–
bola huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiq shaxsiy huquqlarini
himoya qilishga yordam berish;
–
ijtimoiy ta’lim sohasini uyg‘unlashtirishga yordam berish, ijtimoiy tartibsizliklarni
oldini olish bo‘yicha profilaktik choralarni amalga oshirish;
–
maktabgacha yoshidagi korreksiyaga muhtoj bolalar bilan yakka ishlashni, shaxsini
rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf qilish uchun turli xil
psixologik (psixo-tuzatuv, reabilitatsiya va konsultatsiya) yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar
ko‘rish;
–
pedagogik xodimlarni, shuningdek, ota-onalarini maktabgacha yoshdagi bolalarning
shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishi muammolariga yo‘naltirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlarining
materiallari asosida psixologik va pedagogik xulosalar tuzish;
–
5-7 yoshgacha bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda bolalarni diagnostik
tekshirishdan o‘tkazish, ularning umumiy o‘rta ta’lim maktabida 1-sinfda o‘qishga va
moslashishiga psixologik tayyorgarligini aniqlash va tegishli xulosani rasmiylashtirish hamda
ota-onalarga tavsiyalar berish;
–
maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxsi va jinsiga xos xususiyatlarini hisobga olgan
holda, tarbiyalash dasturlarini rejalashtirish, shuningdek, rivojlantirishda qatnashish, hayotning
turli xil holatlarida o‘z taqdirini belgilashga tayyor bo‘lishlariga yordam berish;
–
pedagogik, metodik kengashlar faoliyatida, ota-onalar bilan uchrashuvlarni o‘tkazishda
qatnashish;
–
turli yoshdagi iqtidorli va salohiyatli bolalarni aniqlash maqsadida turli psixologik
metodlarni qo‘llash, ularning iqtidorlarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarini belgilash;
–
pedagogik jamoa bilan tarbiyalanuvchilarning aqli va idroki hamda shaxs sifatida
rivojlanishini pedagogik-psixologik tashxislar va korreksiyalarning dolzarb muammolariga
bag‘ishlangan metodik seminarlar, psixologik treninglar o‘tkazish;
–
amaliyotda tarbiyalanuvchilar, ota-onalar hamda tashkilot xodimlarini pedagogik-
psixologik tashxislar metodikalaridan (anketalar, psixologik testlar, shaxsiy so‘rovnomalar
va h.k.) to‘g‘ri foydalanish va olingan natijalarning maxfiyligini ta’minlash;
–
bolani rivojlanish xaritasini yuritishda tarbiyachi bilan hamkorlikda yuritib borib,
psixolog tomonidan kuzatuv natijasida belgilangan indikatorlar bo‘yicha bolalar tomonidan
erishilgan natijalar va salbiy tomonlarni aniqlash, olingan natijalarga mos ravishda ta’lim
jarayoniga tuzatishlar kiritish, individual ishlarni rejalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha
yakuniy kuzatuvlarni o‘tkazilganligini nazorat qilib borish;
–
O‘zbekiston Respublikasining sanitariya-gigiyena talablariga, mehnat qonunchiligi
asoslariga, odob-axloq, jamoa shartnomasi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in
xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish;
–
bolalarni oilada rivojlantirish va maktab ta’limiga tayyorlashda ota-onalarga psixologik
ko‘maklashish va maslahatlar berish.
–
bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga muvofiq shaxs huquqlarini himoya qilishga,
ta’lim tashkiloti ijtimoiy sohasini uygʻunlashtirishga ko‘maklashish va ijtimoiy jihatdan ko‘nika
olmaslik hollari yuzaga kelishining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish.
Dostları ilə paylaş: