Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy
Majlisi Senati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati —
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
yuqori palatasi
[1]
. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (yuqori palatasi) hududiy
vakillik palatasidir. Senat aʼzolari (senatorlar) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi,
viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli
qoʻshma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — olti kishidan
saylanadi. Senatning oʻn olti nafar aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda
davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda
alohida xizmat koʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar orasidan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan tayinlanadi. Senat ishi yalpi majlislarga va uning qoʻmitalari majlislariga toʻplanadigan
senatorlar faoliyatiga asoslanadi. Senatda hududiy mansublikka koʻra hamda siyosiy yoki
boshqa asosda guruhlar tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi. Senat vakolat muddati — besh yil.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
80-moddasida vakolatlari belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlariga:
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senati Raisini va uning oʻrinbosarlarini,
qoʻmitalarning raislari va ularning oʻrinbosarlarini saylash;
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
taqdimiga binoan
Oʻzbekiston Respublikasining
Konstitutsiyaviy sudini
saylash;
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
taqdimiga binoan
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
sudini
saylash;
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi
Sudyalar oliy kengashining raisini tayinlash;
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori
va
Hisob palatasi raisini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi
farmonlarini tasdiqlash;