O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining


-bob. Ta’lim oluvchilar, pedagoglar, ota-onalar va boshqa qonuniy vakillarining maqomi, huquqlari va majburiyatlari



Yüklə 217 Kb.
səhifə6/8
tarix07.09.2023
ölçüsü217 Kb.
#141937
1   2   3   4   5   6   7   8
23-сон мактаб Устав

6-bob. Ta’lim oluvchilar, pedagoglar, ota-onalar va boshqa qonuniy vakillarining maqomi, huquqlari va majburiyatlari

55. Quyidagilar ta’lim jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi:


ta’lim oluvchilar (o‘quvchilar);
pedagoglar (o‘qituvchilar);
maktab ma’muriyati (direktor, direktor o‘rinbosarlari);
ota-onalar (yoki ularning qonuniy vakillari);
56. Ta’lim oluvchilar quyidagi huquqlarga ega:
bepul asosda umumiy o‘rta ta’lim olish;
yashash joyidagi (mikrohududdagi) davlat maktabiga qabul qilinish;
davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga muvofiq sifatli ta’lim olish;
ta’lim olish uchun o‘zining psixologik xususiyatlari va fiziologik rivojlanishi inobatga olingan holda zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lish, shuningdek bepul psixologik-tibbiy xizmatlardan foydalanish;
pedagog xodimlar va ta’lim-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari tomonidan hayoti va sog‘lig‘iga qilinadigan har qanday jismoniy hamda ruhiy zo‘ravonlikdan, shaxsi haqoratlanishidan himoyalanish;
ta’lim olish jarayonida maktabning o‘quv, uslubiy, madaniy, sport
va maishiy obyektlari xizmatlaridan bepul foydalanish;
turli xil ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish, seminarlar, anjumanlar, olimpiadalar, ko‘rgazma va tanlovlarda ishtirok etish;
qo‘shimcha (pulli va bepul) ta’lim xizmatidan foydalanish;
ta’lim oluvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Maktabda o‘quvchilarni ta’lim olish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ishlarga (majburiy mehnat) jalb etish ta’qiqlanadi.
57. Ta’lim oluvchilarning majburiyatlari:
o‘quv dasturlari asosida bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi, mashg‘ulotlarga qatnashishi, ularga mustaqil tayyorgarlik ko‘rishi, pedagoglarning o‘quv jarayoni bilan bog‘liq topshiriqlarini bajarishi;
pedagoglarni hurmat qilish;
ustav talablariga, odob-axloq va ichki tartib-qoidalariga, ta’lim faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirishga oid boshqa ichki hujjatlar talablariga rioya etishi;
belgilangan o‘quvchi formasida kelish;
o‘quv jarayoni uchun kerak bo‘lgan barcha jihozlarni, darslik, o‘quv qo‘llanmalari va daftarlarini to‘liq olib kelishi;
ta’lim-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilariga nisbatan jismoniy
va (yoki) ruhiy zo‘ravonlik ishlatmasligi va ularning o‘z majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilmasligi;
maktabda ta’lim olayotgan nogironligi bo‘lgan bolalarni kamsitmagan holda, ularga g‘amxo‘rlik qilish va har tomonlama yordam ko‘rsatish;
axloqiy, ma’naviy va jismoniy kamol topishga hamda o‘z dunyoqarashini kengaytirishga intilishi;
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi;
maktabning mol-mulkini, moddiy va madaniy boyliklarini asrashi shart.
Ta’lim oluvchilarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
58. Pedagoglarning huquqiy maqomi:
Tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi bo‘lgan va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish hamda
2023-2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritish huquqiga ega.
Pedagogik oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarga qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganidan keyin maktabda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.
Sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
59. Pedagog xodimlarning maqomi jamiyat va davlat tomonidan tan olinadi. Pedagog xodimlar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi, o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi, ularning ijtimoiy maqomi va obro‘sini oshirish uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun kafolatlar beriladi.
Pedagog xodimlarining huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi.
Pedagog xodimlarining kasbiy faoliyatiga aralashishga, ta’lim oluvchilarning bilimlarini to‘g‘ri va xolis baholashga ta’sir ko‘rsatishga, shuningdek ushbu pedagog xodimlarning xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
60. Pedagog xodimlar quyidagi huquqlarga ega:
o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish;
o‘quv dasturlari doirasida mualliflik dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish, o‘qitish metodini ishlab chiqish, shuningdek tegishli o‘quv fanlari, kurslaridan foydalanish, ijodiy faollik ko‘rsatish;
zamonaviy pedagogik texnologiyalarning shakllarini, o‘qitish va tarbiya vositalarini, usullarini erkin tanlash hamda ulardan foydalanish;
kasbiy faoliyatini amalga oshirish uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish;
o‘quv va uslubiy yo‘nalishlardagi axborot-resurs markazlarining xizmatlaridan bepul foydalanish;
davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatni amalga oshirish, eksperimental faoliyatda ishtirok etish, innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish;
maktabni boshqarishda, uning faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
kasaba uyushmalari va nodavlat notijorat tashkilotlari a’zosi bo‘lish, xodimlarining vakillari bo‘lish, fuqarolik jamiyati boshqa institutlari faoliyatida qatnashish;
o‘z kasbiy huquqlarini va umumiy manfaatlarni ifoda etish hamda himoya qilish uchun pedagog xodimlarning jamoat birlashmalariga birlashish;
o‘z kasbiy faoliyatiga aralashuvdan himoyalanish;
davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish;
ta’lim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etish.
Pedagog xodimlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Pedagog xodimlarni ularning lavozim majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday boshqa ishga (majburiy mehnat) jalb qilish taqiqlanadi.
61. Pedagog xodimlarning majburiyatlari:
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi;
o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazishi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi;
o‘quvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini ularning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib borishi;
nogironligi bo‘lgan bolalarni kamsitmaslik va ularning ilm olishlariga har tomonlama ko‘maklashish;
maktab ustaviga va boshqa ta’sis hujjatlariga, ichki mehnat tartibi qoidalariga hamda kiyinish madaniyatiga rioya etishi;
o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, egallab turgan lavozimiga muvofiqlik jihatidan davriy attestatsiyadan o‘tishi;
metodik kengash faoliyatida va boshqa shakldagi uslubiy ishlarda ishtirok etishlari;
tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi shart.
Pedagog xodimlarning zimmasida qonunchilikka, shuningdek, ta’lim oluvchi va ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Pedagog xodimlarga pedagogik faoliyatni amalga oshirishda axloq va etika normalariga zid harakatlar sodir etish taqiqlanadi.
62. Ota-onalar va boshqa qonuniy vakillari quyidagi huquqlarga ega:
davlat ta’lim standarti, o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari va maktabning ustavi bilan tanishish;
ta’limning mazmuni, qo‘llanilayotgan ta’lim va tarbiya usullari, ta’lim texnologiyalari bilan tanishishi;
o‘z bolalarining o‘quv fanlarini o‘zlashtirish natijalari hamda tarbiya ko‘rsatkichlari bilan tanishish;
ta’lim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
Kuzatuv kengashi va ota-onalar qo‘mitasi vakili sifatida saylanish hamda maktabni boshqarishga doir masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish.
jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarga inklyuziv ta’lim olish va uyda yakka tartibda ta’lim olish imkoniyatini berish;
maktab bilan hamkorlik qilish, ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritish;
ota-onalar farzandlarini o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan keyin bir sinfdan boshqa sinfga yoki bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish.
Ota-onalar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
63. Ota-onalar va boshqa qonuniy vakillarining majburiyatlari:
farzandlarini insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ma’naviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hamda o‘qituvchilarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashi;
farzandlarning tarbiyasi, majburiy umumiy o‘rta ta’lim olishini va odob-axloq qoidalariga amal qilishini ta’minlashi;
farzandlarining o‘quv mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida qatnashishini ta’minlash va o‘zlashtirishi nazorat qilish;
farzandlarining mobil telefon va internet tarmoqlaridan to‘g‘ri foydalanishini nazorat qilish;
farzandlarining intellektual, ma’naviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;
farzandlarining maktab ichki tartib-qoidalariga rioya etishi;
o‘qituvchilarni hurmat qilish va dars jarayonlariga halaqit bermaslik;
jismoniy va yuridik shaxslar bilan munosabatlarda, shu jumladan sudda maxsus vakolatlarsiz o‘z bolalarining ta’lim sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi;
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari, jumladan pedagoglarning sha’ni
va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.
Ota-onalar zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
64. Ota-onalar (yoki ularning qonuniy vakillari) bolaning o‘qishi, tarbiyasi, jismoniy, ma’naviy va intellektual rivojlanishi uchun mas’uldir.
Ota-onalar (yoki ularning qonuniy vakillari) bolaning xatti-harakatlari, jumladan, maktabdan tashqari vaqtdagi xatti-harakatlari uchun ham javobgar.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ta’lim tashkilotlari voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarni tarbiyalashda, ularning jismoniy hamda ruhiy sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlashda, shuningdek individual qobiliyatlarini rivojlantirishda ularning ota-onasiga hamda boshqa qonuniy vakillariga ko‘maklashadi.



Yüklə 217 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin