O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


I BOB. MEDIA SAVODXONLIK VA AXBOROT MA’DANIYATINING



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix12.06.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#128780
1   2   3   4   5   6   7
media savodxonligi mustaqil ish

I BOB. MEDIA SAVODXONLIK VA AXBOROT MA’DANIYATINING 
JAMIYATDAGI AHAMIYATI 
1.1 
Media va axborot savodxonligi, uning jamiyat hayotidagi o‘rni 
Har oyda o‘zgarib turgan mazkur raqamlar bugungi kunda zarur axborotni 
kerak emasidan ajratish, media orqali savodxonlikka ega bo‘lish zaruratini qo‘ydi. 
Xo‘sh, mediasavodxonlik nima? Nega bugun uning ahamiyati tobora ortib 
bormoqda? So‘nggi yillarda axborot oqimining bir necha barobar tezlashishi, ijobiy 
ma’lumotlar bilan bir qatorda salbiy xarakterdagi axborotning ko‘payishi 
mediasavodxonlikka ega bo‘lish zaruratini qo‘ydi. An’anaviy tarzda 
mediasavodxonlik shaxsning adabiy asarlarni tahlil eta olish va sifatli matnlarni 
yaratishidan iborat bo‘lgan. Bugun mediasavodxonlik – axborotning nega va nima 
uchun uzatilayotganligini bilish demakdir. Mediasavodxon inson o‘ziga bu 
axborotni kim va nima maqsadda yaratgan? Ushbu xabar men uchun zarurmi? degan 
savolni bera olishi va to‘g‘ri xulosa chiqarishi, unga nisbatan tanqidiy yondoshishi 
lozim. Mazkur savollar nafaqat siz oilangiz davrasida televizor ko‘rayotgan, 
mashinada radio eshitayotgan yoki internetdagi xabarlarni ko‘rayotgan paytda 
berilishi, balki har qanday axborotni qabul qilayotgan va unga baho berayotganda 
ham kerakdir. Bugungi axboriy muhitni tushunishda mediasavodxonlik muhim 
ahamiyat kasb etadi. Xo‘sh, mediasavodxonlik nima uchun kerak? Avvalo: 
Huquqiy demokratik jamiyatimizning to‘laqonli, faol fuqarosi sifatida amalga 
oshirilayotgan 
islohotlar 
mazmun-mohiyatini 
tushunish; 
OAV 
orqali 
uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash ko‘nikmalarini 
shakllantirish; Axborot orqali inson ongini boshqarishga yo‘l qo‘ymaslik va har 
qanday vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish; Insonning vizual obrazlar ta’siri 
ostida ijobiy yoki salbiy tomonga o‘zgarishlarini tahlil eta olish va vizual xabarlar 
ostida beriladigan ko‘rinmas ma’lumotlarni “o‘qiy olish”; OAV orqali beriladigan 
matnli kommunikatsiyalar mohiyatini tahlil etish; 
Axborot qayerdan, kim tomonidan va nima maqsadlarda uzatilyapti, kimning 
manfaatlarini o‘zida aks etayapti, degan savollarga javob topa olish uchun zarurdir. 



Mediasavodxonlik 
tushunchasi 
borasida 
turli 
xil 
fikrlar 
mavjud 
bo‘lib, AQShning Jamiyat xususidagi xalqaro entsiklopediyasida qayd 
etilishicha, «Mediasavodxonlik» (media literacy) inson jamiyatdagi fuqaro 
sifatidagi mas’uliyatini his qilgan holda faol va savodli bo‘lishi, 
mediamatnlarni qabul qila olishi, yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy 
mediani ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini tushuna olishi demakdir. 
Londonning Qirollik universiteti professori S.Fayrstounning fikriga ko‘ra 
esa, mediasavodxonlik harakat bo‘lib, uning asosiy vazifasi insonlarni audiovizual 
va bosma matnlarning madaniy ahamiyatini tushunish, yaratish va baholashga 
undashdan iborat. Ingliz siyosatshunosi R.Kibey esa mediasavodxonlikni turli xil 
shakllarda ma’lumotlarni uzatish, ularni tahlil etish va baholash deb tushunadi. 
M.Guetterz esa multimediasavodxonligi o‘z ichiga multimedia hujjatlarini 
shakllantirishga 
qaratilgan 
tillarni 
bilish, 
axborotni 
qayta 
ishlashga 
qaratilgan qurilma va usullardan foydalana olish, yangi multimedia 
texnologiyalarini bilish va ularni baholay olish, mediamatnlarni tanqidiy qabul 
qilishni oladi, deydi. Fikrimizcha, mediasavodxonlik yuqorida bildirilgan fikrlar 
bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan barcha axborotga 
tanqidiy qarash, ularga xolis yondoshish va har bir uzatilayotgan axborotni 
saralashda ongli ravishda yondashish hamdir. Medisavodxonlikning maqsadi har 
bir medianing ustuvorliklari va kamchiliklarini tushungan holda ular tomonidan 
tarqatilayotgan axborotni saralay bilish va zarurini qabul qilish ko‘nikmalarini 
shakllantirish bo‘lsa, asosiy vazifasi insonlar tomonidan iste’mol qilinadigan har 
qanday axborotning manipulyativ kuchini anglagan holda undan chegaralanishdir. 
Shuningdek, odamlarga OAV hamda fuqarolik jurnalistika rolini tushunishga 
yordam berishdir. 




Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin