umumiyko‘rinishi) Dastlab ushbu dasturdan Amerika Qo‘shma Shtatlari, so‘ngra Yevropa davlatlari va keyinchalik esa dunyoning barcha mamlakatlari foydalanish huquqiga ega bo‘lishdi. Shuningdek, bu dasturning istemolchilar uchun mo‘ljallangan Google Earth Plus va Google
Earth Pro kabi versiyalari ham mavjud. Albatta, bu lisenziyali Google Earth dasturlari GPS qurilmalari va undagi ma’lumotlarni qabul qilish, taqdimotlarni namoyish etish, tasvirlarni yuqori qiymatda chop etish kabi imkoniyatlari bilan bir-biridan farq qiladi.
Google Earth dasturining imkoniyatlari quyidagicha:
Google Yer sayyorasi dasturi foydalanuvchi uchun zarur bo‘lgan tasvirlar va boshqa ma’lumotlarni internetdan avtomatik (tezkor) tarzda kompyuterga yuklaydi. Bu ma’lumotlardan istemolchi foydalanishi va ularni qayta ishlashi uchun kompyuter xotirasida saqlaydi. Keyinchalik foydaluvchi tomonidan dastur ishga tushirilganda yangi ma’lumotlar yuklanadi va bu, o‘z navbatida, internet trafikini sezilarli darajada iqtisod qilish imkonini beradi.
Tasvirlarni monitorda namoyish etishda Yer sayyorasining uch o‘lchamli modelidan foydalaniladi (albatta, bu yerda balandlikning dengiz sathidan qayd etilishi hisobga olingan). Uch o‘lchamli tasvirlarni ekranda namoyish etish DirectX yoki OpenGL interfeyslari yordamida amalga oshiriladi. Aynan yer yuzasi landshaftining uch o‘lchamli tasvirini namoyish etish imkoniyati bilan Google Earth dasturi undan avvalroq ishlab chiqilgan Google Maps dasturidan farq qiladi. Foydalanuvchi Google Earth dasturining “virtual kamera” asbobi yordamida Yer sayyorasining xohlagan bir nuqtasiga qiyinchiliksiz ko‘chish imkoniyatiga egadir.
Dasturda sayyoramiz barcha quruqlik qismi DigitalGlobe kompaniyasi tomonidan suratga olingan va pikselga 15m qiymatiga ega tasvirlari joylashtirilgan. Ba’zi davlatlar hududlari tasviri yuqori qiymatga ega. Masalan: Moskva shahrining tasviri qiymati pikselga 0,6 metr bo‘lsa, AQShning ayrim shaharlari tasviri qiymati pikselga 0,15 metrni tashkil etadi. Ayrim hududlar relyefi balandligi qiymati gorizontal bo‘yicha 30 metr, vertikal bo‘yicha 1 metrni ham tashkil etadi.
Bundan tashqari, dasturda foydalanuvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘shimcha buyruqlarni faollashtirish imkoniyatiga ega. Masalan: Davlat chegaralarini, aholi manzilgohlari, mashhur arxeologik va me’moriy yodgorliklar joylashish nuqtalari, hududlari, yirik shaharlar va ularning joylashish hududlari, mehmonxonalar, ko‘chalar nomlarini ko‘rsatish va boshqalar. Shuningdek, dasturda geografik ma’lumotlar bazasi mavjud bo‘lib, ular haqida ma’lumotlar Wikipediya veb-saytida keltirilgan. Dasturdagi geoma’lumotlar bazasi va Wikipediya veb-saytida keltirilgan ma’lumotlar o‘zaro iqtibos bilan bog‘langan.
Foydalanuvchilar dasturda o‘zlarining shaxsiy belgilarini o‘rnatishi va sun’iy yo‘ldoshlardan olingan tasvirlar ustiga o‘zlari tushirgan tasvirlarni (fotosuratlarni) qo‘yishi mumkin (misol sifatida xaritalarni, boshqa manbalardan olingan va ma’lum hudud yoki obyektga tegishli batafsil fotosuratlarni keltirishimiz mumkin). Belgilardan dasturning boshqa foydalanuvchilari ham Google Earth Community forumi orqali foydalanishi mumkin. Ushbu forumga jo‘natilgan belgilarni bir oydan so‘ng dasturning barcha foydalanuvchilari ko‘rishi mumkin.
Dasturda uch o‘lchamli modellarga ega “3D Zdaniya” qatlami mavjud. Ushbu qatlamga uch o‘lchamli modellarni dastur yaratuvchilari va istemolchilar “3D Warehouse” servisi yordamida kiritishlari mumkin. Masalan: Dasturda biz Rossiya Federatsiyasi, Yevropa
va dunyoning boshqa mamlakatlari hududida joylashgan mashhur arxeologik va me'moriy yodgorliklarining uch o‘lchamli modelini ko‘rishimiz mumkin.
2015 yildan boshlab esa, dastur foydalanuvchilari uchun sun’iy yo‘ldoshlar yordamida aniq vaqtda tushirilgan obyektlar tasvirlarini ko‘rish imkoniyatini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Dasturning uyali telefonlar uchun mo‘ljallangan Java-versiya ham ishlab chiqilgan.
Dasturda maxsus asboblar yordamida masofani va maydonni o‘lchash imkoniyati mavjud.
Dasturning takomillashtirilgan Google Earth 4.2 versiyasida Google Sky texnologiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu texnologiya osmon jismlarini kuzatish va o‘rganish imkoniyatini beradi.
Dasturning takomillashtirilgan Google Earth 5.0 versiyasida dengiz va okean tubining uch o‘lchamli xaritasini kuzatish imkoniyati mavjud.
Dasturning takomillashtirilgan Google Earth 5.1 versiyasini “Macintosh” operasion tizimida o‘rnatish va undan foydalanish imkoniyati ishlab chiqilgan.
Bundan tashqari, dasturda bir obyektdan ikkinchi obyektga ko‘chishda foydalanish mumkin bo‘lgan “aviasimulyator” asbobi ham ishlab chiqilgan.
Google Earth dasturi yaratilgan kundan boshlab hozirga qadar uning yaratuvchilari tomonidan takomillashtirilib kеlinmoqda. Dasturda ishlash jarayonida foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish maqsadida turli vazifalarni bajaruvchi asboblar panеli ishlab chiqilmoqda va takomillashtirilmoqda. Google Earth dasturining yaratilishi tariхiga nazar tashlasak, ushbu dasturning yaratilishi zamonaviy aхborot tехnologiyalari tariхidagi eng muhim voqеalardan biri hisoblanadi. Google Earth dasturining yaratilishi “Silicon Graphics” kompaniyasida uch o‘lchamli grafika bilan shug‘ullanuvchi хodimlar Brayan MakKlеndon va Maykl Ti Djonslar faoliyati bilan bog‘liq. Ular 2000 yilda Yer sharining kattalashtirilgan animatsiyali rolikini ishbilarmon Jon Хenkka ko‘rsatishadi. Ular o‘rtasida yangi kompyutеr o‘yinini yaratish bilan boshlangan bahs-munozara Yеr sharining uch o‘lchamli хaritasini yaratish g‘oyasi bilan yakunlanadi. Oldilarida mas’uliyatli vazifa turganini his qilgan Хenk va guru-dasturchilar Brayan MakKlеndon va Maykl Ti Djonslar 2001 yilda uch o‘lchamli kartografiya yaratish bilan shug‘ullanuvchi Keyhole kompaniyasiga asos solishadi. Bu kompaniya o‘zining kartografiyaga oid mahsulotlarini istеmolchilarga taqdim etishadi.