Fan va tabiat markazi
Daraxtning xususiyatlari bilan tanishish.
Maqsad: tajriba-tadqiqot orqalidaraxt xususiyatlarini aniqlash mumkin.Xulosa chiqarish uchun o'z shaxsiy tajribasiga tayanadi.
Kerakli jihoz va materiallar:ko'rsatkichlar chizilgan daraxt, suv to'ldirilgan idishlar, arralangan yog'och bo'lagi, yoshini ko'rsatadigan xalqalari tasvirlangan arralangan yog'och bo'lagi, issiq suv bilan termos, suvli krujka.
Faoliyatning borishi:
Bola daraxtdan nimalar qilinadi varag'ini to'ldiradi. Qarshisiga chizadi (mebel, uy, qalamlar, gugurt va x.z.)
Daraxt arralangan bo'lagini o'rganish. Yoshini bildiradigan xalqalarni ko'rib chiqishadi. Daraxt yoshini aniqlashni urinib ko'rishadi.
Daraxt xususiyatlarini aniqlashadi: shaffoflik, pishiqligi, issiqligi, o'tkazuvchanligi.
Bolalar cho'kish-cho'kmasligi to'g'risida tajriba o'tkazishadi. Suv to'ldirilgan idishga tayoqchalarni tashlashadi. Kuzatishadi va xulosa qilishadi.
Qo'shimcha qism: tarbiyachi bilan daraxtlarni asrash xaqida suxbat.
E'tiborga molik jihati: kuzatish orqali bolalarning xulosa chiqara olishlariga, taiatga nisbatan extiyotkorona munosabatda bo'lish.
Fan va tabiat markazi
Qog'oz xususiyatlari bilan tanishish.
Maqsad:xayotimizda qog'ozning ishlatilish vazifasi xaqida biladi; uning sifatini (rangi, silliqligi, qalinligi, mustahkamliligi)ni va xususiyatlari (suvni shimishi, g'ijim bo'lishi, qirqilishi, yonishi, va x.z) ni aniqlaydi.
Kerakli jihoz va materiallar:qadimgi yozuvlar tasvirlangantoshlar, qayin po'stlog'i, shaffof qog'oz rasmlari; qayin po'stlog'i, shaffof qog'oz, toshlar, guash, qog'oz, qalam, o'tkir tayoqcha, suv idish, turli ko'rinishda qog'ozlar, gugurt, va tarbiyachi uchun temir kosacha.
Faoliyatning borishi:
Bolalar qadimgi yozuvlar tasviri tushirilgan rasmlarni tomosha qilishadi. Toshda guash bilan chiziqlar chizishga harakat qilishadi, qayin po'stlog'ida xarflarni o'yishadi, qalam bilan qog'ozga yozishadi.
Atrofingizga qarab qog'ozdan tayyorlangan predmetlarni sanab o'ting. (salfetklar, oboylar, tualetqog'ozi, otkrыtkalar, kitoblar, jurnallar, gazetalar, qutilar,daftarlar vax.z.)
Qog'oz xususiyatlarini aniqlashadi. Bolalar qog'ozni g'ijimlashadi, yirtishadi, suvga tushirishadi. Xulosa qilishadi.
Qo'shimcha qism: tarbiyachi qog'oz qayerdan olinganligi to'g'risida aytib beradi.
E'tiborga molik jihati: qog'oz xususiyatlarini aniqlash uchun bolalar qog'oz bilan yetarlicha ishlay olishlari kerak, ammo orqalaridan yig'ishtirishni bilishlari shart. Shuningdek, bolalar bilan atrof-muxitga nisbatan va qog'ozga nisbatan extiyotkorona munosabatda bo'lishimiz kerakligi to'g'risida suxbat.
San'at markazi
Rasm chizish «Mebel chizish»
Maqsad: rasmning berilishiga qarab tasvirni qog'ozga joylashtirib, mustaqil ravishda syujet tanlaydi va bajaradi. Mebelning tegishli belgilari va kattaligini tasvirlab chizadi. Qora qalam bilan tashqi chiziqlarni chizib, rangli qalamlar yordamida bo'yash usulini qo'llaydi.
Kerakli jihoz va materiallar: A4 formatdagi oq qog'oz, qora va rangli qalamlar.
Mebel tasviri tushirilgan rasm.
Faoliyatning borishi:
Mebel tasviri tushirilgan rasmni tomosha qilish
Bolalarning samarali faoliyati.
Bolalarning ishlari ko'rgazmasi.
Qo'shimcha qism: o'z xonasi va mebelini tasvirlash
E'tiborga molik jihati: bolaningijodiy faoliyati rivojlanganligiga, rasm chizishdagi texnik mahoratiga.
San'at markazi
Loy ishi «divan va kreslo»
Maqsad: xos qisimlarni tasvirlagan xolda loydan yasaydi, yog'och qalam yordamida zarur elementlarni chizadi.Loy ish usullarini qo'llaydi.
Kerakli jihoz va materiallar:loy (plastilin), ishning bajarilish karta-sxemasi.
Faoliyatning borishi:
Ishning bajarilish bosqichlarini ko'rib chiqish.
Materialni tanlash (bir xil rang yoki uyg'un ranglar, bola tanlashiga qarab).
Ishning bolalar tomonidan bajarilishi.
Qo'shimcha qism:ko'shimcha ravishda stol yasash
E'tiborga molik jihati: texnik malakalarining shakillanishi va loy (plastilin) bilan ishlay olishi.
MAY 3 XAFTASI
«IDISh-TOVOQ», «MILLIY NAQSh»
Dostları ilə paylaş: |