Loy bilan tajriba. Idish yasaymiz Maqsad: loyning xususiyatlarni biladi. Loy ishida tanish metodlardan foydalanadi.
Kerakli Jihoz va materiallar: guvalali quruk gil, yasash uchun tayyorlangan nam gil, turli xil idishlar, suv, shakllar.
Faoliyatning borishi: Bolalar ikki xil gilni ko`rib chiqishadi. Bitta tog`orada quruq tuproq ikkinchisida nam tuproq.
Bolalar ikki xil tuproq turidan shakillar yasashga intilishadi. Kuruq tuproq to`kiluvchan, yasalmaydi, nam tuproq esa yumshoq yaxshi yasaladi shakillar chiqadi degan xulosaga kelishadi.
Loydan piyola yoki vaza yasash.
Qo`shimcha qism:tarbiyachi bilan birgalikda tuproqning xususiyatlari xaqidagi bilimlarini mustahkamlashadi.
E`tiborga molik jihati: loy ishi tozalikni talab qiladi,shuning uchun bolalar orqasidan yig`ishtirib, qo`llarini yuvishni nazorat qilish.
Fan va tabiat markazi Suyuqlik hajmini o`lchash Maqsad: shartli belgi yordamida suyuqlikhajmini aniqlay oladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: tor ko`za va keng grafin (shishali, 4 stakan suv sig`imiga ega bo`lgan grafin, ko`za - 3; suvli ko`za, 2 ta bir litrli bankalar, 4 stakan va boshqa turli idishlar, katta tog`ora.
Faoliyatning borishi: Bolalar qaysi idishga ko`proq suv sig`ishini taxminan aniqlashadi.
Bolalar stakanlar yordamida idishga suv to`ldirishadi. Natijasini belgilashadi.
Hajm bir litrli bankalar yordamida o`lchanadi. Xulosa chiqarishadi.
Bolalar suyuqliq hajmini yana nimalar yordamida aniqlash mumkinligi taklifini berishadi.
Qo`shimcha qism: boshqa jismlarda suyuqlik miqdorini o`lchashadi va taqqoslashadi.
E`tiborga molik jihati: kuzatish, o`lchash va xulosa qilishni bilish, topshiriqlarni bajarishda bolalarni faolligi.
San`at markazi