Oshpaz yoki tarbiyachi bolalar oldida xamir tayyorlaydi.
Bolalar xoxishiga ko`ra pechenye tayyorlashadi
Qo`shimcha qism:Pechenyega bezak berishadi, qand upasi sepishadi.
E`tiborga molik jihati: Oziq-ovqat mahsulotlariga extiyotkorona yondoshadi va birgalikda harakat qilishadi.
San`at markazi «Tug`ilgan kun torti» Maqsad: Mayda matorikani rivojlantirish, tasavvur qilishni biladi
Jihoz va materiallar: Oq qog`oz, guash, rangli qalamlar
Faoliyatni olib borilishi: Bolalar undan yasalgan shirinliklarning nomini yod olishadi
Tug`ulgan kun torti rasmini chizish topshirig`ini oladi.
Qo`shimcha qism: Yaltiroq plamasteral bilan tortni bezaydi va ishni bajaradi.
E`tiborga molik jihati: Bolalarni mustaqil bajarishga yo`naltirish.
OKTYaBR 4 HAFTASI
O`ZBEKISTONNING OQ OLTINI Qurish, yasash va matematika markazi. Qurilish materiallaridan mashina yig`ish (paxta teradigan va yuk mashinasi) Maqsad:Qurilish bloklarini miqdorini mos ravishda biriktiradi.Geometrik shakllarni o`rganadi. Mashinalarni bosqichma-bosqich qurishni o`rganadi.
Jihoz va materiallar: Qurilish materiallari (g`isht kubiklari) karton qog`ozi, mashina elementlari (rul)
Faoliyatni olib borilishi: Rasmlarga qarab mashinani tasvirlash