To’garaklarning tashkil etilishi. To’garaklar - sog’lom turmush tarziga jalb etish, kasb-xunar va mehnat ko’nikmalarini xosil qilish, umummadaniy, milliy va umumbashariy qadriyatlarni o’rganish, atrof-muhitga nisbatan ongli munosabatda bo’lish tuyg’usini shakllantirish, huquqiy madaniyatini oshirish kabi maqsadlarga yo’naltirilgan tarbiya shaklidir.
To’garak turlari:
texnik ijodkorlikni o’stirishga qaratilgan ta'lim-tarbiya;
ma'naviy-axloqiy ta'lim va tarbiya;
Vatanga sadoqatni singdirishga qaratilgan ta'lim va tarbiya;
huquqiy ta'lim va tarbiya;
iqtisodiy ta'lim va tarbiya;
iqtidor va ijodkorlikni o’stirishga qaratilgan ta'lim va tarbiya. To’garaklarni tashkil etish tartibi:
o’z sohasining va ilg’or pedagogik texnologiyalarni hayotga tatbiq eta oladigan, yoshlarning sohaga qiziqishlarini shakllantirishga ko’maklashadigan mutaxassislarni ishga jalb etish;