Rollarni taqsimldash.O'yin qoidalari bilan tanishtirish. Moda to'plamini yaratish.
O'yin jarayonida rollarni almashtirish.
Bolalarni rag'batlantirish.
Qo'shimcha qism:Modalar namoyishini tashkillashtirish.
E'tiborga molik jihati. O'yin paytida bolalarning ijodiy mustaqilligini qo'llab quvvatlash.
Nutk va til markazi Qo'llanilish maqsadiga ko'ra kiyimlarning klassifikasiyasi. Maqsad: Ustki va oyoq kiyimlar va ularni qo'llash bilan bog'liq bilimlari kengayadi.Ularni farqlaydi,
ulardan foydalanishni o'rganadi.
Kerakli jixoz va materiallar:Oyoq kiyimlar (tufli, etik, sandal) , bosh kiyimlar (qalpoq, kepka), mavzuga
mos kiyim kechaklar rasmi.
Faoliyatni borishi: Mavzuga mos rasmlarni ko'rib chiqish.
Kiyimlarni mavsumga mos ravishda taqsimlash to'g'ri nomlash.
Kiyimlarni vazifasiga ko'ra ajratish.
Qo'shimcha qism: Do'kon o'yinini taklif qilish.
E'tiborga molik jihati. Ozodalikka axamiyat berish, o'zidan keyin yig'ishtirishga o'rgatish.
Nutk va til markazi O'zbek milliy liboslarini o'rganish va taxlil qilish Maqsad: Milliy o'zbek liboslari (atlas, adras, beqasam) va ularning farqlari bilan tanishadi, ularni
farqlay oladi.
Kerakli jixoz va materiallar: Kiyim kechak mavzusiga oid rasmlar, O'zbek milliy liboslar, ustki va oyoq
kiyimlar, mato bo'lakchalari.
Faoliyatni borishi: Mavzuga mos rasmlarni ko'rib chiqish.