Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga magnitli doskada so`zlar tuzishni va turli magnit predmetlaridan foydalanib jumboq tuzishni taklif etishi mumkin.
E`tiborga molik jihati: hayotni ilm bilan bog`lamoq; texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishni bilishi.
San`at markazi Rasm chizish va applikasiya. «Men va mening oilam» . Maqsad: oilasi haqidagi ma`lumotlarni umumlashtiradi, oila a`zolarini ta`riflab beradi; bajarilayotgan ishda rasm chizish va applikasiya kabi ikkita ijod turini uyg`unlashtiradi.
Jihoz va materiallar: oilaviy dam olish fotosuratlari to`plami, AKT vositalari, oilaviy arxivdan video parchalar, qog`oz, buyoqlar, qalamlar.
Faoliyatning borishi: «Men va mening oilam» mavzusidagi rasm namunalarini ko`rib chiqish;
Bolalar oilaviy urf-odatlar haqida bir-birlari bilan o`rtoqlashadilar;
Ishlash texnologiyasini tanlash (applikasiya yordamida chizish);
Bolalar ishlari.
Qo`shimcha qism:bolalar ishlari ko`rgazmasini tashkil etish.
E`tiborga molik jihati: toza-ozoda ishlashni bilishi; oila a`zolariga muhabbatni tarbiyalash
Qurish-yasash va matematika markazi «Teatr binosini quramiz» Maqsad: turli qurilish materiallaridan teatr sahnasini qurish, odatiy (oddiy) shakllarni aytadi va ularni qurilishda foydalanadi, hisobni biladi, o`lcham, sonlar, rang va shakllarni farqlay oladi.
Jihoz va materiallar:kubiklar,geometrik figuralar,qurilish bloklari,
tomoshabinlar uchun o`rindiqlar, ekran, teatr va kinoteatrlarni aks ettiruvchi rasmlar.
Faoliyatning borishi: «O`zbekiston teatrlari» video materiallari va «Teatr» , «Kinoteatr» mavzusidagi ko`rinishlarni tomosha qilish;
Bolalar bilan birgalikda kinoteatr qurilishini rejalashtirish;