O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix12.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#128803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
“Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” va uning mazmun-mohiyati

 
 


21 
2.2. Bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro mexanizmlar. 
Bola huquqlari bo'yicha qo‘mita. Bu Qo‘mitaning birinchi sessiyasi 1991-
yilda bo‘lib o‘tgan. Qo‘mita o‘n nafar ekspertdan iborat. Uning zimmasiga bola 
huquqlarini rag'batlantirish uchun kurashayotgan, Konvensiya qatnashchisi
bo‘lgan barcha davlatlar o‘rtasida muntazam muloqot yo‘lga qo‘yilishini 
ta’minlash vazifasi topshirilgan 
1.Qo‘mita jahon bolalarining tinchligi va farovonligiga tahdid soluvchi 
omillarni aniqlab, muayyan muammolarning amaliy yechimini izlamoqda va
ularni hal qilish uchun odamlarni va moliya resurslarini safarbar etish 
choralarini ko‘rmoqda hamda jamoatchilikning xabardorlik darajasini oshirishga, 
shuningdek, bola huquqlarini himoya etish va rag'batlantirishdagi ishtirokini
kengaytirishga ko‘maklashmoqda. Qo‘mita ana shu maqsadda mazkur sohada 
jo'shqin faoliyat olib borayotgan boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilib 
kelmoqda. 
Qo‘mita 1989-yilgi Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyani ratifikatsiya 
qilgan yoki unga qo'shilgan davlatlar o'zlarining bu boradagi majburiyatlarini 
qay tarzda bajarayotganliklarini kuzatib boradi. Konvensiya qatnashchisi bo'lgan 
davlatlar Konvensiya bajarilishiga qaratilgan tadbirlar haqidagi va bola huquqlarini
amalga oshirish sohasidagi taraqqiyot to'g'risidagi ma’ruzalarni muntazam
ravishda shu Qo'mitaning o'ziga taqdim etadilar. Bu ma’ruzalarning milliy
darajada oshkor etilishi va keng ommalashtirilishi ta’minlanadi. 
“Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi  Yevropada va Xitoyda bolalarning oziq-
ovqat, dori-darmon va kiyim- kechakka bo'lgan kundalik zarur ehtiyojlarini 
to'laroq qondirish maqsadida 1946-yilda BMT Bosh Assambleyasining birinchi
sessiyasida UNICEF ta’sis etilgan edi. 1950-yilda BMT Bosh Assambleyasi
mazkur Fond faoliyatining asosiy yo'nalishi rivojlanayotgan mamlakatlar
bolalarining manfaatlari ko'zlangan dasturni amalga oshirishdan iborat, deya qaror 
qabul qildi. Uch yildan keyin BMT Bosh Assambleyasi UNICEFning faoliyatini 
nomuayyan muddatga uzaytirishga qaror qilgan. UNICEF insonparvarlik, muruwat


22 
yordami ko'rsatgan holda rivoj lanishga hamkorlik qilar ekan, bolalarni himoya
etish va ularning barcha qobiliyatlarini o'stirish maqsadida rivojlanayotgan
mamlakatlar bilan hamkorlik doirasini kengaytirishga harakat qilib kelmoqda.
Bunday hamkorlik bolalarni kamol toptirish sohasidagi milliy dasturlar doirasida 
amalga oshirilmoqda. Ana shu hamkorlik mohiyatan jahondagi har bir bolaga
uning Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyada e’lon qilingan tayanch huquqlari
hamda imtiyozlari imkon qadar ro'yobga chiqarilishini ta’minlashga qaratilgan.
Markaziy va Sharqiy Yevropada, shuningdek sobiq Sovet Ittifoqi hududida 
bolalarning eng zarur talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadida UNICEF ba’zi
davlatlarga yaqindan yordam ko'rsatib kelmoqda. UNICEF bola huquqlarini
rag'batlantirish masalalari bilan shug'ullanuvchi Bola huquqlari qo'mitasi bilan 
yaqindan hamkorlikni yo'lga qo'ygan bo'lib, ayni bir vaqtda Konvensiyaning amalga 
oshirilishini kuzatish hamda Konvensiyani ratifikatsiya qilgan yoki bu hujjatga
qo'shilgan davlatlarga zimmalaridagi vazifalarini bajarishlarida har tomonlama 
yordam ko'rsatish bilan shug'ullanmoqda. UNICEF o'z faoliyatida bolalarning omon 
qolishini ta’minlash, ularni himoya etish va kamol toptirish to'g'risidagi 
Umumjahon deklaratsiyasini amalga oshirishga qaratilgan harakatlar rejasiga amal
qiladi. Mazkur Deklaratsiya bolalar manfaatlarini ko'zlab 1990-yilning
sentabrida Nyu-Yorkda ko'pgina davlatlar va hukumatlarning rahbarlari hamda
oliy martabali boshqa shaxslar ishtirokida o'tkazilgan oliy darajadagi umumjahon 
uchrashuvida qabul qilingan. 
“Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi - UNICEFning bolalar huquqlari hamda 
ularning xavfsizligi, salomatligi va ta’lim masalalarini ilgari surishdagi 
faoliyatida dasturilamal vazifasini bajaradi. 
Bu jarayonda bolalarning o‘zlari faol ishtirok etishlari muhimdir. 2002-
yil may oyida bo‘lib o‘tgan BMTning Bolalar masalalari bo‘yicha maxsus 
sessiyasida bolalarning dunyoqarashlari ifoda etildi. Unda 7000 ishtirokchidan 600 
nafarini bolalar tashkil etgan bo‘lib, bolalar forumini ifoda etish imkoniyatini


23 
berdi. Buning natijasida davlat rahbarlari “Bolalarga maqbul dunyo” yaratish 
majburiyatini oldilar. 
“Bolalarga maqbul dunyo” bolalar salomatligi, ta’limi va himoyasini 
bolalar huquqlarini ta’minlash bo'yicha maqsad-vazifalarni hamda ularni amalga 
oshirish vaqtini belgilaydi. 
UNICEFning O‘zbekistondagi faoliyati bolalar va ularning oilalari 
hayotini yaxshilashga qaratigan bo‘lib, quyidagi huquqlarni amalga oshirishga 
yordam beradi: 
- yuqori sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi, xususan, onalar 
salomatligi, bolalar o‘limini qisqartirish hamda OITV/OITS to'g'risidagi 
ma’lumotlarga ega bo'lish huquqi; 
- yuqori sifatli va bepul bo'lgan boshlang'ich ta’lim olish hamda yuqori 
sifatli va imkon qadar bepul bo'lgan o'rta ta’lim olish huquqi; 
- bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish va hordiq chiqarish huquqi; 
- o'z fikr-mulohazalarini erkin ifoda etish huquqi; 
- jinsi, dini yoki irqidan qat’i nazar, hamma uchun teng imkoniyatga ega 
bo'lish huquqi. 
Bolalar huquqlariga tayziq o'tkazish ehtimoli hamma yerda ham bo'lishi 
mumkin. UNICEF o'zining O'zbekiston hukumati bilan hamkorlik dasturi doirasida
ana shu masalalarga e’tibor beradi. 2005-yil avgustda O'zbekiston Respublikasi 
Hukumati va UNICEF tashkiloti o'rtasidagi 2005-2009-yillarga mo'ljallangan
Mamlakat Harakat Rejasi dasturi imzolandi. Ushbu Rejada bola huquqlarini
kafolatlash va himoya qilishga qaratilgan yagona (umumlashtirilgan) huquqiy 
hujjat ishlab chiqish va qabul qilish borasidagi Hukumat tomonidan olib 
borilayotgan sa’y-harakatlarni qo'llab-quwatlash, bolalar huquqlari va
erkinliklarini himoya qilish, ularga nisbatan odil sudlovni amalga oshirish bilan
bog'liq institutsional tizimni yanada takomillashtirish, jumladan, bolalarning oila
hayoti muhitiga bo'lgan huquqlarini keng targ'ib qilish, bolalarga mo'ljallangan
muassasalarning muqobil ko'rinishlarini yaratish va ular bilan bog'liq bir qator 
masalalarga oid qoidalar o'z aksini topgandi. 


24 
UNICEF ushbu maqsadlarga erishish yo'lida O‘zbekiston Respublikasi 
Hukumati, fuqarolik jamiyati instituti vakillari va bevosita bolalarning o‘zlari bilan 
ham yuqorida qayd etib o‘tilgan muhim chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida 
hamkorlik qilib kelayotir1. O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining
kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, jabrdiyda guvohlar himoyasi, shuningdek, ota-
onalar qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyaga topshirishning muqobil
ko‘rinishlari bo'yicha ko‘plab aniq tadbirlar ushbu hamkorlikning muayyan 
natijalaridandir. 
Umuman, bola huquqlari, ularning kafolatlari to‘g‘risida xulosa qilib
aytish mumkinki, aholisining katta qismi yoshlarni tashkil etuvchi mamlakatimiz
uchun bola huquqlarini ta’minlash va ularni himoya qilish masalasi mamlakatda
demokratik, huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini qurishning eng
muhim shartlaridan biri bo'lib qolmoqda. Zero, Prezident I. Karimov
ta’kidlaganidek, “Oldimizda turgan eng ezgu maqsadlarimiz - mamlakatimizning
buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham,
O'zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o'rin egallashi ham
bularning barcha-barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib-o'sib kelayotgan
farzandlarimiz qanday insonlar bo'lib voyaga yetishiga bog'liqdir” 


25 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin