O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


§. Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning turlari



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə19/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

§. Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning turlari




Ma’ muriy-huquqiy munosabatlar o‘ z mazmuniga, ishtirokchilari huquq va majburiyatlarining o‘zaro nisbatiga, shuningdek ularni vujudga keltiruvchi yuridik faktlarning xusu- siyatiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Ma’muriy-huquqiy munosabatlar mazmun jihatidan moddiy va protsessual bo‘ladi. Moddiy ma’muriy-huquqiy munosabatlar qatoriga boshqaruv sohasida yuzaga keluvchi va ma’muriy huquqning moddiy normalari bilan tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatlar kiradi. Ma’muriy-protsessual munosabatlar—boshqaruv sohasida individual-aniq ishlar hal qilinishi tufayli yuzaga keladigan va ma’muriy-huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan munosa- batlardir. Masalan, fuqarolarning arizalari va shikoyatlarini ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan hal qilish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar ma’mu- riy-protsessual munosabatlar hisoblanadi. Moddiy va protsessual ma’muriy-huquqiy munosabatlarning o‘zaro aloqasi shundan iboratki, moddiy munosabatlar protsessual munosabatlar vositasida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, protsessual ma’muriy- huquqiy munosabatlar vositasida huquqning boshqa tarmoqlari (moliya, yer, ekologiya va boshqa) huquqiy munosabatlari ham hayotga joriy etiladi.
Ma’muriy-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari huquq va majburiyatlarining o‘zaro nisbatiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: ishtirokchilardan biri boshqasiga bo‘ysunuvchi munosabatlar (vertikal huquqiy munosabatlar) va ishtirokchilari bir-biriga bo‘ysunmaydigan munosabatlar (gorizontal huquqiy mu- nosabatlar).
Vertikal ma’muriy-huquqiy munosabatlar bir munosabat subyektining boshqasiga bo‘ysunishi doirasida — ijro etuvchi hokimiyatning yuqori turuvchi va quyi turuvchi organlari o‘rtasida, ijro etuvchi hokimiyat organlari va tobe tashkilotlar o‘rtasida, ijro etuvchi hokimiyat organlarining biri boshqasiga bo‘ysunuvchi tuzilmalari o‘rtasida; biri boshqasiga bo‘ysunuvchi davlat xizmati xodimlari o‘rtasida yuzaga keladi. Bunda ijro etuvchi hokimiyat
organlari va fuqarolar o‘rtasida fuqarolarning boshqaruv sohasidagi majburiyatlarini amalga oshirish (jamoat tartibiga rioya qilish, harbiy majburiyatni bajarish va sh.k.) borasidagi huquqiy munosabatlari, odatda, vertikal munosabatlar hisoblanadi, chunki fuqaroga uning majburiyatlarini bajarish qismida ijro etuvchi hokimiyat organining boshqaruv vakolatlari tatbiq etiladi.
Vertikal ma’muriy-huquqiy munosabatlarda ma’muriy- huquqiy tartibga solishning hamda davlat-boshqaruv faoliyatiga xos bo‘lgan boshqaruv subyekti va obyekti o‘rtasidagi boshqarish— bo‘ysunish aloqalarining mohiyati ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu munosabatlar, odatda, hokimiyatga oid munosabatlar deb ataladi. Ular biri boshqasiga bo‘ysunuvchi taraflar o‘rtasida yuzaga keladi va ayni vaqtda, fuqarolik-huquqiy munosabatlardan farqli o‘laroq, taraflar tengligi mavjud emasligidan dalolat beradi. Ammo biri boshqasiga bo‘ysunishni aynan tushunmaslik lozim. Amalda vertikallik bir tarafda yuridik boshqaruv vakolatlari bo‘lib, ular boshqa tarafda (masalan, fuqaroda) yo‘qligini, yoki ularning hajmi unda (masalan, quyi turuvchi boshqaruv organida) kamroq ekanligini anglatadi. Bunda boshqaruvchi taraf sifatida ijro etuvchi hokimiyatning tegishli subyekti (ijro etuvchi organ, davlat boshqaruvi organi) amal qiladi. O‘z-o‘zidan ravshanki, boshqaruv subyektining tashkiliy jihatdan barcha hollarda ham o‘ziga bo‘ysunmaydigan muayyan obyektga bevosita boshqaruv mazmunidagi ta’siri aynan vertikal munosabatlarda amalga oshiriladi. Gorizontal ma’muriy-huquqiy munosabatlar bir-biriga bo‘ysunmaydigan subyektlar o‘rtasida vujudga keladi. Bunday munosabatlar ijro etuvchi hokimiyatning bir-biriga bo‘ysun- maydigan organlari, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashki- lotlar va fuqarolar o‘rtasida ular boshqaruv sohasidagi o‘z huquqlarini ro‘yobga chiqarishlari munosabati bilan (masalan, fuqaro ijro etuvchi hokimiyat organiga shikoyat bilan murojaat etganda, jamoat tashkiloti ro‘yxatdan o‘tkazilganda va sh.k.) vujudga
keladi.
Taraflar amalda va yuridik jihatdan teng huquqli bo‘lgan munosabatlar gorizontal ma’muriy-huquqiy munosabatlar deb e’tirof etiladi. Ularda bir tarafning boshqa taraf uchun majburiy sanalgan
hokimiyat amri-irodasi mavjud bo‘lmaydi. Albatta, bunday huquqiy munosabatlar davlat boshqaruvi sohasida vertikal huquqiy munosabatlar kabi keng tarqalmagan. Bu tabiiy holdir, zero ular ma’muriy-huquqiy tartibga solishning umumiy o‘zanidan chetga chiqadi. Shunga qaramay, ularning yuzaga kelish imkoniyati mavjud. Boshqaruvga oid aloqalarning umumiy majmuida gorizontal munosabatlarni farqlash nisbatan qiyin, chunki ular davlat boshqaruvi sohasiga xos emas va vertikal munosabatlar kabi yaqqol namoyon bo‘lmaydi. Shunga qaramay, boshqaruv amaliyotida ular qatoriga quyidagi ma’muriy-huquqiy munosabatlarni kiritish
uchun muayyan asoslar mavjud.
Bevosita boshqaruv ta’siri ko‘rsatilishiga sabab bo‘lgan muno- sabatlar. Ular vertikal munosabatlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni bir taraflama yuridik boshqaruv qarorini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar yaratish uchun mo‘ljal- langan. Bular — bir huquqiy darajada turgan ijro etuvchi organlar (mansabdor shaxslar) o‘rtasida yuzaga keluvchi, masalan, boshqaruvning qo‘shma normativ hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish (masalan, ikki vazirlik o‘rtasida); birgalikdagi boshqaruv harakatlarini muvofiqlashtirish; qo‘shma majlislar (masalan, ikki vazirlik hay’atlarining majlislarini) o‘tkazish; idoralararo maslahat yoki muvofiqlashtirish kengashlarini tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan aloqalar; bular ijro etuvchi hokimiyat organlari va, masalan, kasaba uyushmalari o‘rtasidagi mazkur uyushmalarning qonuniy manfaatlarini qondirish borasidagi munosabatlardir.
Bir taraflama tartibda qabul qilingan yuridik boshqaruv qarorini samarali amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida bevosita boshqaruv ta’siri ko‘rsatish amalga oshiril- ganidan so‘ng yuzaga keladigan munosabatlar. Bu munosabatlar jarayoni va natijasida normativ hujjatlarni ijro etish bo‘yicha birgalikda chora-tadbirlar ishlab chiqiladi (idoralararo komissiyalar tuzish, qo‘shma taftishlar o‘tkazish va sh.k.). Munosabatlarning bu ikki guruhi ma’muriy-protseduraga oid (belgilangan tartib- taomil asosidagi) munosabatlar jumlasiga kiradi.
Taraflari teng huquqli bo‘lgan ma’muriy-protsessual munosa- batlar (masalan, fuqarolarning shikoyatlari bo‘yicha, ma’muriy
huquqbuzarliklarga doir ishlar bo‘yicha ish yuritish doirasidagi munosabatlar). Bu munosabatlarning mazmuni ma’muriy-huquqiy nizolarni ko‘rib chiqish bilan belgilanadi.
Turli bitimlar ko‘rinishidagi ma’muriy-shartnoma munosa- batlari (masalan, u yoki bu lavozimga qabul qilish to‘g‘risidagi dastlabki bitim). Bitimlar ijro etuvchi hokimiyat subyektlari o‘rtasida ham tuzilishi mumkin.



  1. Yüklə 6,58 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin