O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 3 Mb.
səhifə28/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Kerakli jihozlar:
“Laylakvoy” media mahsuloti, rasmlar,rasmli alifbo, kitob maketi, sanoq cho`plari, kesma harflar, ish daftari, rangli qalam, ruchka yoki flomasterlar, bosh N va kichik “n” harflari N tovushi bor suratlar. undosh tovush belgisi bor kubik, N tovushi ishtirok etgan so‘zlarga mos rasmli kartochkalar, rasmli alifbo, so‘zlar yozilgan kartochkalar, so‘zlar uchun moslashtirilgan kartochkalar, “Harflarni qo‘shib o‘qish” mavzusida plakat, bo‘g‘in andozali kartochkalar.
Mashg‘ulot metodi: muzyorar mashqi “Yaxshi tilaklar”, analiz-sintez, suhbat, amaliy ish, ta’limiy o‘yinlar: “Rasmni joyiga qo‘y”, “Harflarni qo‘shib o‘qiymiz”, “Zanjir”, “Bo‘g‘inlardan so‘z tuzing”
Mashg‘ulotning borishi:

  1. Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa

Muzyorar mashq: “Bir-birimizga yaxshi tilaklar tilaymiz”
Tarbiyachi guruh tarbiyalanuvchilarni doira bo‘lib turishlarini so’raydi va
hamma bolalar bir-birlarini qo‘llarini ushlab, bir-biriga qarab yaxshi tilaklarni aytishlarini aytadi. (bolalar bir-biriga yaxshi tilaklarini aytadilar: sen yaxshisan, sen donosan, sen chiroylisan, sen jasursan....).
2. Asosiy qism: 20 daqiqa
“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda N tovushi bor narvon rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi N tovushini cho`zib (n-n-n-ar-von) aytadi va qaysi tovushni cho`zib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi. Tarbiyalanuvchilar N tovushini aytgach, tarbiyachi N tovushini talaffuzini tushuntirib beradi.
Tarbiyachiga eslatma.

Ntovushini talaffuzidalablar biroz ochiq, harakatsiz, tinch holatda bo‘ladi, oldingi tishlar ko‘rinib turadi, yuqorigi va pastki tishlar bir-biriga yaqinlashadi-yu, lekin birikkan bo‘lmaydi, Ntovushini a,o, i, tovushlari bilan qo‘shib talaffuz etilganda, tilning oldingi kurak qismi yuqori tishlarga yoki alveolaga tiralgan bo‘ladi, Ntovushini ya,ye,yu, tovushlari bilan qo‘shib talaffuz etilganda tilning uchi pastga tushgan va pastki kurak tishlarga tiralgan bo‘ladi, yumshoq tanglay pastga tushadi, pirovardida o‘pkadan chiqayotgan havo burun yo‘llaridan o‘tadi, tovush bog‘lamlari bog‘lanib tebranadi, natijada tovush hosil bo‘ladi.
Ntovushini talaffuz etganda havo og‘izga kelgach, til yuqori tishlarga tegadi va n tovushi hosil bo‘ladi. Ana shu til va tish tegib turgan joy to‘siq bo‘ladi. Shuning uchun Ntovushi to‘siqqa uchraydi, qisqa aytiladi, Ntovushini aytilganda ovoz bilan shovqin ham eshitiladi.

Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarbilanNtovushining xususiyatlari haqida savol-javob o`tkazadi. N tovushli so`zlar o`ylab topiladi.


Shundan so`ng N harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi. Bunda
N harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga N undosh tovush ekani, undosh tovush ko‘k rangda belgilanishini (ko‘k kvadrat shaklni ko‘rsatiladi) aytadi.

So‘zlarning tovush andozasi tushuntiriladi:



-undosh tovush


-so‘zdagi birinchi tovushni ajratish

-so‘zning o‘rtasidagi kerakli tovushni ajratish
-so‘zdagi oxirgi tovushni ajratish

Kubiklarda esa (tarbiyachi kubikni ko‘rsatodi)undosh tovushni kubikning bir tomoniga labning yopiq holati rasmi yopishtirilib belgilanadi. Siz kubiklarni o‘ynayotganingizda bilingki, kubikning bir tomoniga labning yopiq holati rasmi yopishtirilib, qolgan tomonlarga harflar ko‘rsatilgan bo‘lsa, demak bu kubikdagi harflar undosh harflar bo‘ladi.

Mana qarang, kubikning bir tomoniga labning yopiq holati rasmi yopishtirilib, boshqa tomonida N harfi yopishtirilgan. Demak, N harfi undosh tovush ekanligini bildiradi.


Tarbiyachi: Bolalar, Ntovushi so‘z boshida (non, novvoy, no’xat, narvon), o‘rtasida (igna, oyna, ona,sandiq), oxirida (o’yin, o’tin, ayvon, limon, narvon, lagan) keladi.
N harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga Nkesma harfi yopishtiriladi.)
Harflarninguch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi.Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin