Qo'shimcha qism: Nima yaxshiyu, nima yomon mavzusida suhbat.
E'tiborga molik jihati: yaxshilik va yomonlik, odob va odobsizlikni anglab yetish bir biriga yordam berish va hurmat qilish.
Fan va tabiat markazi Ekilgan piyoz va sarimsoq: Maqsad:O'simliklarni sug'orish usullarini biladi: oddiy sug'orish, naycha orqali sug'orish, tomchilatish usulida sug'orish. O'simliklarni sug'orish usullarini taqqoslaydi. Ekilgan piyoz va sarimsoqni kuzatib borishi.
Jihoz va materiallar:ekilgan piyoz va sarimsoqni leyka, naychalar.
Faoliyatni olib borilishi: Unib chiqqan piyoz va sarimsoqni kuzatishi.
O'simliklarni turli usulda sug'orish tajribasini o'tkazish.
Unib chiqqan sabzavotlar haqida suhbat o'tkazilishi.
Qo'shimcha qism:bajarilgan ishni tasvirlab berishi yoki rasmda aks ettirishi.
E'tiborga molik jihati:mexnatga munosabatini shakllanishi, tajribani o'tkazilishi, kuzatilishi.
San'at markazi “Chuchmo'ma rasm chizish: Maqsad: rasmni tasavvurga asosan gullarni tashqi qiyofasini (shox, poya, bargi)ni ifodalashi. Bo'yoq bilan rasm solish ko'nikmasini, shakl va chiziqlarni mos ravishda ifodalashi, mustaqil ravishda rangtanlashi.
Jihozlar va materiallar:Chuchmo'ma rasmi, oq qog'oz, bo'yoqlar, mo'y qalam, suv, salfetkalar.
Faoliyatni olib borilishi: Chuchmo'ma gulini. AKT orqali tomosha qilishi, kuzatishi.
Rasm chizish tartibini ko'rsatib, tushuntirib berishi.
Mo'yqalamni qo'yib, olish usulidan foydalanishi.
Chuchmo'ma guli haqida hikoya tuzishi.
Qo'shimcha qism:Chuchmo'ma haqida she'r yod oldirish.
E'tiborga molik jihati:Rasmni qog'oz sathining markaziga joylashtirishga rioya qilishi.
Qurish, yasash va matematika markazi