O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida


-§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/199
tarix03.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#141333
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   199
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

70-§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish institutining ma’naviyat va ilmiy ishlar bo‘yicha
prorektori lavozimining malaka tavsiflari
1. Lavozim vazifalari:

institutning ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlari ustidan rahbarlikni amalga oshirish;

milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari fani bo‘yicha o‘qituvchilar uchun dars
ishlanmalari hamda metodik qo‘llanma va tavsiyalar yaratish bo‘yicha ijodiy guruhga rahbarlik
qilish;

institut professor-o‘qituvchilari uchun milliy istiqlol g‘oyasini o‘rganish bo‘yicha
doimiy harakatdagi o‘quv seminarlar tashkil qilish;

malaka oshirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarining strategiyasini belgilash va
yo‘naltirish;

ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlarning mavzu rejasini tuzish, malaka oshirish
muammolari, izlanishlar va yechimlariga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy, amaliy konferensiyani
o‘tkazishga, ilmiy-uslubiy to‘plamlarni nashr etishga rahbarlik qilish;

kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy hamda ilmiy-uslubiy ishlarini nazorat qilib borish,
kafedralar va bo‘limlar bilan birgalikda ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-uslubiy, madaniy tadbirlar va
anjumanlar o‘tkazish;

kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish,
ularning kasbiy mahoratlarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda
kadrlar zaxirasining shakllantirilishini ta’minlash ishlarida ishtirok etish;

institutning ichki tartib-qoidalarini belgilash, uni xodimlar va tinglovchilar tomonidan
bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etish;

vakolati doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning yozma va og‘zaki murojaatlarini,
ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqish;

institutning O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni
muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Oliy Attestatsiya Komissiyasi, mamlakatimiz chet el ilmiy
muassasalari bilan aloqalari va hamkorligini ta’minlash;

institut Ilmiy kengashi materiallarini tayyorlashga rahbarlik qilish, institutning
ma’naviy hamda ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha hisobotlarini tayyorlash;

institutda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni va tajribalarni joriy etish ishlarini
muvofiqlashtirish;

sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalari talablariga rioya qilish.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin