1.1. Aholi va migratsiya Aholi va migratsiya aholi statistikasi va demografik statistika, ya’ni demografiya, aholining tabiiy harakati statistikasi, aholining tarkibi va o‘sishi, demografik prognozlar, oilalar va uy xo‘jaliklari (nikohlar, ajralishlar, uy xo‘jaliklarning kattaligi), migratsiya, qochqinlar va boshpana izlovchilar kabi sohalardagi ishlarni qamrab oladi.
Bu guruh quyidagilarni o‘zichiga olmaydi:
o‘lim sabablari (1.4)
1.01.0
1.2.
1.2. Mehnat Mehnat ishchi kuchi, mehnat bozori, bandlik va ishsizlik bo‘yicha statistik ma’lumotlarni qamrab oladi; batafsilroq mavzularga iqtisodiy jihatdan faol aholi, mehnat sharoitlari, ishlab chiqarishdagi xavfsizlik va sog‘liq (ishdagi baxtsiz hodisalar, ishlab chiqarish jarohatlari va kasalliklar, ish bilan bog‘liq sog‘liq muammolari), ish vaqti va boshqa ish sharoitlari, ish tashlashlar va ishdan bo‘shatish, bo‘sh ish o‘rinlari, ish o‘rinlarini yaratish kiradi.
Bu guruh quyidagilarni o‘zichiga olmaydi:
mehnat muhojirlari bo‘yicha statistika (1.1)
ishsizlik sug‘urtasi va ishsizlik nafaqasi (1.6)
kasaba uyushma a’zoligi (1.10)
haq to‘lanmaydigan ish (1.11)
daromad, ish haqi va mehnatga xaq to‘lash to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar (2.8)
ishchi kuchining qiymati (2.8)
1.02.0
1.3.
1.3. Ta’lim Ta’lim ta’limda ishtirok etish, savodsizlik, ta’lim muassasalari va tizimlari, ta’limga sarf qilingan inson va moliyaviy resurslar, umrbod o‘qitish, kasb-hunar ta’limi va kattalarni o‘qitish, ta’limning ta’siri, o‘quvchilar faoliyatini baholash va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
1.03.0
1.4.
1.4. Sog‘liqni saqlash Sog‘liqni saqlash sog‘liq va o‘lim bilan bog‘liq statistik faoliyatni, shu jumladan umr ko‘rish davomiyligi, sog‘liqni saqlash holati, sog‘liq va xavfsizlik, sog‘liqni saqlash omillari (shu jumladan turmush tarzi, ovqatlanish, chekish, spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilish), sog‘liqni saqlash resurslari va xarajatlari, sog‘liqni saqlash tizimlari, kasallanish va o‘lim (shu jumladan, go‘daklar va bolalar o‘limi), kasalxonaga yotqizish, kasallik va o‘lim sabablari, o‘ziga xos kasalliklar (masalan, OITS), nogironlik, farmatsevtika mahsulotlarini iste’mol qilish va sotish, sog‘liqni saqlash xodimlari, sog‘liqni saqlash xodimlarining ish haqi, atrof-muhit holati, sog‘liq bo‘yicha tengsizlik, sog‘liqni saqlash hisoblari.
Bu guruh quyidagilarni o‘zichiga olmaydi:
mehnat muhofazasi va xavfsizlik (1.2)
jinoiy xatti-harakatlardan jabrlanish (1.8)
yo‘l-transport hodisalari va shikastlanishlar (2.4.4)