O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining


§ 4. Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa



Yüklə 107,06 Kb.
səhifə4/7
tarix29.09.2023
ölçüsü107,06 Kb.
#150474
1   2   3   4   5   6   7
1136 08.05.2002


§ 4. Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa
40. Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqani tayinlash va to‘lash uchun belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo‘ladi.
41. Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi yo‘qolgan hollarda nafaqa uning o‘rniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (dublikat) asosida beriladi.
42. Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa (shu jumladan, homila tushgan hollarda) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan barcha davr uchun to‘lanadi.
43. Xodim ishdan bo‘shatilishining noto‘g‘riligi haqida nizo ketayotgan davrda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til berilganda, nafaqa u ishga qayta tiklangan taqdirda beriladi. Bunda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa ayolni ishga qayta tiklash to‘g‘risida qaror chiqqandan so‘ng, nafaqa to‘lanmagan barcha mehnatga qobiliyatsiz kunlar uchun to‘lanadi.
44. Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturani tamomlagan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan ayollarga ishni boshlagunga qadar homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida nafaqa ayol ishga kelishi lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi.
45. Ishni vaqtinchalik to‘xtatish yoki ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘quv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan qo‘shimcha ta’til davrida homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til berilgan holda, nafaqa ko‘rsatilgan davr tugagandan keyin ayol chiqishi lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi.
46. Xodim yillik (asosiy va qo‘shimcha) ta’tilda va bolani parvarishlash uchun ta’tilda bo‘lgan vaqtda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til berilganda, nafaqa homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’tilning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan barcha kunlari uchun beriladi. Bolani parvarishlash bo‘yicha ta’til davri uchun nafaqa tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) va ta’til boshlanishidan oldingi 12 oy mobaynida olingan mukofotlarning o‘rtacha oylik summasidan hisoblab chiqariladi. Bunda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilgan kuniga bo‘lgan tarif stavkasi joylarda belgilangan tuman koeffitsiyenti va ustamalarni hisobga olgan holda olinadi.
47. Ish haqi to‘lash to‘xtatilib, ishdan (lavozimdan) chetlashtirish oqibatida ayol ishlamagan davrda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilgan holda nafaqa to‘lanmaydi. Agar homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til ishga qo‘yilgandan keyin ham davom etadigan bo‘lsa, nafaqa u ishga chiqishi lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi.
48. Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa, shu jumladan, mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq nafaqa tayinlanganda ham, ish haqining 100 foizi miqdorida beriladi.
§ 5. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hisoblash tartibi
49. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar barcha hollarda xodimning haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqariladi.
50. Nafaqalarni hisoblashda asos qilib olinadigan haqiqiy ish haqiga ish joyidan, sug‘urta badallari undirilib to‘lanadigan jami ish haqi to‘lovlari kiradi.
51. Sug‘urta badali hisoblanmaydigan ish haqi turlari Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-maydagi 249-sonli qarori bilan tasdiqlangan Sug‘urta badallari qo‘shilmaydigan va pensiyani hisoblab chiqishda hisobga olinmaydigan ish haqi va boshqa to‘lov turlari ro‘yxati asosida aniqlanadi.
52. Nafaqalarni hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan ish haqining barcha turlari, shu jumladan mazkur oyda ish haqi bilan birgalikda to‘lanadigan oylik mukofotlar ularning haqiqatda olingan vaqti bo‘yicha emas, balki ular hisoblab yozilgan vaqt bo‘yicha ish haqiga qo‘shiladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik ta’tili boshlangan oydan oldingi 12 oy davrida olgan va sug‘urta badallari chegirilgan barcha mukofotlarning 1/12 qismi nafaqa hisoblab chiqariladigan oylik ish haqiga qo‘shilib, o‘rtacha oylik ish haqi miqdori aniqlanadi.
53. Xodim vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizligi sababli to‘la ishlamagan, homiladorlik va tug‘ish, bola uch yoshga to‘lgunga qadar bolaga qarash ta’tilida bo‘lgan, harbiy o‘quv yoki sinov yig‘inlarida yoki boshqa korxonada ishlash uchun yuborilgan oylar mukofot summasi bo‘linadigan oylardan chiqarib tashlanadi. Agar hisoblash uchun uch oydan kam bo‘lgan davr olinsa, har bir oyda chorak mukofotining uchdan biridan ko‘p bo‘lmagan qismi hisobga olinadi.
54. Avvalgi yoki joriy kalendar yilida ishga kirgan xodimga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik ta’tili boshlangunga qadar ish davrida hisoblangan mukofotlar hisobga olinadi, lekin u dastlabki 12 oyidan ko‘p bo‘lmaydi va ularning yig‘indisi mana shu oylarning soniga bo‘linadi. Agar mukofotlash tizimi mazkur korxonada yangidan joriy etilgan bo‘lsa hamda to‘la bo‘lmagan kalendar yili amal qilsa, shuningdek korxonada yoki aniq xodimga nisbatan mukofotlash shartlari va tartibi o‘zgarsa, mukofotlar yuqoridagi tartibda hisobga olinadi.
55. Mehnatiga vaqtbay haq to‘lanadigan xodimlarga nafaqa hisoblab chiqarishda oylik ish haqi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish ta’tili boshlangan kungacha doimiy ravishda olib kelingan qo‘shimcha va ustamalarni qo‘shgan holda kunlik yoki soatbay tarif stavkasi va mazkur Nizomning 52-54-bandlariga binoan hisoblab chiqarilgan o‘rtacha oylik mukofotlar summasi hisobga olinadi.
Xodim to‘liq bo‘lmagan mansab maoshini olgan holatlarda, nafaqa maoshning haqiqatda olinadigan qismi asosida hisoblanadi.
Nafaqani hisoblab chiqarish uchun o‘rtacha kunlik ish haqi mazkur bandda ko‘rsatilgan ish haqi summasini vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik ro‘y bergan oydagi barcha ish kunlariga (jadval bo‘yicha) bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi (Eslatma: ushbu va keyingi barcha hollarda ish vaqti soatlari normasi doirasida tuzilgan ish jadvali nazarda tutiladi).
Kunlik nafaqa o‘rtacha kunlik ish haqining nafaqa miqdorini belgilash uchun ish haqiga qo‘llaniladigan foiz (ushbu Nizomning 26—30 va 48-bandlari) hisobida aniqlanadi.
Nafaqaning umumiy summasi kunlik nafaqani ushbu oyda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug‘ish ta’tili) tufayli ishga kelmagan ish kunlari soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
56. Ishbay ish haqi oluvchi xodimlarga nafaqa ularning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan oyning birinchi kunidan oldingi so‘nggi kalendar oydagi ish haqidan hisoblab chiqariladi hamda oylik ish haqiga ushbu Nizomning 52-54-bandlariga binoan hisoblab chiqarilgan mukofotlarning o‘rtacha summasi qo‘shib hisoblanadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan oyda xodim jadvalda belgilangan kunlarda to‘liq ishlamagan bo‘lsa, nafaqa mazkur oyda haqiqiy ishlagan kunlar uchun to‘langan ish haqidan hisoblab chiqariladi.
Agar ko‘rsatilgan oyda xodim ish haqi olmagan bo‘lsa (masalan, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik tufayli), nafaqa mehnatga qobiliyatsizlik oyidagi haqiqiy ishlangan kunlar uchun ish haqidan hisoblab chiqariladi.
Agar ish haqi asos qilib olinadigan davrda xodim jadval bo‘yicha barcha kunlarda ishlamagan bo‘lsa, mazkur oydagi mukofotning o‘rtacha summasi ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisobga olinadi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan nafaqa hisoblab chiqarish tartibi ish haqi miqdori ishlab chiqarishga bog‘liq bo‘lgan, shuningdek vaqtbay mehnat haqi oluvchi, ushbu oyning ish haqi bilan birgalikda oylik mukofotni oluvchi xodimlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Nafaqani hisoblab chiqarish uchun o‘rtacha kunlik ish haqi Nizomning ushbu bandi va 58-bandida ko‘rsatilgan ish haqini ushbu ish haqi olingan davrdagi jadval bo‘yicha barcha ish kunlari soniga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda ish haqi taqsimlanadigan ish kunlar soniga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik kunlari, homiladorlik va tug‘ish ta’tili, yillik (asosiy va qo‘shimcha) ta’til, shuningdek qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollardagi ishdan ozod etilgan kunlar qo‘shilmaydi.
(56-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Kunlik nafaqa o‘rtacha kunlik ish haqining nafaqa miqdorini belgilash uchun ish haqiga qo‘llaniladigan foizi (ushbu Nizomning 26—30 va 48-bandlari) hisobidan aniqlanadi.
Nafaqaning umumiy summasi kunlik nafaqani ushbu oyda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug‘ish ta’tili) tufayli ishga kelmagan ish kunlari soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
57. Shirkat xo‘jaligi a’zolariga, shu jumladan mexanizatorlar va mutaxassislarga nafaqa umumiy asoslarda hisoblab chiqariladi.
Agar shirkat xo‘jaligida keyinchalik hisob-kitob qilinadigan (davrlar bo‘yicha, yil oxirida) avansli haq to‘lash amalga oshirilsa, nafaqa vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug‘ish ta’tili) boshlangan kungacha olingan avansdan hisoblab chiqariladi va yakuniy hisob-kitoblar amalga oshirilgandan keyin qayta hisoblanadi.
Mehnatga haq to‘lash pul bilan berilmasdan, mehnat kunlari yozilsa va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug‘ish ta’tillari) mehnat kunlari uchun haq to‘lanadigan kungacha boshlangan bo‘lsa, nafaqa eng kam ish haqidan to‘lanadi va keyinchalik qayta hisoblanadi.
58. Agar nafaqani hisoblab chiqarish uchun ish haqi asos qilib olinadigan davr mobaynida xodimning ish haqi miqdori o‘zgarsa, nafaqani hisoblashda ish haqi o‘zgargan kundan boshlab to‘langan ish haqi olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xodim uzrli sabablarga ko‘ra ish haqiga ega bo‘lmagan, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish haqidan nafaqa hisoblab chiqarilishi lozim bo‘lgan hollarda nafaqa tarif stavkasi (lavozim maoshi) va mukofotlarning o‘rtacha oylik summasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilishi lozim. Bunda tarif stavkasi yoki eng kam ish haqi tuman koeffitsiyenti va ustamalar belgilangan joylarda ishlaganlik uchun beriladigan ustamalarni hisobga olgan holda asos qilib olinadi.
(58-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
59. Agar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish davrida ish haqi o‘zgargan bo‘lsa, shu davrdan boshlab nafaqa miqdori ham tegishli ravishda qayta hisoblab chiqariladi.
Agar nafaqa hisoblab chiqarilgan ish haqiga qo‘shimcha haq hisoblangan bo‘lsa, nafaqa ham tegishli ravishda oshadi.
60. Xodim asosiy ish joyidan tashqari o‘sha yoki boshqa korxonada o‘rindoshlik asosida (shu jumladan yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs sifatida) ishlasa, nafaqa barcha ish joyidagi umumiy ish haqidan hisoblab chiqariladi.
Bunda yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs sifatidagi ish haqi miqdori tadbirkorning aniq bir oy uchun to‘lagan ijtimoiy sug‘urta badalini ish beruvchi va xodimlar uchun rasmiy belgilangan sug‘urta badallarining jami foiziga bo‘lish va natijasini 100 ga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
61. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish ta’tili xodimning vaqtinchalik boshqa vazifani bajarish davriga to‘g‘ri kelib, ushbu ish o‘rnida yuqoriroq mansab maoshi belgilangan bo‘lsa, nafaqa ushbu o‘rinda ishlashi lozim bo‘lgan davrgacha (bunday kun belgilanmagan bo‘lsa, vaqtincha ishda bo‘lmagan xodim ishga chiqishi lozim bo‘lgan kungacha) mana shu yuqoriroq ish haqidan hisoblab chiqariladi.
62. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish ta’tili ish vaqtida boshlanib, korxona (sex, bo‘limning) ishni vaqtincha to‘xtatishi davrida davom etsa, nafaqa o‘sha kasb va malakaga ega bo‘lgan xodimlarga mana shu to‘xtatilgan davr uchun to‘lanadigan ish haqi miqdorida beriladi. Bunda nafaqa miqdori umumiy qoidalar bo‘yicha hisoblangan va olishi lozim bo‘lgan nafaqa miqdoridan oshmasligi lozim.
Agar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish ta’tili ishning vaqtincha to‘xtatilgan davrida boshlangan bo‘lsa, ish to‘xtatib qo‘yilgan davr uchun nafaqa O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 155-moddasida belgilangan eng kam ish haqi miqdorida beriladi.
63. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish ta’tili (qachon boshlanishidan qat’i nazar) korxona (sex, bo‘lim)ning ishga tushirilishidan (tugatilishidan) keyin ham davom etsa, nafaqa ishga tushirilgan (tugatilgan) kundan boshlab, xodim ish to‘xtatilgunga qadar olgan ish haqidan hisoblanadi.
64. Agar xodim vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini ish haqiga tuman koeffitsiyenti va ustamalar belgilangan joylarda ishlash davrida olgan bo‘lsa, bu joylardan tashqarida bo‘lgan vaqt uchun vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa (shu jumladan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi munosabati bilan) ustamalar hisobga olinmagan holda hisoblab chiqariladi.
Ushbu qoida homiladorlik va tug‘ish nafaqasini hisoblab chiqarishda qo‘llanilmaydi.
65. Ish haqiga ustama yoki muayyan muddatga yoxud muayyan joyda vaqtinchalik bo‘lganligi uchun ish haqiga oshirilgan koeffitsiyent belgilangan xodimga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa bu ustama yoki koeffitsiyent hisobga olingan holda ustama yoxud oshirilgan koeffitsiyent belgilangan kungacha, yoki esa vaqtinchalik bo‘lganligi munosabati bilan ular to‘langan joyidan chiqib ketgan kungacha beriladi.
66. Gazetalar va jurnallar, telegraf va axborot agentliklari, nashriyotlar, radio va televideniye, boshqa korxonalarning ijodiy xodimlariga mualliflik (sahnalashtirganlik uchun) mukofoti ham hisobga olinib ish haqi to‘lash yoki mualliflik ishi uchun oladigan mukofotidan kelib chiqadigan stavka bo‘yicha vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi, sug‘urta badali joriy qilinib, mualliflik (sahnalashtirganlik uchun) mukofotini ham hisobga olgan holda mazkur korxonada to‘langan haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqariladi.
Mualliflik (sahnalashtirganlik uchun) mukofoti o‘rtacha ish haqiga ushbu Nizomning 52-53-bandlarida bayon qilingan qoidalar bo‘yicha qo‘shiladi.
67. Ma’lum normadagi ishni bajarganlaridan so‘ng mansab maoshini oluvchi xodimlarga (artist va boshqalar) nafaqa, shu jumladan, mehnatda mayiblanganlik, kasb kasalligi, shuningdek homiladorlik va tug‘ish nafaqasi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan oyning birinchi sanasidan oldingi kalendar oyidagi ish haqidan hisoblab chiqariladi.
68. Ish sharoitlariga ko‘ra yilning turli davrlari bo‘yicha turlicha ish haqlari belgilangan taqdirda (daryo floti va baliqchilik sanoati floti ekipajlari a’zolaridan tashqari), nafaqa xodim o‘z ish joyida qolgan taqdirda oladigan ish haqi miqdoriga qarab belgilanadi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik ma’lum bir davrda boshlanib, ikkinchi davrda davom etgan taqdirda ikkinchi davrning ish haqi bo‘yicha nafaqa ishlovchilar uchun ish haqi o‘zgargan muddatdan boshlab to‘lanadi. Mehnatga ishbay asosida haq to‘langanda yuqorida qayd etilgan hollarning ikkinchi davri uchun nafaqa ishbaychining tarif stavkasidan kelib chiqqan holda to‘lanadi.
Daryo floti hamda baliqchilik sanoati floti ekipajlari a’zolariga nafaqa vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish ta’tili boshlangan yildan oldingi kalendar yildagi haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqariladi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik sodir bo‘lgan yilda ishga kirgan shaxslarga, shuningdek to‘liq kalendar yil ishlamaganlar uchun nafaqa hisoblab chiqarishda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik sodir bo‘lgan davrdan oldingi vaqtdagi ish haqi inobatga olinadi.
Kunlik o‘rtacha ish haqi miqdori o‘tgan yil davomida olingan ish haqi yig‘indisini o‘sha yilning kalendar kunlariga taqsimlangan holda belgilanadi. Bunda yillik ish haqi bo‘linadigan kunlardan bayram va dam olish kunlari, vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan kunlar, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar bo‘yicha ishdan ozod qilingan kunlar olib tashlanadi.
Boshqa dam olish kunlari (otgul) uchun nafaqa lavozim maoshidan (tarif stavkasidan) kelib chiqqan holda to‘lanadi.
Daryo floti va baliqchilik sanoati floti ekipajlarining vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug‘ish ta’tili) kunlari haq to‘lanmaydigan zaxirada (rezervda) bo‘lgan davrga to‘g‘ri kelgan hollarda nafaqa to‘lanmaydi.
69. Ish soatlarini hisoblab chiqish imkoni bo‘lmagan xodimlarga (uyda ishlovchilarga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, ikkilamchi va boshqa xil ashyolarning shtatli tayyorlovchilariga, oziq-ovqat chiqindilarini yig‘uvchilarga, tarqatish va tashish savdosi sotuvchilariga, suratga olish korxonalari agentlariga va boshqa shunday toifadagi xodimlarga) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish munosabati bilan tayinlanadigan nafaqa so‘nggi 12 oy ish mobaynidagi kunlik o‘rtacha ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ushbu korxonada 12 oydan kam ishlagan shaxslarga nafaqalar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish munosabati bilan beriladigan ta’tilga qadar ishlangan vaqtning kunlik o‘rtacha ish haqidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Kunlik o‘rtacha ish haqi yuqorida aytib o‘tilgan davr uchun tayinlangan haqiqiy ish haqini mazkur davrning kalendar kunlariga bo‘lib chiqish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda ish haqi bo‘linayotgan kunlar hisobiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik kunlari, homiladorlik va tug‘ish ta’tillari, yillik (asosiy va qo‘shimcha) ta’tillar, shuningdek, qonunchilikda ko‘zda tutilgan ishdan ozod qilish kunlari qo‘shilmaydi.
Kunlik tarif stavkasi soatbay tarif stavkasini 40 ga ko‘paytirish va hosil bo‘lgan summani 7 ga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Kunlik hisob-kitob stavkasi yoki kunlik o‘rtacha oylik ish haqi hisob-kitob stavkasini oyning nafaqa to‘lanadigan barcha kalendar kunlariga bo‘lib chiqish yo‘li bilan aniqlanadi.
Nafaqa vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish munosabati bilan beriladigan ta’tilning barcha kalendar kunlariga to‘lanadi.
70. Shtatsiz xodimlar, agar ular mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan bo‘lsalar, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa bilan ta’minlanadilar.
Barcha hollarda shtatsiz xodimlarga nafaqalar mazkur Nizomning 56-bandida ishbay ish haqi oluvchi xodimlar uchun belgilangan qoidalar bo‘yicha haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqariladi.
Ishga chiqish jadvali o‘rnatilmagan shtatsiz xodimlarga nafaqa mazkur Nizomning 69-bandida belgilangan qoidalar bo‘yicha hisoblab chiqariladi.
Soatbay mehnati uchun ish haqi oladigan shtatsiz (o‘quv yurtlari, malaka oshirish kurslarining o‘qituvchilari, to‘garaklar rahbarlari va boshqalar) xodimlarga nafaqalar bir soat uchun bo‘lgan to‘lovdan kelib chiqqan holda hisoblanib va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish ta’tili sababli qoldirilgan (bajarilmagan) ish soatlariga to‘lanadi.
71. Advokatlarga — advokatlar kollegiyasi a’zolariga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, shuningdek homiladorlik va tug‘ish nafaqasi mazkur Nizomning 56-bandida ishbay ish haqi oluvchi xodimlar uchun belgilangan qoidalar bo‘yicha hisoblab chiqariladi.
72. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini akkord-mukofot tizimi bo‘yicha yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, shuningdek homiladorlik va tug‘ish nafaqasi bajarayotgan ishlari va olayotgan haqlari hisob-kitob qilib borilayotgan xodimlargagina beriladi. Barcha hollarda shu jumladan, mehnatda mayiblanganda, kasb kasalligiga duchor bo‘lganda, homiladorlik va tug‘ish munosabati bilan ta’tilga chiqilganda nafaqa bajarayotgan mazkur ishlar uchun to‘lanayotgan haqiqiy ish haqi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.
Nafaqa hisoblab chiqarishda o‘rtacha kunlik ish haqi nafaqani hisoblab chiqarish uchun olingan ish haqini (Nizomning 56-bandi) ish haqi olingan davrdagi kalendar kunlari soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug‘ish ta’tili) kunlari chiqarib tashlanadi. Nafaqa kalendar kunlari uchun to‘lanadi.
Agar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug‘ish ta’tili) qishloq xo‘jalik ekinlarini parvarish qilish davriga to‘g‘ri kelsa va bu ishlar tamom bo‘lgandan so‘ng davom etsa, nafaqa ko‘rsatilgan davrning tugash kunidan boshlab mazkur Nizomning 68-bandiga binoan xodimning bu davr mobaynida bajarishi lozim bo‘lgan ishning tarif stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarish qilish davri tugagandan keyin xodim ishlamasligi kerak bo‘lgan davr uchun nafaqa to‘lanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
73. Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs va dehqon xo‘jaligi a’zolariga hamda ayrim shaxslarnikida shartnoma asosida ishlayotgan fuqarolarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan aniq bir oy uchun daromadi to‘langan oylik sug‘urta badali summasini ish beruvchilar va xodimlar uchun sug‘urta badallari ajratishning qonunchilik hujjatlarida belgilangan jami foiziga bo‘linadi va olingan natijani 100 ga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
(73-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
O‘tgan yilda sug‘urta badallari to‘lanmagan bo‘lsa, ko‘rsatib o‘tilgan xodimlarga nafaqa eng kam ish haqi miqdorida belgilanadi va u keyinchalik qayta hisob-kitob qilinadi.
74. Asosiy ish joyida ish haqi to‘la yoki qisman saqlab qolingan holda qishloq xo‘jaligi va boshqa korxonalarga ishlarni bajarish uchun yuborilgan xodimlarga ayni vaqt ichida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik hollari ro‘y berganligi tufayli to‘lanadigan nafaqaning miqdori, ular mazkur ishlarni bajarishga yuborilgan paytda asosiy ish joylarida olgan ish haqi miqdoriga qarab belgilanadi va nafaqa asosiy ish joyidan umumiy asoslarda to‘lanadi.
75. Maktablarning, malaka oshirish, xodimlar tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv kurslarining, shuningdek malaka oshirish institutlarining tinglovchilariga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar ular kurslarga, maktablarga, (institutlarga) korxona tomonidan yuborilganda va o‘qish davrida ularning ish haqlari to‘liq yoki qisman saqlangan taqdirda umumiy asoslarda beriladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqaning miqdori o‘quv davrida, stipendiyani hisobga olmagan holda, ularning saqlanadigan ish haqlari miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
76. Ishlab chiqarish amaliyoti davrida ish haqi to‘lanadigan ishchi o‘rinlarga yoki lavozimlarga tayinlangan oliy o‘quv yurtlari talabalariga, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari, umumiy ta’lim maktablari o‘quvchilariga ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash kunlariga to‘g‘ri kelgan vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish nafaqasi ishlab chiqarish amaliyoti o‘tayotgan joylaridan umumiy asoslarda lekin ishlab chiqarish amaliyoti yakunlanishi lozim bo‘lgan kuniga qadar to‘lanadi.
Ushbu tartib qurilish obyektlarida va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida talabalar guruhlarida ishlayotgan o‘quvchilarga ham joriy etilib, nafaqa miqdori guruhda olgan ish haqidan hisoblab chiqariladi va ushbu Nizomning 20-bandida ko‘zda tutilgan muddatlarda ish joyidan beriladi.
77. Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturani tugatgan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan shaxslarga (mazkur Nizomning 12, 44, 45-bandlari) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqasining miqdori umumiy qoidalar bo‘yicha, hisoblab chiqarish va ularning egallashlari lozim bo‘lgan lavozim maoshlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
78. Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nafaqa umumiy asoslarda beriladi. Bunda avvalgi ish joylarida jazoni o‘tayotgan shaxslarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa miqdori jazoni o‘tash boshlanishiga qadar bo‘lgan umumiy ish stajiga qarab belgilanadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish munosabati bilan mazkur shaxslarga beriladigan nafaqalar sud hukmi bilan ularning ish haqlaridan undirishlar ushlab qolingan holda amalga oshiriladi.
Yüklə 107,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin