O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan


Mavzu. UTM, Pulkovo, WGS 84



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə6/59
tarix07.01.2024
ölçüsü1,77 Mb.
#206510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
GAT O\'UM (1)

Mavzu. UTM, Pulkovo, WGS 84


Tayanch so‘z va iboralar: Google Earth, Google Map, Keyhole kompaniyasi, Google Earth dasturining imkoniyatlari, virtual kamera, DigitalGlobe, Wikipediya, “Google Earth Community” forumi, “Silicon Graphics”, “Maps”, “Street View”, “Google Moon”, “Google Sky”, Fayoztеpa, YUNЕSKO, Qoratеpa arхеologik yodgorligi, Tarmita-Tеrmiz, Kushon podsholigi, O‘zbеkiston–Yaponiya arхеologik guruhi, Italiya Milliy arхеologiya muzеyi, Janubiy Afrika Rеspublikasi hududida amalga oshirilgan arхеologik tadqiqotlar, Australopithecus sediba, Saudiya Arabistoni hududida amalga oshirilgan arхеologik tadqiqotlar, miloddan avvalgi IX ming yillik, Naska gеogliflari.
Yer shari yuzasida joylashgan obyektlar, shu jumladan, arxeologik yodgorliklarni ham sun’iy yo‘ldoshlar vositasida tushirilgan tasvirlar asosida kuzatishimiz mumkin. Bunday imkoniyatlarni bizga Google Earth va Google Map dasturlari taqdim etadi.
Google Earth, ya'ni Google Yer sayyorasi dasturi Google kompaniyasining loyihasi hisoblanib, bu loyiha asosida sun’iy yo‘ldoshlar yordamida tushirilgan Yer sayyorasi barcha qismlarining fotosuratlari internet tizimiga joylashtirilgan. Ushbu dastur yordamida internet tizimiga joylashtirilgan Yer sayyorasi va uning obyektlaridan iborat fotosuratlar yuqori qiymatga ega. Bu servisning tasvirlarni oddiy veb-brauzerlarda namoyish etuvchi analogli servislardan farqi shundaki, Google Earthning kompyuterga yuklanadigan va o‘rnatiladigan maxsus istemolchi dasturi mavjud. Google Earth maxsus istemolchi dasturini kompyuter xotirasiga yuklash va o‘rnatish uchun ma’lum bir vaqt talab qilinsada, biroq veb-interfeyslar yordamida amalga oshiriladigan qo‘shimcha imkoniyatlar bilan ishlashda vujudga keladigan murakkabliklar unda kuzatilmaydi.
Dastlab ushbu dastur Keyhole kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, keyinchalik esa Google kompaniyasi tomonidan sotib olingan. 2005 yildan boshlab esa Google kompaniyasi istemolchilar uchun bu dasturdan kengroq foydalanish huquqini berdi.



Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin