2. Bilishi lozim: –
Maktabgacha ta’lim tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun-
mohiyatini;
–
maktabgacha ta’lim pedagogikasi, psixologiyasi va maktabgacha yoshdagi bolalar
fiziologiyasini;
–
vazirlikning boshqarma va bo‘limlari, hududiy maktabgacha ta’limni boshqaruv
organlari bilan faoliyat uzviyligini ta’minlashni;
–
faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha yangiliklarni, hujjatlarda belgilangan talablarni, uni
amaliyotga joriy etish yo‘llarini;
–
faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyat organlari, xalq ta’limi
boshqaruv organlari, jamoat tashkilotlari, xorijiy davlatlarning mamlakatimizda faoliyat
ko‘rsatayotgan davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
usullarini;
–
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish manfaatlari yo‘lida vazirlik, idoralar va
xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish usullarini;
–
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat
talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-
uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish va uzluksiz takomillashtirib borish yo‘llarini;
–
jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ahillik va inoqlikni mustahkamlash
bo‘yicha faoliyat yuritishni;
–
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
3. Malaka talablari: –
kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;
–
xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
–
uch yildan kam bo‘lmagan ish staji.
101-§. Maktabgacha ta’lim vazirligi Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati boshlig‘i lavozimining malaka tavsiflari