Tez aytishlarni takrorlash va butun jamoa bilan o`qish.
Qo`shimcha qism:bolalar kuz xaqida qiziqarli hikoyalarni eslab olishadi.
E`tiborga molik jihati: topishmoq va tez aytishlarni to`g`ri talaffuz qilinishiga; do`stlarini tinglay olishiga, tabiatga e`tibor va muxabbatining shakllanishiga.
Fan va tabiat markazi «Tabiiy bo`yoqlar» Maqsad: sabzavotlarning ajoyib xususiyatlari bilan tanish (lavlagi, sabzi, apelsinlarning),bo`yoq ranglarini ajratadi.
Kerakli Jihoz va materiallar: fartuk, sabzavotlar, mevalar, taxtacha, pichoq, qo`lda ishlatadigan sharbat chiqargich, idish, oq rangli matoqiyqimlari, oq qog`oz.
Faoliyatning borishi: «Tabiatdan bo`yoqlar» mavzusidagi rasmlarni tomosha qilish.
Sabzavot va mevalardan rang olish tajribasini o`tkazish.
Oq rangli matoni bo`yash.
Bolalar xulosa qilishadi. Xar bir rangga tegishli meva yoki sabzavotni qo`yishdan iborat jadvalni to`ldirishadi.
Qo`shimcha qism: qog`ozda tabiiy bo`yoqlar bilan ishlashga urinib ko`rishadi.
E`tiborga molik jihati: tajriba o`tkaza olishlariga va xulosa chiqara olishlariga, ish joylarini yig`ishtira olishlariga.
Qurish-yasash va matematika markazi «Matematik boychechak» misollar yechish Maqsad: arifmetik belgilar va raqamlar to`g`risidagi bilimlarini mustahkamlashadi, ular orasida misol va masalalar yecha oladi. Dunyoqarashini boyitadi, diqqatini va xotirani jamlashni shakllantiradi. Kerakli Jihoz va materiallar:misollardan iborat bo`lgan boychechak guli, matematik belgilar.