O'zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti


-rasm. Meridianlar bo'ylab biofaol nuqtalarning joylashishi



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə15/35
tarix02.06.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#123489
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
Monografiya 28.04.2023г.

2.1-rasm. Meridianlar bo'ylab biofaol nuqtalarning joylashishi.




Foll usuli elektropunktur tashxis va davolash usuli bo’lib, ushbu usul 1958 yilda nemis shifokori Reynold Foll tomonidan taklif qilingan va amaliyotga joriy qilingan. Mazkur usul qo’l va oyoqlardagi biologik faol nuqtalarning elektr o’tkazuvchanligi hamda bemor organlari va tizimlarining funktsional holati o’rtasidagi bog’liqlikka asoslangan [34]. Foll usuli biorezonanns diagnostikasi kabi yo’nalishni paydo bo’lishiga turtki bo’ldi va mazkur usul inson tanasining elektr qarshiligini o’lchash natijalariga ko’ra tashxis qo’yish uchun ishlatiladi.
Foll usuli bilan tashxislash an’anaviy tashxislash usullaridan oldin kasallangan organni toppish inkonini beradi. Shifokor qo’l va oyoqlardagi BFNda elektr tokining o’tkazuvchanligini (qarshiligini) o’lchaydi. Ushbu o’lchovlar meridianlarning holati va ularga mos keladigan ichki organlar haqida qiziqarli ma’lumotlar beradi.
Ushbu diagnostik tadqiqot usulining an'anaviy usullardan asosiy farqi uninig noinvazivligidadir. Tananing ichki bo'shliqlariga kirmasdan natijalarni olish Foll diagnostikasini xavfsizligini ta’minlaydi. Bundan tashqari, uning asosiy afzalligi uning nojo’ya ta'sirlarining yo'qligi. Barcha yoshdagi bemorlar Foll usulidan foydalangan holda diagnostik tadqiqot uchun cheklovlarsiz murojaat qilishlari mumkin.
§2.2. Meridianlardan foydalanib, riodoraku (Nakatani) usuli bo’yicha tashxislash.
Ushbu usul yapon shifokori Nakatani tomonidan 1950 yilda taklif qilingan bo’lib, Yaponiyada majburiy profilaktik tekshiruvlar ro’yxatiga kiritilgan. Nakatani inson tanasida elektr o’tkazuvchanligi yuqori bo’lgan chiziqlarni topdi, bu chiziqlarni u «riodoraku» deb nomladi, bu yaponcha «elektr tokini yaxshi o’tkazuvchi chiziq» ma’nosini anglatadi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, riodoraku chiziqlari yuqorida keltirilgan «xitoy» meridianlari bilan to’liq mos keladi. Nakatani fikriga ko’ra ichki organlardagi har qanday o’zgarishlar, albatta, inson terisida aks etadi. Meridianlar bu o’zgarishlarning sezgir ko’rsatkichlari bo’lib, xavfni va ma’lum darajada uning kattaligini bildiradi [35]. Riodoraku hodisasi nafaqat organ kasalligi bilan bog’liq holda qayd etiladi, balki uning fiziologik o’zgarishlarini ham aks ettiradi, shuning uchun «fiziologik» va «patologik» riodoraku tushunchalari mavjud. Elektr o’tkazuvchanligi maxsus zonalarda o’lchanadi va olingan ma’lumotlar riodoraku xaritasida aks ettiriladi. Agar barcha ko’rsatkichlar fiziologik normalarga mos kelsa, u holda asab tizimining funktsiyalari yaxshi muvozanatlashgan bo’ladi, bu esa sog’lom odamlarga xosdir. Organ kasallangan holatlarda ko’rsatkichlar fiziologik normalarga mos kelmaydi. Ko’rsatkichlarning fiziologik normalardan sezilarli farqlanishi esa mos funktsional tizim yoki organning patologiyasini ishonchli akslantirishini anglatadi va unga mos keluvchi o’zgartirilgan elektr o’tkazuvchanligi chizig’i patologik riodorakuni ko’rsatadi.


Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin