O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə9/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Ruxsat
Yozma buyruq, ko‘rsatma — huquq normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatni amalga oshirish, ya’ni boshqacha
Man etish, taqiqlash — amalda bu ham ko‘rsatma, ammo u teskari, ya’ni huquq normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatni amalga oshirmaslik bo‘yicha yuridik majburiyatni zimmaga yuklashdir.
Ruxsat berish — huquq normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatni o‘z xohishi bo‘yicha amalga oshirish uchun yuridik ruxsat berilishidir.
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning ko‘rsatilgan uslublaridan huquq u yoki bu tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda foydalaniladi.
Demak, davlat nomidan harakat qiladigan va ma’muriy munosabatlarda uning manfaatlarini ifoda etadigan, yuqorida ko‘rsatilgan organlarning o‘z xohish-irodasini bildirishi — bir tomonlama va majburiy bo‘lishi yaqqol ko‘rinadi. Bunda davlat boshqaruvi faoliyati sohasida tomonlarning yuridik jihatdan tengsizligi vujudga keladi.
Ma’muriy huquqning asosiy uslubi, ya’ni ma’muriy muno- sabatlar ishtirokchilarining xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatish uslub va vositalari - davlat-hokimiyat ko‘rsatmalari uslubi hisoblanadi. Ushbu uslubning qo‘llanishi jamiyatning muhim ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarini amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan bosh- qaruvni tashkil etish va amalga oshirish zarurati bilan belgilanadi. Shunday qilib, ma’muriy huquq predmeti bilan ma’muriy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning o‘ziga xos birlashuvi ma’muriy huquqni huquqning mustaqil tarmog‘iga ajratish
imkonini beradi.
Ma’muriy huquq tizimi deganda, uning davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar bilan obyektiv belgilangan ichki tuzilishi, ma’muriy-huquqiy normalarning muayyan izchillikda birlashishi va joylashishini tushunish lozim1.
Ma’muriy huquq tizimi — ma’muriy-huquqiy normalar va institutlarni birlashtiradi.
Bundan tashqari, yuridik adabiyotlarda, «ma’muriy huquq tizimi»dan «ma’muriy huquq fani tizimi» farqlanadi. Ma’muriy huquq

emas, balki aynan shunday harakat qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri

yuridik majburiyatni zimmaga yuklash.
1 Ko‘rsatilgan manba.

fani tizimi ma’muriy huquq tizimiga qaraganda kengroq tushuncha bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
ma’muriy-huquqiy normalar — ma’muriy huquq fani tizimining boshlang‘ich elementi bo‘lib, davlat tomonidan o‘rnatiladigan yoki tasdiqlanadigan hamda ma’muriy-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvorini (xatti-harakatini) belgilab beradigan qoidalardir;
ma’muriy-huquqiy institutlar — ma’muriy huquq fani tizimining alohida guruhi bo‘lib, u ijtimoiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soladi. Odatda, ma’muriy-huquqiy institutlar — ma’muriy-huquqiy normalarning uncha katta bo‘l- magan barqaror guruhi bo‘lib, ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir turini tartibga solishga qaratiladi. Ma’muriy huquq tarmog‘i o‘z ichiga qator institutlarni oladi va ular tarmoqning tarkibiy qismi, bo‘lagi sifatida namoyon bo‘ladi. Ayni paytda ular muayyan mustaqillik xususiyatiga ega. Zero, ma’muriy-huquqiy institutlar ma’lum darajada mustaqil ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi;

  • ma’muriy huquq fani bo‘limlari (guruhlar) — ma’muriy huquq fani tizimining yirik tarkibiy qismi bo‘lib, o‘zida bir necha ma’muriy-huquqiy institutlarni birlashtiradi. Ma’muriy huquq fani tizimida o‘zaro yaqin (o‘xshash) ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi ma’muriy-huquqiy institutlar birlashib, ma’mu- riy huquq fanining bo‘limlari (guruhlari)ni tashkil etadi (masalan, davlat boshqaruvining o‘ziga xos xususiyatlari, davlat boshqaruvi prinsiðlari, davlat boshqaruvi funksiyalari singari ma’muriy- huquqiy institutlar o‘zining yaqinligiga qarab yagona bo‘limga birlashgan).

Har qanday huquq fani singari ma’muriy huquq fani tizimi ham ikki qismga bo‘lingan:

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin