O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi



Yüklə 86,54 Kb.
səhifə7/7
tarix20.06.2023
ölçüsü86,54 Kb.
#133153
1   2   3   4   5   6   7
Asqaraliyev Islomjon 111 20-g UPP 1-M

funktsionalizm deb nomlangan yana bir yo’nalish paydo bo’ldi. E.Titchener asos solgan bu yo’nalish vakillari nafaqat ko’zga ko’rinmas ong tizimi elementlari, balki ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan va faoliyat natijalariga asoslangan belgilar asosida ham inson xulq-atvoriga baho berish mumkinligini isbotladi. Boshqa bir yirik amerikalik psixolog V.Jeymsning tadqiqotlari amaliy ahamiyatga molik bo’ldiki, endi u dadil psixologiyani ong elementlari emas, balki ong faoliyatini o’rganuvchi fan deb ta`riflay boshladi. Ong dinamik, harakatdagi, o’zgaruvchan yaxlit tuzilma bo’lib, uning namoyon bo’lishida tananing shart-sharoitlari, uning faolligi muhim rol o’ynaydi. SHuning uchun ham bu ikki tuzilmalar odamning yangi sharoitlarga moslashuvi va umuman tashqi muhitda o’z o’rnini topishga imkon beradi.
YUqoridagi fikrlar ta`sirida XIX asrning oxirlarida bugun ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan bixeviorizm oqimi paydo bo’ldi.
Bixeviorizm oqimining asoschilari amerikalik psixologlar Dj.Uotson (1878-1958) va E.Torndayklardir (1871-1949).
Keyinchalik bular qatoriga K.Leshli (1890-1958), A.Veys (1974-1931) va boshqalar kelib qo’shildilar. Ma`lum davrgacha mazkur oqim psixologiya olamida dominantlik rolini o’ynadi. Hozirgi davrda bu oqim bir necha mustaqil psixologik maktablarga ajralib ketgan.
Ushbu yo’nalish vakillarining asosiy g`oyalari shundan iborat bo’ldiki, ular psixologiyaning predmeti nafaqat ong yoki nafaqat faoliyat, balki xulqdir deb asosladi. Xulq u yoki bu hatti-harakatlar, amallar, reaktsiyalarda ifodalanib, tashqi ta`sir-stimulga bog`liqdir. SHuning uchun ham inson va uning psixologiyasini bilish uchun o’sha ta`sir ko’rsatuvchi va ta`sirlangan xulq o’rganilishi kerak. Bu narsalar bizning xozirgi sharoitimizda ham ishlab chiqarishni tashkil etishda, ta`lim berishda va psixoterapiyada inobatga olinadi, ular o’tkazgan mashhur «S-R» formulasi bizning sharoitlarda ham ta`sir ko’rsatish texnikasida inobatga olinadi, ular o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q.
Bixeviorizm psixologiya maktabi, psixologiya fanining predmeti psixikani emas, balki inson va hayvonlar xulqini o’rganishdan iboratdir, degan g`oyani ilgari suruvchi va himoya qiluvchi oqimdir.
Atoqli jenevalik psixolog Jan Piaje (1896-1980) murakkab intellekt muammosiga bag`ishlangan nazariyani ishlab chiqdi. U aksariyat hollarda “tafakkur” tushunchasi o’rniga “intellekt” terminini qo’llaydi, lekin shunga qaramasdan, uning tadqiqotlarida “tafakkur psixologiyasi” degan so’z birikmasini uchratsa bo’ladi.
J.Piajening intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan bo’lib, intellekt funktsiyalari hamda intellektning davrlari ta`limotlarini o’z ichiga qamrab oladi.
Yüklə 86,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin