O‘zbekiston Respublikasi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonunining , hamda 23-moddalari



Yüklə 32,41 Kb.
səhifə3/3
tarix16.12.2023
ölçüsü32,41 Kb.
#181532
1   2   3
savolnoma nogironlar bo\'yicha

24-modda. Transport vositalarining va yo‘l infratuzilmasining qulayligi
Transport vositalarining va yo‘l infratuzilmasining qulayligi aholiga transport xizmati ko‘rsatuvchi tashkilotlar (tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar) tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari ishtirokida:
nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulaylik yaratish uchun jamoat transportining maxsus vositalar bilan jihozlanishini, shu jumladan alohida joylar jihozlanishini, eshitish qobiliyati zaif bo‘lganlar uchun axborot tablolari o‘rnatilishini hamda bekatlarning ovozli tarzda e’lon qilinishini;
shahar va qishloq jamoat transporti vositalarining yo‘nalishlari hamda ko‘rsatkichlari keskin farqlanuvchi rangdagi yirik harflar bilan tasvirlanishini;
yo‘lovchi poyezdlarining vagonlari maxsus o‘rinlar bilan va perronlar, shuningdek temir yo‘l vokzallari maxsus mexanik panduslar bilan jihozlanishini;
to‘xtash maydonchalarini shaharsozlik normalari va qoidalarini hisobga olgan holda jihozlash, shu jumladan ularga panduslar va tutqichlar o‘rnatish, transport vositasining kirish eshiklari oldidagi maydonchalarda taktil qoplamalarini qo‘llash, shuningdek elektron axborot tablolarini o‘rnatish;
piyodalar o‘tish joylari va chorrahalarini, ko‘chalar hamda umumiy foydalanishdagi yo‘llarni nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlariga muvofiq moslashtirish;
chorrahalarda tovushli va vizual signalizatsiya tizimlarini o‘rnatish;
aeroportlarda va aerovokzallarda, yirik temir yo‘l stansiyalarida, shuningdek metroda nogironligi bo‘lgan shaxslarni transport vositalarigacha kuzatib borish;
nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus kutish joylarini jihozlash yo‘li bilan ta’minlanadi.
Mahalliy transport vositalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlari inobatga olingan holda amalga oshirilishi kerak.
27-modda. Madaniy hayotda ishtirok etishga, dam olishga va sport bilan shug‘ullanishga bo‘lgan huquq
Davlat organlari va tashkilotlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning moddiy madaniy meros obyektlaridan, turistik hamda sport obyektlaridan va inshootlaridan, shuningdek dam olish obyektlaridan foydalanishini ta’minlaydi.
Teatrlar, muzeylar, kinoteatrlar, axborot-kutubxona muassasalari va axborot-resurs markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari nogironligi bo‘lgan shaxslar foydalanishi uchun qulay bo‘lishi kerak.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning moddiy madaniy meros obyektlaridan, turistik va sport obyektlari hamda inshootlaridan, shuningdek tashkilotning dam olish obyektlaridan foydalanishini ta’minlash maqsadida, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tashkilotlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari ishtirokida:
nogironligi bo‘lgan shaxslarning va ular oilalarining madaniy, sport hamda turistik tadbirlarda ishtirok etishiga ko‘maklashadi;
nodavlat notijorat tashkilotlari bilan sheriklikda madaniy, sport va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilishini tashkil etadi;
nogironligi bo‘lgan shaxslarga sport bilan shug‘ullanish, sport musobaqalarini o‘tkazish va ularda ishtirok etish uchun zarur shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar yaratadi;
faoliyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni sport bilan shug‘ullanishga va jamiyatning madaniy hayotiga jalb etishga qaratilgan nodavlat notijorat tashkilotlariga ko‘maklashadi;
nogironligi bo‘lgan shaxslarning barcha darajalardagi sport tadbirlarida ishtirok etishini targ‘ib qilish va rag‘batlantirishda ishtirok etadi.
Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tashkilotlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport inshootlari obyektlaridan, dam olish obyektlaridan, shuningdek turistik obyektlardan foydalanishini, shu jumladan bepul asosda foydalanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Davlat mulki bo‘lgan sport obyektlari va inshootlarining sport zallari hamda xonalarini nogironligi bo‘lgan shaxslarga sport bilan shug‘ullanish uchun bepul asosda taqdim etiladi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Davlat sportning paralimpiya turlari bo‘yicha murabbiylar, hakamlar hamda boshqa mutaxassislarni o‘qitish va tayyorlashni ta’minlaydi.
Davlat organlari nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan shug‘ullanishi uchun shart-sharoitlar yaratish va ularni sport bilan shug‘ullanishga jalb etishga doir dasturlarni nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda har yili ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi.
Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan shug‘ullanishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish hamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”ning 40-bandi talablari,
Joylarda qulaylikni bosqichma-bosqich ta’minlashga yo‘naltirilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish va ularni moslashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish, shu jumladan:

ularni ijtimoiy infratuzilma obyektlariga kelishlari;


jamoat transportining barcha turlaridan foydalanish;


nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulayliklar yaratish maqsadida, jamoat transportini maxsus vositalar bilan, shu jumladan, panduslar, alohida joylar, bekatlar va yo‘nalishlarni ovoz yordamida e’lon qilish, elektron axborot tablolari bilan jihozlash.


4. “Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 7-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3048)
4. Bozorlar, savdo majmualari va boshqa obyektlar hududlaridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turish joylari mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq namunaviy chizma asosida jihozlanadi.
5. Ko‘p qavatli avtotransport vositalari to‘xtash joylarida nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turishi uchun joylar birinchi qavatda va boshqa qavatlarda liftga yaqin joylardan ajratilishi kerak.
6. Bozorlar, savdo majmualari va boshqa obyektlar hududlaridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turish joylariga ko‘k fonda 2x2 metr o‘lchamli sariq chiziqli nogironligi bo‘lgan shaxs avtotransport vositasining to‘xtab turish joyini bildiruvchi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarining 2-ilovasiga muvofiq 1.24 “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turish joyi” yotiq chizig‘i chiziladi.
7. Nogironligi bo‘lgan shaxs avtotransport vositasi uchun ajratiladigan joylarga chiziladigan yotiq chiziq va o‘rnatiladigan yo‘l belgilarining o‘lchamlari yo‘l harakatini boshqarishning texnik vositalarini qo‘llashni belgilovchi normativ hujjatlarning talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
8. Bozorlar, savdo majmualari va boshqa obyektlar hududlaridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turish joylarining o‘lchamlari avtomobil harakat yo‘nalishiga burchak ostida qo‘yilganda eni 3,5 metr, uzunligi 5 metr, harakat yo‘nalishiga parallel qo‘yilganda eni 2,5 metr, uzunligi 7,5 metr bo‘lishi lozim.
9. Bozorlar, savdo majmualari va boshqa obyektlar hududlaridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turishi uchun ajratilgan joylarga chizilgan yotiq chiziqlar haydovchiga yaxshi ko‘rinadigan bo‘lishi zarur
10. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun mo‘ljallangan joylarni jihozlash ishlari hamda yo‘lning yotiq chiziqlarini soz holatda va yaxshi ko‘rinishga ega bo‘lishini ta’minlanishi mazkur avtoturargohga yoki avtomobil yo‘liga egalik qiluvchi subyektlar tomonidan amalga oshiriladi.
11. Avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylaridan uzoq va noqulay joyda joylashgan infratuzilma obyektlari (sog‘liqni saqlash muassasalari, sport-sog‘lomlashtirish majmualari, ijtimoiy obyekt va boshqalar) atrofida nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turish joylari tashkil etiladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylari mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq namunaviy chizma asosida jihozlanadi.
12. Avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylaridan uzoq va noqulay joyda joylashgan infratuzilma obyektlari atrofidagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turish joylari mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq o‘lchamlarda bo‘lishi lozim.
5. O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2022-yil 26-oktabrdagi 185-son buyrug‘i ilovasi bilan tasdiqlangan “SHNK 2.07.02-22 “Qurilish obyektlarini nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalari”
Yüklə 32,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin