliyotda ko‘p qo‘llaniladi. Huquqiy hodisalarni 
baholash (kvalifikatsiya qilish), huquq normalarini alohida hodisalarga 
84


nisbatan qo‘llash, jinoyat uchun jazo belgilash va shu kabi boshqa sud 
qarorlarida qo‘llaniladi.
Ikkinchi figura, o‘rta termin ikki asosda ham predikat o‘rnida keladi. 
Masalan: 
Jinoiy ishlar bo‘yicha isbot qilish majburiyati (R) surishtiruvchi, 
tergovchi, prokuror va sudga yuklatiladi (M). 
Aliyev (S) surishtiruv, tergov, prokuratura va sud idoralarida 
ishlamaydi (M). Demak, Aliyevga (S) jinoiy ishlar bo‘yicha isbot qilish 
majburiyati yuklatilmaydi (R). 
Ikkinchi figura asos hukmlarda ifodalangan fikrlarga zid holatlarni 
inkor etadi va sud amaliyotida, hodisada jinoyat tarkibining yo‘qligi 
haqida xulosalar beradi. 
Uchinchi figura, o‘rta termin har ikkala asosda ham subyekt bo‘lib 
keladi. Masalan: 
Yuzlashtirishda (M) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, 
jabrlanuvchi va guvoh so‘roq qilinishi mumkin (R) (O‘zb. Res. JPK-122 
m.). 
Yuzlashtirish (M) tergov harakatidir (S).
Demak, tergovda (S) gumonlanuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, 
jabrlanuvchi va guvoh so‘roq qilinishi mumkin (R). 
Xulosa chiqarishda sillogizmning boshqa figuralariga nisbatan 
uchinchi figurasi kam ishlatiladi. 
To‘rtinchi figura, o‘rta termin katta asosda predikat, kichik asosda esa 
subyekt bo‘lib keladi. Masalan: 
Hech bir jinoyat (R) xalq manfaati yo‘lidagi harakat emas (M). 
Xalq manfaati yo‘lidagi ba’zi harakatlar (M) ozodlikdir (S). 
Demak, ozodlik (S) jinoyat emas (R).
Sillogizmning to‘rtinchi figurasi sun’iyroq xususiyatga ega bo‘lib, 
uning amaliy ahamiyati nisbatan kam hamda muhokama jarayonida ko‘p 
qo‘llanilmaydi. 
Asoslarning sifat va miqdoriy tasnifi bilan farqlanadigan sillogizm 
turlari oddiy-qat’iy sillogizm moduslari deb ataladi. 
Modus lotincha «Modius» so‘zidan olingan bo‘lib, «o‘lchov», «tur», 
«qoida» degan ma’nolarni anglatadi. Har bir sillogizm ikki asos hukm va 
bir xulosa hukmdan hamda bu hukmlarning umumiy birlashgan tasnifi 
to‘rt turdan, ya’ni umumiy tasdiq (A), umumiy inkor (YE), juz’iy tasdiq 
(I) va juz’iy inkor (O) hukmlardan iborat bo‘ladi. Sillogizmning moduslari 
sillogizm umumiy qoidalari va o‘rta terminning figurada joylashgan 
tartibiga ko‘ra, hukmlarning o‘zaro bog‘lanishi natijasida paydo bo‘ladi. 
85


Har bir asos to‘rt hukmdan biri bo‘lishi mumkin. Bir figuraning asoslarida 
yuz berishi mumkin bo‘lgan asoslarni birlashtirishning 16 turi mavjud
to‘rtta figurada 64 ta. Hamma moduslar ham sillogizmning qoidalariga 
to‘g‘ri kelmaydi. Ishonchli xulosani faqat 19 ta modusdan olish mumkin. 
Ular quyidagilar: 
1-figura: AAA, YEAYE, AII, YEIO; 
2-figura: YEAYE, AYEYE, YEIO, AOO; 
3-figura: AA I, IAI , AII, YEAO, OAO, YEIO; 
4-figura: AA I, AYEYE, IAI, YEAO , YEIO. 
Sillogizm moduslari figuralarning maxsus qoidalaridan olinadi.

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin