O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi ta’limning “Bank ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 4-kurs sbi-51 guruh talabasi
Kirish Bozor iqtisodiyoti sharoitida xalq xo’jaligini rivojlantirishning eng muxim omillaridan biri - pul aylanishini to’g’ri va aniq tashkil qilishdan iborat, chunki bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlarining holati va taraqqiyoti bilan chambarchas bog’liqdir. Korxona va tashkilotlar o’zlarining xo’jalik faoliyatlari jarayonida doimo bir-birlari bilan aloqada bo’ladilar. Ular o’rtasida tovar ayirboshlash jarayoni pul va pulli hisob-kitoblar yordamida amalga oshiriladi. Tovar ayirboshlashning o’zi esa pul aylanishining moddiy asosi bo’lib hisoblanadi, uning asosida boshqa pulli munosabatlar vujudga keladi. (soliq organlari, pensiya fondi, bank muassasalari va boshqalar). Pulli munosabatlarda pul shakllaridan foydalanish xususiyatlari va to’lov usullariga ko’ra pul aylanishi naqd pulli va naqd pulsiz pul aylanishiga bo’linadi.
Chakana savdo va aholiga pullik hizmat ko’rsatish asosan naqd pulda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, naqd pulli aylanishga kommunal xizmatlar uchun to’lovlar, maishiy hizmatlar uchun to’lovlar, ishchi va xizmatchilarga ish xaqi va va unga tenglashtirilgan to’lovlarni to’lash, sug’urta tashkilotlariga badallar to’lash, uy-joy qurilishi va boshqa maqsadlar uchun olingan kreditlarni qaytarish va boshqa to’lovlar kiradi. Naqd pul aylanishi umumiy pul oborotining taxminan 10 foizini tashkil etadi.
Xalq xo’jaligida bo’ladigan pul aylanishining 80-90 foizini naqd pul ishlatmasdan, naqd pulsiz hisob-kitob shakllari asosida olib boriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar deganda, korxona va tashkilotlarning tovar ayirboshlash, xizmat ko’rsatish va tovarsiz operatsiyalar bo’yicha bir-biriga bo’lgan talab va majburiyatlarni naqd pul ishlatmasdan pul mablag’larini bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqqa o’tkazish orqali amalga oshirilishi tushuniladi. Naqd pulsiz pul aylanishi yalpi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlarini o’zida aks ettirishiga ko’ra ikki kismga bo’linadi:
Tovar operatsiyalari bo’yicha pul aylanishi.
Moliyaviy majburiyatlar bo’yicha pul aylanishi.
Birinchi guruhga tovarlarni sotish, xizmatlar ko’rsatish va kapital qurilish jarayonidagi hisob-kitoblarni aks ettiruvchi pul aylanishi kiradi. Ikkinchi, moliyaviy majburiyatlar, guruhiga esa byudjetga to’lovlar, ya’ni foydadan to’lanadigan soliq, qo’shilgan qiymat solig’i va boshqa majburiy to’lovlar hamda byudjetdan tashqari fondlar, bank ssudalarini qaytarilishi, kredit uchun foizlarning to’lanishi, sug’urta kompaniyalari bilan hisob-kitoblar kiradi.
Naqd pulsiz aylanish pulli munosabatlar ishtirokchilarining joylashuviga qarab bir shahar ichidagi va shaharlararo pul aylanishiga bo’linadi. Bir shahar ichidagi pul aylanishi bir hisob markaziga qarashli banklar o’rtasidagi hisob-kitoblar majmuini bildiradi. Shaharlararo pul aylanishi esa turli hisob markazlariga qarashli banklar o’rtasida amalga oshiriladigan hisob-kitoblar yig’indisidir. Lekin respublikamizda bank tizimining rivojlanishi, «elektron to’lovlar» tizimiga o’tish asosida hisob-kitoblarning tezligi va sifatining oshishi natijasida hisob-kitoblarda ishtiroq etuvchi sub’ektlarning joylashuviga karab ikkiga bo’lish maqsadga muvofiq bo’lmay qoldi. Chunki hisob-kitoblarda katnashuvchi sub’ektlar qaysi hududda joylashganidan qat’iy nazar, to’lovlar bir necha soatda, xattoki bir necha daqiqada o’tkaziladi.