O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Davlat boshqaruvining xalq manfaatlari yo‘lida amalga oshirilishi prinsiði



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə6/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Davlat boshqaruvining xalq manfaatlari yo‘lida amalga oshirilishi prinsiði. Konstitutsiyaning 7-moddasiga binoan xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi.
Huquqiy demokratik davlatlar siyosatini xalqning xohish- irodasi belgilab berishi lozim. Mazkur siyosat inson va jamiyat farovonligi, O‘zbekiston barcha fuqarolarining farovon turmushini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Jumladan, Konstitutsiyaning 14-moddasida davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiðlari asosida amalga oshiradi, deb ko‘rsatilgan.
Davlat boshqaruvida xalqning ishtiroki prinsiði. O‘zbekiston Respublikasida qonuniylikni ta’minlash va huquqiy tartibotni mustahkamlashda keng omma ishtirok etadi. Bu holatni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir necha moddalarida ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, Konstitutsiyaning 9-moddasiga binoan jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita va o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referen- dumlar o‘tkazish va davlat organlarini tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimini bosqichma- bosqich shakllantirish - mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim omilidir.
«Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari» degan siyosiy konsepsiyaning asl mohiyati jamiyatni boshqarishda asta-sekin nodavlat tashkilotlari va fuqarolarning ishtirok etishini tobora kengaytirishda ko‘rinadi. Barcha demokratik davlatlarda bo‘lgani kabi bizning davlatimizda ham jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tizimlarining mavqei oshib bormoqda.
Konstitutsiyaning 35-moddasiga binoan esa, har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Demak, fuqaro- larning siyosiy faolligi davlat organlariga, ularning mansabdor shaxslariga murojaat qilishi orqali ham amalga oshiriladi.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin