8-§. Maktabgacha ta’lim tashkiloti til o‘qituvchilari
lavozimining malaka tavsiflari
1. Lavozim vazifalari:
–
Til o‘rgatuvchilar (o‘zbek, rus, ingliz va boshqa) tillarni o‘qitishda qo‘shimcha ta’lim
beradigan o‘qituvchi:
–
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari”
hamda davlat o‘quv dasturlarini joriy etilishi hamda mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalarni
to‘laqonli bajarish;
–
bolalarga ikkinchi tilni o‘rgatish metodikasiga muvofiq holda tillarni o‘rgatish;
guruhda bolalarga mos sharoitni yaratish;
–
bolalarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha
maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila hamkorligini;
–
tarbiyalanuvchi shaxsini hisobga olgan holda pedagogik faoliyat yo‘nalishini belgilashi;
–
bolalarning yosh xususiyatlari, ularning ijodiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda yakka
tartibdagi ishlarni tashkil etishi;
–
bolani rivojlanish xaritasini yuritishda tarbiyachi bilan hamkorlikda yuritib borib,
psixolog tomonidan kuzatuv natijasida belgilangan indikatorlar bo‘yicha bolalar tomonidan
erishilgan natijalar va salbiy tomonlarni aniqlash, olingan natijalarga mos ravishda ta’lim
jarayoniga tuzatishlar kiritish, individual ishlarni rejalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha
yakuniy kuzatuvlarni o‘tkazilganligini nazorat qilib borish;
–
tilni o‘rganish bo‘yicha tarbiyalanuvchilar uchun o‘yinlar va mashqlarni rejalashtirish
va tashkil etish;
–
til o‘rgatishda didaktik materiallarni bola yoshiga mos ravishda tanlash;
–
bolalar bilan guruhda va individual tarzda mashg‘ulotlar o‘tkazish;
–
amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha pedagogik kengash va ota-onalar yig‘ilishlarida
hisobot berish;
–
ochiq mashg‘ulot va seminarlar tashkil etish;
–
oilada xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha mustahkamlovchi mashqlarni o‘rgatish
bo‘yicha ota-onalarga tavsiya va maslahatlar berish;
–
bolalar tomonidan tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rgatish;
–
so‘zlarning grammatik tuzilishiga e’tiborni qaratish;
–
bolalarning yosh xususiyatiga ko‘ra so‘z boyligini oshirish;
–
mashg‘ulotlar jarayonida bolalar hayoti xavfsizligini ta’minlash.
Dostları ilə paylaş: