E'tiborga molik jihati: Mashina qismlari haqida tushunchani mustahkamlash.
Sahnalashtirilgan va syujetli-rolli o'yinlar markazi “Atelye mod” Maqsad: Dizayner ish faoliyatini tasavvur qila oladi. Diqqat,e'tibor, kuzatuvchanlik,ixtirolar rivojlanadi.
Jihoz va materiallar: mato qiyqimlari, tasmalar, ilgak, ip, qog'ozdan yasalgan katta qo'g'irchoq, qog'ozdan yasalgan tayyor kiyim.
Faoliyatni olib borilishi: O'yin Moxirani kiyintirish ( tayyor kiyimlar)
Qo'shimcha qism:Qiyqim matolardan do'sti uchun kiyim yaratadi va x.z
E'tiborga molik jihati: Og'zaki nutq sifatiga ijodiy yondoshish
Til va nutq markazi Suxbat Paxtakor mehnat xaqida” Maqsad:Paxta, ko'rak, buta, paxta terish mashinasi xaqida tushuncha berish.
Jihoz va materiallar:Mavzu yuzasidan paxtadan yasalgan kiyimlar rasmi.
Faoliyatni olib borilishi: Mavzu bo'yicha she'rni yod olish ( tarbiyachi yordamida).
Paxta ishlab chiqarish mehnati haqida suxbat.
Paxtadan yasalgan kiyimlarni taqqaoslash.
Qo'shimcha qism: Paxta xaqida qo'shiqni tinglash.
E'tiborga molik jihati: Nutqni rivojlanishini nazorat qilish.
Ilm va tabiiat markazi Paxta xususiyati. Maqsad: Paxta haqida bilim va tasavvurga ega bo'lish.
Jihoz va materiallar:Paxta iplari, paxta mavzusiga oid rasmlar va plakatlar.
Faoliyatni olib borilishi: Bolalar haqiqiy paxtani kuzatishadi.