O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi



Yüklə 490,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/39
tarix14.10.2023
ölçüsü490,56 Kb.
#155299
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
constitution oz

137-modda. 
Hamma sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi. Ishlarni yopiq majlisda tinglashga qonunda 
belgilangan hollardagina yo‘l qo‘yiladi. 
138-modda. 
Sud hokimiyatining hujjatlari barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlar, mansabdor 
shaxslar hamda fuqarolar uchun majburiydir. 
139-modda. 
O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki 
muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda yoxud qonunga muvofiq boshqa tilda olib 
boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon 
orqali ish materiallari bilan to‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona 
tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi. 
140-modda. 
Sudlarning faoliyatini moliyalashtirish faqat O‘zbekiston Respublikasining Davlat 
budjetidan amalga oshiriladi hamda u odil sudlovni to‘liq va mustaqil amalga oshirish imkoniyatini 
ta’minlashi kerak. 
XXIV bob. Advokatura 
141-modda. 
Jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish uchun advokatura 
faoliyat ko‘rsatadi.
Advokatura faoliyati qonuniylik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplariga 
asoslanadi. 
Advokaturani tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi. 
142-modda. 
Advokat o‘z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga aralashishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Advokatga o‘z himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar berish 
uchun shart-sharoitlar ta’minlanadi. 
Advokat, uning sha’ni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasida bo‘ladi va qonun 
bilan muhofaza qilinadi. 
XXV bob. Prokuratura 
143-modda. 


O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan 
nazoratni O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga 
oshiradi. 

Yüklə 490,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin