Nizomiynomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRLIGI
NIZOMIYNOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “KECHKI TA’LIM BO`LIMI” fakulteti
BIOLOGIYA
GENETIKA VA SELEKSIYA ASOSLARI FANIDAN
DOKLAD
Mavzu: Chorvachilikda duragaylash tiplari
Bajardi:301 Abdusamatov A
Toshkent 2023 Reja: 1.Duragaylash haqida. 2.Chorvachilikda tipik duragaylash turlari. Jinsiy hujayralar ishtirokidagi D.da asosan irsiy belgilarni belgilovchi genlar, xromosomalar katnashadi. Bunda onalik va otalik shakllari gen va xromosomalarining oʻzaro favqulodda qoʻshilishi evaziga koʻplab rekombinantlar — yangi belgi va xususiyatlarga ega oʻsimliklar F2 va kelgusi avlodda ajralib chiqadi hamda bu seleksiya ishini olib borish uchun katta manba hisoblanadi.
Jinsiy hujayralar ishtirokida D. tabiiy va sunʼiy boʻlishi mumkin. Tabiiy D. tabiatda juda keng tarqalgan hodisa boʻlib, faqat tur-xillar, turlar oʻrtasidagina roʻy berib qolmay, har xil turlar, hatto turkumlar oʻrtasida ham yuz berishi mumkin. Paydo boʻlgan tabiiy duragaylar evolyusiya yoki seleksiya jarayonida tanlash uchun material boʻlib xizmat qiladi. Sunʼiy D. tezpishar, serhosil, kasallik va hasharotlarga chidamli yangi navlarni, chorvachilikda esa sermahsul, tabiiy iqlim zonalariga moslashgan hayvon zotlarini yaratishda qoʻllaniladi. Duragay populyasiyalari ichidan tanlash kerakli belgilar mujassamlangan yangi navlar va zotlar yaratish imkoniyatini beradi. D. genetika va seleksiya fanlari asosida kelib chiqqan boʻlib, genetikada irsiy belgi va xususiyatlarning avloddan-avlodga oʻtish qonunlarini, belgilarning oʻzaro uzviy bogʻlanishi — korrelyasiya koʻrsatkichlarini oʻrganish va b. maqsadlarda; kasalliklarga va hasharotlarga chidamli, serhosil, hosilning sifati yuqori boʻlgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi navlarini, chorvachilikda sermahsul hayvon zotlarini yaratishda qoʻllaniladi.
D.ning bir qancha uslublari va shakllari mavjud. D. tur ichida D. (bir turga mansub, lekin genetik jihatdan farqlanuvchi individlarni chatishtirish), turlararo D. (har xil turga mansub individlarni chatishtirish) va turkumlararo D. (turli turkumga mansub individlarni chatishtirish), navlararo D. (genetik farqlanuvchi ikkita navga mansub individlarni chatishtirish) va b.ga boʻlinadi. Turlararo va turkumlararo D. geografik uzok shakllarni duragaylash yoki genetik uzok, D., tur ichida va navlararo, nav ichida chatishtirish tur ichida D. deyiladi. Geografik uzok, D.ning genetik hamda seleksiyada amaliy va nazariy ahami-yati katta, chunki unda tur ichida duragaylashda hosil qilib boʻlmaydigan" belgi va xususiyatlarga ega shakllar paydo boʻladi. Genetik uzok, D. imkoni-yatlari bir qator omillar: turlarning xromosomalari soni yoki ularning genetik konstitutsiyasi bilan farqlanishi; turlarning geografik ajralib qolishi; koʻpayish sikllarining mos kelmasligi; jinsiy koʻpayish organlari tuzilishidagi farqlar; chang naychalari va urugʻchi toʻqimalarining nomuta-nosibligi singari chetdan changlanishga toʻsqinlik qiluvchi omillar; qoʻshiluvchi gametalarning genetik nomutanosibligi, yadro va sitoplazmaning fiziologik nomutanosibligi; zigotaning yashash sharoitiga moslasha olmaganligi tufayli rivojlanishning boshlan-gʻich davrida nobud boʻlishi va b. bilan cheklangan. Mas. goʻzada xromosomalari har xil turlarning uzoq D.da chatishmasligini bartaraf etish uchun payvand qilish yoʻli bilan oldindan vegetativ yaqinlashtirish usuli, ota-ona oʻsimlik turlarining changi aralashmasi bilan changlash, F, dan vositachi sifatida foydalanish, changlashni onalik gullari ustuncha va tumshuqchalarining turli xil rivojlanish bosqichlarida oʻtkazish, onalik shakllari gulining tumshuqchasini oʻsishni tezlashtiruvchi moddalar bilan ishlash, kolxitsin taʼsir ettirib diploid otaona turlarining xromosomalari sonini ikki baravar oshirish kabi usullardan foydalaniladi.
Chorvachilikda duragaylash tiplari H ayvonlar seleksiyasida duragaylashning ikki tip id an keng foydalaniladi. Bular qon-qardosh va qon-qardosh bo'lmagan hayvonlami duragaylash. Yaqin qon-qardosh hayvonlami duragaylashda dastlabki individlar sifatida bir onadan tug‘ilgan urg‘ochi va erkak yoki ularning ota-onalari o‘zaro chatishtiriladi. Qon-qardosh hayvonlami duragaylash odatda zotni yaxshilash bosqichlaridan biri sifatida qo'llaniladi. Yaqin qon -qard o sh larn i duragaylashda odatda hayvonlar zaiflashib, kasalliklarga, tashqi omillarga bardoshsiz bo‘lib qoladilar. Shunday ko‘ngilsiz hodisalar yuz bermasligi uchun qon-qardosh hayvonlami duragaylashdan olingan har xil liniyalar o‘zaro duragaylashtiriladi. Qon-qardosh bo‘lmagan hayvonlami duragaylashda turli zotga kiruvchi hayvonlar o‘zaro chatishtiriladi. Har xil zot va turlarga mansub hayvonlami chatishtirishda o ‘simliklarga o ‘xshash duragay kuchi yoki geterozis hodisasi birinchi avlod duragaylarida kuzatiladi.
Xonakilashtirilgan hayvonlarning erkak jinslarida u yoki bu irsiy belgining rivojlanishi, chunonchi, qoramollarda sersutlilik, sutning yog'liligi, parrandalarda sertuxumliligini aniqlash nihoyatda muhim sanaladi. Odatda erkak organizm belgilarini qay darajada rivojlanganligi ularning nasliga qarab aniqlanadi. Masalan, sigir bilan buqadan olingan naslda ona organizmiga nisbatan ko‘p sut yoki sutda yog‘ miqdori ko‘p bo'Isa, u duragaylash uchun tanlangan buqa qimmatli bo'ladi va undan ko'p nasi olinadi. Xuddi shunday mulohazani tovuq va xo'rozni duragaylashdan olingan birinchi avlod urg'ochi tovuqlarning tuxumdorligini ona tovuqqa taqqoslab bilish mumkin. Hozirgi davrda dunyo bo'ylab qoramollaming 300 ga yaqin zotlari boqilmoqda. Rossiya va qardosh respublikalar, shu jumladan O'zbekistonda 46 ta zot qoramollar boqiladi. O'zbekistondagi jaydari qoramollami golland zoti bilan chatishtirish natijasida Bushuev qoramol zoti chiqarilgan. U sog'in davrida yiliga 3000 litrgacha sut berib, sutining yog'liligi bilan ajralib turadi.
Sersut qoramollarga Qora-ola, Xolmogor, Qizil dasht zotlari, go'sht zotlariga Simmental, Shvits, ko'p sut beradigan zotlarga Gereford, Qalmiq, Qozoq oq boshli qoramol zotlari misol bo'ladi (78-rasm). Markaziy Osiyoning baland tog'li hududlari uy hayvoni hisoblangan qo'tosni 242 qoramol bilan chatishtirib seryog', go'shti yumshoq, sermaxsul, tog' sharoitiga moslashgan duragay mollar olindi va ular ustida seleksiya ishlari davom ettirilmoqda. 78 — rasm. Sersut Qora-ola zot sigir va buqa. Qo‘y zotlari ham qoramol zotlari kabi zotlar va turlararo chatishtirish natijasida chiqarilgan. Chunonchi, Askaniya rambule qo'y zoti M .F .Ivanov tomonidan mahalliy merinos qo'ylarini Amerikadan keltirilgan rambule q o 'y lari bilan ch atish tirish , so 'n g ra duragay q o 'y lar orasidan qimmatlilarini tanlash, saralash orqali yaratilgan. Qo'shni Qozog'iston respublikasida yowoyi tog' qo'yi arxami mayin junli urg'ochi qo'ylar bilan chatishtirish tufayli arxaramerinos qo'y zoti chiqarilgan (79-rasm). Bu qo'y zoti tog'li yaylovlarda yil bo'yi boqishga moslashgan. O'zbekistonda qorako'l qo'y zotini yungi oq, kulrang, jigarrang, quyoshda tovlanadigan hamda qora rangli tiplari yaratilgan. Shuningdek, respublikamizda va Tojikistonda ko'p go'sht hamda yog' beruvchi hisor qo'ylari hamda jaydari mahalliy qo'y zotlari ko'plab boqiladi. O'zbekistonda Angor echkilami jaydari echkilar bilan chatishtirish oqibatida serjun echkilar chiqarilgan.
Ular angor echkilariga qaraganda baquwat, yirik va seijun bo'ladi. 79~~ rasm. Mayin junli Qozoqi arxaramerinos go ‘shtdor serjun zot qo ‘chqor. 243 Inson o‘zining uzoq yillar olib borgan seleksiya ishlari tufayli otlaming 45 dan ortiq zotlarini cliiqargan. Chopqir, aravaga qo‘shiladigan otlar, og‘ir yuk tortadigan otlar, jaydari otlar shular jumlasidandir. Markaziy Osiyoda tanlash va duragaylash natijasida yaratilgan chopqir, mahalliy sharoitga moslashgan Axaltaka, Qorabayir otlari ayniqsa mashhur . Axaltaka ot zoti.
http://fayllar.org