O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 3 Mb.
səhifə61/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Kerakli jihozlar:
“Laylakvoy” media mahsuloti, rasmlar,rasmli alifbo, kitob maketi, rangli iplar, kesma harflar, ish daftari, rangli qalam, ruchka yoki flomasterlar, bosh “Q” va kichik “q” harflari Q tovushi bor suratlar. Undosh tovush belgisi bor kubik, Q tovushi ishtirok etgan so‘zlarga mos rasmli kartochkalar, rasmli alifbo, so‘zlar yozilgan kartochkalar, so‘zlar uchun moslashtirilgan kartochkalar, “Harflarni qo‘shib o‘qish” mavzusida plakat, bo‘g‘in andozali kartochkalar.
Mashg‘ulot metodi: muzyorar mashqi “Savol-javob”, analiz-sintez, suhbat, amaliy ish, ta’limiy o‘yinlar: “O‘rnini top”, “Harfni joyla”, “Quvnoq rebus”.


Mashg‘ulotning borishi:

  1. Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa

Muzyorar mashq: “Savol-javob”
-bolajonlar o‘tgan mashg‘ulotda bizlar qaysi harf bilan tanishgan edik?
-qanday so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘ldik? Qanday gaplar tuzdik?
2. Asosiy qism: 20 daqiqa
“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda Q tovushi bor qovun rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi Y tovushini takrorlab (q-q-q-qo-vun) so`zini aytadi va qaysi tovushga to`xtalib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi.
TarbiyachiQ tovushini talaffuzini tushuntirib beradi.
Tarbiyachiga eslatma.

Qtovushini talaffuzida bolaga Q tovushini artikulyasion holatini egallash va shu holatda til o‘zagi tebranib, o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi portillab, tebranib hosil qilinishi tushuntiriladi.



Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga Q undosh tovush ekani, undosh tovush unli tovush bilan birga bo‘g‘in hosil qilishi haqida tushuntirib, Qtovushining talaffuzini o‘rgatadi.Q tovushli so`zlar o`ylab topiladi. Shundan so`ng Q harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi. Bunda Q harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.


Q harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga Q kesma harfi yopishtiriladi.)
Harflarninguch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi.Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin