29
yuqori darajada zarurat tug‘ilgan taqdirda esa xalqaro
hamkorlik doirasida qabul
qiladilar.
5-modda:
Ishtirokchi-davlatlar
ota-onaning
va
tegishli
holatlarda
kengaytirilgan oila a’zolari yoki mahalliy urf-odatlarda ko‘zda tutilganidek,
jamoaning vasiylar yoki qonun bo‘yicha bola tarbiyasi uchun javobgar
hisoblangan
boshqa shaxslarning ushbu Konvensiyada e’tirof etilgan huquqlarni amalga
oshirishda munosib darajada bolani boshqarish va unga rahbarlik qilish hamda bu
ishni bolaning rivojlanib borayotgan qobiliyatlariga
muvofiq holda bajarishdagi
mas’uliyati, huquq va majburiyatlarini hurmat qiladilar.
6-modda: 1. Ishtirokchi-davlatlar har bir bola yashash uchun ajralmas huquqqa
ega ekanligini e’tirof etadilar.
2.Ishtirokchi-davlatlar bolaning omon yashashi va sog‘lom rivojlanishi uchun
mumkin qadar yuqori darajada imkoniyat yaratib beradilar.
BMTning “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasida 18 yoshga to‘lmagan
har bir inson zoti - bola hisoblanishi, bola uchun ishtirokchi davlatlar o‘z
yurisdiksiyasi doirasida bo‘lgan har bir bola uchun
ushbu Konvensiyada nazarda
tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday kamsitishlarsiz, irqi, tana rangi, jinsi, tili,
dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi,
mulkiy ahvoli, bolaning sog‘lig‘i va tug‘ilishi, uning
ota-onasi yoki qonuniy
vasiylari yoki biror-bir boshqa holatlardan qat’i nazar, hurmat qilishi hamda
ta’minlashi belgilab qo‘yilgan.
BMT Bosh Assambleyasining 1989 yil 20 noyabrdagi 44/25-qarori bilan qabul
qilingan. 1990 yil 2 sentabrda 49-moddaga muvofiq kuchga kirgan
O‘zbekiston mazkur Konvensiyaga O‘zR Oliy Kengashining 1992 yil 9
dekabrdagi N 757-XII Qaroriga muvofiq qo‘shildi. O‘zbekiston Respublikasi uchun
1994 yil 29 iyuldan kuchga kirdi.
Dostları ilə paylaş: