O'zbekistonda davlat va nodavlat sektorlarining nisbati
(2002 yil, foiz hisobida).
Davlat mulki
Nodavlat
mulki
Yalpi ichki mahsulot
26,7
73,3
Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish
28,6
71,4
Yalpi qishloq xo’jalik mahsuloti
0,9
99,1
Asosiy kapitalga investitsiyalar
40,9
59,1
Chakana tovar aylanmasi
2,4
97,6
Pullik xizmatlar
23,4
76,6
Iqtisodiyotda band bo’lganlar soni
25,8
74,2
Shuni eslatib o'tish joizki, mustaqillikning dastlabki yillarida boshqa MDH davlatlaridagi kabi bizning respublikamiz ham anchagina iqtisodiy qiyinchiliklarni boshidan kechirdi. Ular bozor iqtisodiyotiga o'tish munosabati bilan xo’jalikda tarkibiy qayta qurish, sobiq Ittifoq respublikalari bilan iqtisodiy kooperatsiya va ixtisoslashuv aloqalarning uzilishi, hamda boshqa ob`yektiv va sub`yektiv sabablar tufayli sodir bo’lgan edi. Sobiq Ittifoq davlatlari orasida O'zbekiston o'tish davridayoq iqtisodiy barqarorliknigina emas, hatto uning o'sishini ta`minlagan yagona mamlakat bo’lib kelmoqda.
Mamlakatimizda YAIMning o'sishi deyarli barcha ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalari hisobiga yuz berdi (8-jadval).