O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida


-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi, viloyatlar



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/199
tarix03.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#141333
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   199
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

66-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi, viloyatlar
maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh
boshqarmasi Pedagog kadrlar malakasini oshirish va pedagogika kollejlari faoliyatini
muvofiqlashtirish bo‘limi metodisti lavozimining malaka tavsiflari
1. Lavozim vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon,
farmoyishlari va qarorlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul
qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash
maqsadida boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish
va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;

bo‘limning faoliyatiga yillik, choraklik va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqilishda
ishtirok etish hamda ularda belgilangan tadbirlarning sifatli ijro etishida ishtirok etish;

boshqarmaning boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan faoliyat uzviyligini ta’minlash,
faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish;

maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog xodimlar malakasini
oshirish istiqbol rejalarini belgilash, yillik reja asosida malaka oshirishga yuborilishini nazorat
qilish;

maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan nomutaxassis kadrlarni aniqlash
ularni qayta tayyorlash kurslaridan o‘tkazilishini ta’minlash;

o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglarni maxsus sirtqi va sirtqi bo‘limlarda o‘qish uchun
oliy ta’lim tashkilotlariga yo‘naltirish ishlarini amalga oshirish;
Tartib raqami
713
Kasblarning milliy standart klassifikatori
bo‘yicha kodi
1212
Xodimlar toifasi
Mutaxassisi



maktabgacha ta’lim tashkiloti ishchi va pedagog xodimlarining soni va tarkibi
bo‘yicha hisobotlarni yig‘ish, umumlashtirish va vazirlik hamda statistika tashkilotlariga taqdim
etish;

pedagogika kollejlari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

pedagogika kollejlarini faoliyatiga oid huquqiy va o‘quv-me’yoriy hujjatlarini ishlab
chiqishni tashkil etish va boshqarish;

innovatsion yondashuv asosida pedagogika kollejlari va
maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida pedagogik kadrlar sifatini oshirishga qaratilgan barcha faoliyatlarni amalga
oshirish;

pedagogika kollejlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim-tarbiya jarayonini
tajribali, yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagogik kadrlar bilan
ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshirish;

ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni hamda samarali
metodlarini joriy etish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagogik kadrlari faoliyatini baholash jarayonini
amalga oshirish va monitoringini yuritish;

pedagogika kollejlari o‘quvchilarini amaliy mashg‘ulotlarga olib chiqishda
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini har xil yo‘nalishlardagi to‘garaklarda
shug‘ullanishga jalb etish strategiyasini ishlab chiqish;

pedagog xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini tashkil qilish va ularning o‘z
vaqtida attestatsiyadan o‘tishlarini nazorat qilish;

attestatsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan
tashqari
ta’lim
tashkilotlari
pedagog
kadrlarini
attestatsiyadan
o‘tkazish
tartibini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarorlari
asosidapedagog xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini tashkil qilish va ularning o‘z
vaqtida attestatsiyadan o‘tishlarini nazorat qilish;

ta’lim va tarbiya jarayonini nazorat qilish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar va
atamalarning ishlab chiqish;

odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika
va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin