O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGAChA TA'LIM VAZIRLIGI
Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish
(katta guruh)
Toshkent 2018 yil
Kirish
Maktabgacha ta'lim muassasaslarining katta guruhlari uchun mo'ljallangan ta'limiy faoliyatning mavzuli rejasi guruh tarbiyachilariga yordam sifatida ishlab chiqilgan. Maktabgacha ta'lim tizimida pedagog tomonidan ta'lim faoliyatini rejalashtirishda birinchi navbatda ta'limni rivojlantirish vazifasi ilgari qo'yiladi va bunda bolaning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, bola shaxsiga yo'naltirilgan ta'limni tashkillashtirish, zamonaviy maktabgacha ta'lim-tarbiyaning ilmiy konsepsiyasi hisoblanadi.
O'quv jarayonini mavzuli tarzda tuzish tamoyili hududiy, milliy, madaniy komponentlarni singdirish va bu jarayonda maktabgacha ta'lim muassasasangizning xususiyatlarini hisobga olish imkonini beradi.
Bir mavzu doirasida kamida bir hafta ta'lim berilishi lozim. Mavzu guruh va rivojlanish markazlaridagi materiallarda o'z aksini topishi kerak.
Ta'limiy davrning asosiy mavzusini tanlash, albatta, bolalarning barcha faoliyati bu mavzuga bag'ishlangan bo'lishi kerak, degani emas. Mavzuning asosiy davrlarga taqsimlashdan maqsad – ta'lim faoliyatini integrasiyalashtirish va bolalar faoliyatini ta'lim sohalari bo'yicha asossiz taqsimlanishini oldini olishdan iborat.
Ta'lim faoliyati mazmunini mavzuli-kompleks ravishda tashkil etib rejalashtirishda quyidagi ta'lim sohalaridan foydalaniladi:
• jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi;
• ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
• nutq, muloqot.Uqish va yozish malakalariga tayyorgarlik;
• bilish jarayonini rivojlanishi;
• ijodiy rivojlanish.
Ushbu mavzuli rejalashtirish majmuasining mazkur asosi bolalar faoliyatning barcha turlarida maktabgacha ta'lim mazmunining ichiga to'liq kirishini ta'minlaydi.
Turli yosh guruhlarida o'zaro bog'liq o'xshash mavzularni kiritilishi ularning individual imkoniyatlariga muvofiq uyg'un rivojlanish va butun maktabgacha yosh davrining turli guruhlarida bolalarni rivojlantirishda o'quv maqsadlari birligini va uzluksizligini ta'minlash orqali ta'limiy maqsadga erishilishiga olib keladi.
Haftalik rejalar esa yillik mavzuviy rejaga asoslanadi va haftaning kichik mavzulari, shuningdek, mazkur mavzu bo'yicha o'tkaziladigan jarayonlarni o'z ichiga oladi.
Haftalik reja barcha rivojlanish sohalari bo'yicha maqsadlarni belgilash, tegishli markazlarni tayyorlash, mashg'ulotlarni hafta mavzusiga mos ravishda taqsimlashga yo'naltirilgan. Hafta mavzusi barcha erkin faoliyat markazlari orqali o'tishi lozim. Haftalik rejada guruhdagi va sayr vaqtidagi didaktik va harakatli o'yinlar rejalashtiriladi. Bolalar bilan olib boriladigan ishning mazmuni va izchilligi faoliyat turi (faol faoliyat / passiv faoliyat; individual faoliyat / kichik guruhda * katta guruhda; tarbiyachi rahbarligi ostida o'tadigan faoliyat / bola rahbarligi ostida o'tadigan faoliyat) va uni o'tkazish joyi (xona ichidagi faoliyat / ko'chadagi faoliyat)ni hisobga olgan holda rejalashtirilishi kerak.
Haftalik reja xilma-xil va moslashuvchan bo'lishi lozim. Boshqacha aytganda, ob-havo o'zgarishi va bolaning qiziquvchanligini hisobga olgan holda, rejalashtirilayotgan faoliyat boshqasiga almashtirilishi yoki faollik vaqti biroz ko'proq yoxud kamroq vaqtga mo'ljallanishi mumkin. Masalan, agar tarbiyachi bahorgi gullagan bog'ga borishni rejalashtirgan bo'lsa-yu, ob-havo juda yomg'irli bo'lsa, bu tadbirni xonada o'tkazishning imkoni bo'lgan boshqa tadbirga almashtirishi mumkin.
Ta'limiy rivojlantirishda maktabgacha ta'lim konsepsiyasiga muvofiq pedagog L.S.Vыgotskiyning quyidagi nazariyasiga tayaniladi "Har qanday faoliyat turining rivojlanishi quyidagicha bo'ladi: avval kattalar bilan hamkorlikdagi, so'ng tengdoshlari bilan birgalikdagi faoliyat amalga oshiriladi va nihoyat bolaning mustaqil faoliyati amalga oshiriladi".
Dastur tuzuvchilari: L.Yevstafyeva, Sh.Nabixanova, S.Pak, D.S.Usmonova, M.R.Ashrabxodjayeva, X.U.Rizayeva, L.Nuritdinova, F.Karimova, G.B.Musayeva, G.M.Nurmuxammedova, M.X.Muxamadaliyeva, F.A.Gayfulina.
Mundarija
Sentyabr. Mavzu: “ O'zbekiston mening Vatanim”...................... 6
1 hafta. "Mening qadrdon O'zbekistonim" .................................................... 13
2 hafta. "Mening shahrim. Mening mahallam"................................................. 17
3 hafta. "Men va mening oilam" .................................................................... …25
4 hafta. "Men va mening do'stlarim" ................................................................ 29
Oktyabr. Mavzu: “Kuz bo'yoqlari”...................................................................... 35
1 hafta. "Mavsumiy o'zgarish, uchib ketuvchi qushlar" ..................................... 41
2 hafta. " Tabiat omborxonasi:sabzavot va mevalar,rezavorlar" .................. 46
3 hafta. "Non hammasiga sarkor" .......................................................................... 51
4 hafta. "O'zbekistonning oq oltini" ...............................................................54
Noyabr. Mavzu: “Transport”.” YHQ”,”HXA”………............................……...58
1 hafta. "Havo, suv, yer osti transporti" ………………..................……….....65
2 hafta. "Extiyotkor piyoda haftaligi" ..............................................................72
3 hafta. "Shoshilinch (tezkor) harakat tizimlari"........................................... 79
4 hafta. "Bizning yaxshi ishlarimiz" ...................................................84
Dekabr. Mavzu: “Zumrad qish”……….............................................................90
1 hafta. "Zumrad qish. Konstitusiya kuni " ……............................................96
2 hafta. "Sog'lom tanda - sog' aql" ……….............…………........................100
3 hafta. " Mavsumiy kiyimlar va poyabzallar" ............................................104
4 hafta. "Yangi yil nima? " ..... ......................................................................... 109
Yanvar. Mavzu: ” Bolalar bog'chasi” ................................................................113
1 hafta. "Qishki o'yin -kulgular" .....................................................120
2 hafta. "Vatan himoyachilari kuni" .................................................................125
3 hafta. "Men va mening tanam" .......................................................................132
4 hafta. "Xushmuomalalik alifbosi" .............................................................137
Fevral. Mavzu: “G'aroyib dunyo”........................ ............................................ 143
1 hafta. "Qo'shni davlatlar" ....................................................................... ….151
2 hafta. "Dunyo mamlakatlari" ...................................................................... ...157
3 hafta. "O'zbekistonning buyuk allomalari" ............................................. ...162
4 hafta. "Kitob tarixi" .....................................................................................167
Mart. Mavzu: “Go'zal bahor”.............................................................................. 173
1 hafta. " Onajonlar kuni" ........................................................................... .178
2 hafta. "Mavsumiy o'zgarishlar" ............................................................... …183
3 hafta. Xalq manbalari "Assalom, Navruz!"..................………………. ….189
4 hafta. "Bahorda hasharotlar hayoti" ............................................................193
Aprel. Mavzu: “ Yer sayyorasi – umumiy uyimiz”...........................................199
1 hafta. "Gullagan bahor" ..................................................................................205
2 hafta. «Koinot sirlari» ................................................................................208
3 hafta. "Yer kuni" ..............................................................................................213
4 hafta. "Sayyorani asrang" ......................................................................……217
May. Mavzu: “ Jihozlar va asboblar” ..............................................................220
1 hafta. "Men va mening uyim", "Xotira va qadrlash kuni" .........................223
2 hafta. “Mebel"................................................ ........................................... ..230
3 hafta. "Idishlar", "Milliy naqshlar" ........................................................ 236
4 hafta. " Bizning yordamchilarimiz – maishiy texnika» .............................. 241
Dostları ilə paylaş: |