Ma’muriy-huquqiy normalar o‘zining tartibga solish yo‘nalishlari va yuridik mazmuniga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Ma’muriy-huquqiy normalar turli mezonlar, ya’ni tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning xususiyatlari, vazifasi, shuningdek funksiyalariga ko‘ra turlarga ajratiladi.
Ma’muriy-huquqiy normalar vazifasiga ko‘ra moddiy va protsessual turlarga bo‘linadi.
Moddiy ma’muriy-huquqiy normalar ma’muriy huquq bilan tartibga solinadigan boshqaruvga oid munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari majmuini, shuningdek ularning javobgarligi, ya’ni ma’muriy-huquqiy maqomini yuridik jihatdan mustahkamlaydi. Moddiy normalarda ijro etuvchi hokimiyat (davlat
boshqaruvi) tizimi, tartibga solinayotgan boshqaruvga oid munosabat ishtirokchilari faoliyat ko‘rsatishi lozim bo‘lgan huquqiy makon (rejim) o‘z ifodasini topadi. Bunday ma’muriy- huquqiy normalar ba’zan statik normalar deb ataladi. Ular toifasiga mansabdor shaxslarning fuqarolar shikoyatini qabul qilish va belgilangan muddatda ko‘rib chiqish borasidagi majburiyatlari yoki ijro etuvchi hokimiyat muayyan subyektining vakolatlari asosini belgilovchi normalar kiradi. Shunday qilib, moddiy ma’muriy- huquqiy normalar bilan boshqaruvga doir munosabat subyektlarining o‘zaro aloqasi asoslari belgilanadi; ma’muriy huquq normalarining bajarilishi, qo‘llanilishi va ularga rioya qilinishi zarur hollarda davlat majburlov choralari bilan ta’minlanadi.
Protsessualma’muriy-huquqiynormalardavlat boshqaruvini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan protsessual masalalarni tartibga soladi. Masalan, bu normalar fuqarolarning shikoyat va arizalarini qabul qilish, ko‘rib chiqish va hal qilish tartibini; ma’muriy huquqbuzarliklarga doir ishlarni yuritish tartibini belgilaydi. Ularning vazifasi moddiy ma’muriy huquq normalari bilan belgilangan yuridik huquqlar va majburiyatlarning tartibga solinayotgan boshqaruvga oid munosabatlar doirasida amalga oshirilish tartib-taomillarini belgilashdan iborat.
Ma’muriy huquq sohasidagi moddiy va protsessual nor- malarning o‘zaro nisbatini quyidagi misolda ko‘rish mumkin.
«O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy protseduralar to‘g‘risi- da»gi 2007-yil 30-iyun qonunida ma’muriy protseduralarning mazmuni, uni amalga oshiruvchi organlarning ro‘yxati va vakolatlari, ularning ma’muriy ishlarni ko‘rish bilan bog‘liq faoliyati ta’riflangan. Shuningdek, ma’muriy protseduralarning umumiy qoidalari, ma’muriy ishlarni ko‘rish prinsiðlari, bosqichlari, tartib-taomillari, muddatlari, protsessual rasmiy- lashtirish talablari belgilangan. Bu normalar fuqarolar va yuridik shaxslarning ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish jarayonidagi huquq va imkoniyatlarini aks ettiradi. Bunda ularning yuridik talqindagi statik xususiyati va moddiyligi namoyon bo‘ladi. Ayni vaqtda, Qonunda protsessual (dinamik) normalar to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Ma’muriy-huquqiy normalar subyektlar xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatishusuligako‘raijtimoiy munosabat ishtirokchilarining xulq- atvoriga turlicha ta’sir ko‘rsatadi: ular harakatga undashi, muayyan harakatlarni bajarishni buyurishi, u yoki bu harakatlarni bajarish vakolatini berishi, harakatlarni bajarishni man etishi mumkin. Ularda ta’riflangan qoidalarning xususiyatiga qarab vakolat beruvchi, majburiyat yuklovchi va taqiqlovchi ma’muriy-huquqiy normalarga ajratiladi.
Ma’muriy-huquqiy normalar subyektlarivatartibgasolish ko‘lamiga ko‘ra: a) davlat organlari, korxonalar, tashkilotlar faoliyatini; b) fuqarolar xulq-atvorini; v) jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar faoliyatini; g) davlat xizmati xodimlarining faoliyatini tartibga soluvchi turlarga bo‘linadi.
Ma’muriy huquq normalari O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan chet el jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ma’muriy-huquqiy normalar majburiyat yuklash shakliga ko‘ra avvalo imperativ (qat’iy) va tavsiyaviy ma’muriy-huquqiy normalarga bo‘linadi.
Imperativ normalar subyektlar xulq-atvorini bevosita belgilovchi qoidalardan iborat bo‘lib, ular mazkur huquqiy munosabat ishtirokchilarining kelishuviga binoan boshqa xulq- atvor qoidalari bilan almashtirilishi mumkin emas.
Tavsiyaviy normalar ma’muriy huquq subyektlariga u yoki bu harakatlarni bajarish maqsadga muvofiqligi xususida beriladigan tavsiyalardan iborat.
Huquqiy munosabat subyektlariga norma doirasida o‘z huquqlari va burchlarini mustaqil belgilash imkoniyatini beruvchi dispozitiv normalarga kelsak, ular ma’muriy qonunchilik hujjatlarida nisbatan kam uchraydi. Bu hol ma’muriy huquq sohasi
davlat boshqaruvining xususiyati bilan belgilanadi.
Ma’muriy-huquqiy normalar makonda (hududda) amal qilishiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining butun hududida, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida amal qiladi. Ayrim hollarda ko‘rsatilgan normalar ikki taraflama yoki ko‘p taraflama bitimlarga muvofiq bir nechta davlatlarning hududida amal
qiladi. Mazkur amaliyotning kengayishi suveren davlatlar — Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar uchun tabiiy bir holga aylandi.
Ma’muriy-huquqiy normalar vaqt bo‘yicha amal qilishiga ko‘ramuddatli, ya’ni amal qilish muddati oldindan belgilangan va muddatsiz, amal qilish muddati oldindan belgilanmagan normalarga bo‘linadi.
Odatda, ma’muriy-huquqiy normalarning amal qilish muddatlari cheklanmaydi. Bu ularning rasmiy darajada o‘zgarti- rilgunga yoki bekor qilingunga qadar amal qilishini anglatadi. Ba’zi hollarda ularning amal qilish muddatlari aniq belgilanishi mumkin, masalan, favqulodda yoki harbiy holat muayyan muddatga belgilanadi. Ma’muriy-huquqiy normalar ular ifodalangan nor- mativ hujjatlar imzolangan sanadan e’tiboran, yoki tegishli normalar kuchga kirishi uchun nazarda tutilgan muddatda qonuniy, yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Shuningdek, ma’muriy-huquqiy normalar uzoqmuddatliva
qisqamuddatlibo‘ladi.
Ma’muriy-huquqiy normalar tartibgasolishhajmigako‘ra
turlarga bo‘linadi:
umumiy, ya’ni davlat boshqaruvining barcha sohalari va tarmoqlariga nisbatan tatbiq etiladigan va ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshirish jarayonining eng muhim tomonlarini tartibga soluvchi ma’muriy-huquqiy normalar (bunday normalar ko‘pincha qonunlar, Prezident farmonlari va Hukumat qarorlarida ifodalanadi);
tarmoqlararo, ya’ni davlat boshqaruv faoliyatining davlat boshqaruvi tarmoqlarining barchasi yoki aksariyati uchun umumiy yoki chegaradosh sanalgan va ayni vaqtda maxsus xususiyat kasb etadigan muayyan tomonlarini tartibga soluvchi ma’muriy-huquqiy normalar (masalan, bunday jihatlar monopoliyaga qarshi, ekologik qonunchilik normalariga, shuningdek ijro etuvchi hokimiyatning tarmoqlararo organlari to‘g‘risidagi nizomlardan o‘rin olgan (statistika, tariflarga taalluqli bo‘lgan) normalarga xos);
tarmoq ma’muriy-huquqiy normalari, ya’ni muayyan tarmoqqa oid boshqaruv vakolatlariga ega bo‘lgan ijro etuvchi
organlar (masalan, vazirliklar)ga biriktirilgan sohalar doirasida yuzaga keluvchi boshqaruvga doir munosabatlarning turli tomonlarini tartibga soluvchi normalar.
Ma’muriy-huquqiy normalarning boshqa tasnifiy guruhlari ham mavjud. Masalan, ular yo tizim doirasida amal qiluvchi (ularning yuridik kuchi ijro etuvchi hokimiyat mexanizmining quyi bo‘g‘inlariga nisbatan tatbiq etiladi), yoki hamma uchun majburiy (ular tartibga solinayotgan munosabatlarning barcha ishtirokchilariga nisbatan tatbiq etiladi) xususiyat kasb etishi mumkin.
Ma’muriy-huquqiy normalarning funksiyalari haqida so‘z yuritganda, avvalo shuni qayd etish lozimki, ular tartibga solish funksiyasini bajaradi, ya’ni davlat boshqaruvi sohasida yuzaga keladigan munosabatlarni tashkil etish, tartibga solish va takomillashtirishga qaratilgan. Ma’muriy-huquqiy normalar vositasida davlat boshqaruvi subyektlarining huquqiy holati va vakolatlari belgilanadi, ular faoliyatining shakllari va usullari, fuqarolar hamda tashkilotlarning o‘zaro munosabatlari tartibga solinadi. Ma’muriy huquq normalari bilan tashkilotlar va fuqarolarning davlat boshqaruvi sohasidagi huquqiy holati (maqomi) ham belgilanadi.
Ta’kidlash joizki, ma’muriy huquq normalari qo‘riqlash va himoya qilish funksiyasini ham bajaradi, ya’ni ma’muriy huquq sohasidagi ijtimoiy munosabatlarning qo‘riqlanishi va himoya qilinishini ta’minlaydi. Bu normalar g‘ayriqonuniy qilmishlar sodir etishdan o‘zini tiyishni talab etadi, shuningdek ma’muriy huquq bilan qo‘riqlanadigan munosabatlarga tajovuz sodir etilganda ma’muriy ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga soladi.
Ma’muriy-huquqiynormaningtuzilishideganda normaning ichki strukturasi, uning tarkibiy qismlari, elementlari o‘zaro aloqasining muayyan tartibi, ularning o‘zaro aloqadorligi tushuniladi. Ma’muriy-huquqiy norma giðoteza, dispozitsiya va sanksiya singari tarkibiy qismlardan tashkil topadi.